T/r
|
Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni
|
Bog‘lanuvchi schyotlar
|
Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar
|
debet
|
kredit
|
1
|
Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar hisob uchun qabul qilingan
|
012
|
|
Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi
|
2
|
Vaqtning tegishli muddati o‘tgandan keyin soliq solinadigan baza xarajatlar summasiga kamaytirilgan
|
|
012
|
Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi
|
013 "Vaqtinchalik soliq imtiyozlari
(turlari bo‘yicha)" schyoti
013 "Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)" schyoti vaqtinchalik soliqqa tortishdan ozod etilgan, maqsadli ishlatilishi ko‘zda tutilmagan bo‘shagan mablag‘lar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Byudjetga to‘lovning har bir turi bo‘yicha hisoblangan bo‘shagan mablag‘lar summasi 013 "Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)" schyotining debetida aks ettiriladi.
Mazkur schyotda hisobga olingan byudjetga majburiy to‘lovlar va soliqlar bo‘yicha hisoblangan summa "Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot" (2-son shakl)da aks ettirilmaydi va mos ravishda moliyaviy natijalarning shakllanishiga ta’sir etmaydi.
Ushbu schyotdan soliqqa tortishdan ozod etilishi natijasida bo‘shagan mablag‘lar summasi imtiyoz berilgan davrning tugashi bilan hisobdan chiqariladi. Bunda bo‘shagan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumot imtiyoz muddatining tugashi bilan hisobdan chiqarilgandan keyin korxonada 5 yil davomida saqlanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |