Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy
vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0300) bog‘lanishi
Korxona tomonidan moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar mavjudligi va harakati to‘g‘risida ma’lumotni umumlashtirish 0310 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar" schyotida amalga oshiriladi. Ushbu schyotdan ijaraga oluvchi korxonalar foydalanadilar.
Korxonaga moliyaviy ijara shartlariga muvofiq kelib tushgan asosiy vositalar 0310 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar" schyotining debeti va 6950 "Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi" va 7910 "To‘lanadigan moliyaviy ijara" schyotlarining krediti bo‘yicha kirim qilinadi.
Moliyaviy ijara shartnomasining shartlariga muvofiq (yoki ijaraga beruvchi va ijarachining qo‘shimcha kelishuvi asosida) ijaraga olingan asosiy vositalar ob’ekti ijarachining mulkiga o‘tganda, hisobda asosiy vositalarni hisobga oluvchi (0100) schyotlarning debeti va 0310 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar" schyotining kreditida asosiy vositalar turlari bo‘yicha yozuvlar amalga oshiriladi. Bir vaqtning o‘zida ushbu ob’ekt bo‘yicha 0299 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi" schyotida qayd etib borilgan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi (0200) schyotlarga o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |