T/r
|
Xo‘jalik operatsiyasining mazmuni
|
Bog‘lanuvchi schyotlar
|
Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar
|
debet
|
kredit
|
1
|
Byudjetga to‘lovning har bir turi bo‘yicha hisoblangan bo‘shagan mablag‘lar summasi aks ettirilgan
|
013
|
|
Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi
|
2
|
Imtiyozli davr tugagandan keyin soliqqa tortishdan ozod etilgan bo‘shagan mablag‘lar summasi hisobdan chiqarilgan
|
|
013
|
Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi
|
014 "Foydalanishdagi inventar
va xo‘jalik jihozlari" schyoti
014 "Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari" schyoti foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlarining mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Inventar va xo‘jalik jihozlarini foydalanishga berish vaqtida ularning qiymati to‘liq ishlab chiqarish xarajatlari yoki davr xarajatlariga olib boriladi va bir vaqtning o‘zida 014 "Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari" schyotida aks ettiriladi.
Inventar va xo‘jalik jihozlari keyinchalik foydalanish (ishlatish)ga yaroqsiz bo‘lgan holda ularning ushbu schyotdan hisobdan chiqarilishi tegishli tartibda rasmiylashtirilgan hisobdan chiqarish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlarining saqlanishini ta’minlash maqsadida 014 "Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari" schyoti bo‘yicha tahliliy hisob yakka tartibda foydalanuvchilar va sexlar omborlari bo‘yicha yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |