Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik
jamiyatlariga bo‘lgan uzoq muddatli qarzni hisobga
oluvchi schyotlarning (7100) bog‘lanishi
Ushbu guruh schyotlari korxonaning ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga uzoq muddatli qarzi to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Hisob quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
7110 "Ajratilgan bo‘linmalarga bo‘lgan uzoq muddatli qarz";
7120 "Shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga bo‘lgan uzoq muddatli qarz".
7110 "Ajratilgan bo‘linmalarga bo‘lgan uzoq muddatli qarz" schyotida korxonaning umumiy balansiga qo‘shiladigan filiallar, vakolatxonalar oldidagi uzoq muddatli majburiyatlar (ichki xo‘jalik yoki balans ichidagi hisob-kitoblar) hisobga olinadi.
7120 "Shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga bo‘lgan uzoq muddatli qarz" schyotida korxonaning shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari oldidagi uzoq muddatli majburiyatlari (balanslararo hisob-kitoblar) hisobga olinadi.
Mazkur schyotlarning kreditida bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari bilan turli xildagi operatsiyalar bo‘yicha majburiyatlar tovar-moddiy qiymatliklar, pul mablag‘lari, xarajatlar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Ushbu schyotlarning debeti bo‘yicha, pul mablag‘lari yoki boshqa aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda, mazkur qarzning qoplanishi aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |