VII BO‘LIM. UZOQ MUDDATLI MAJBURIYaTLAR
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan
uzoq muddatli schyotlarning (7000) bog‘lanishi
Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik
jamiyatlariga bo‘lgan uzoq muddatli qarzni hisobga
oluvchi schyotlarning (7100) bog‘lanishi
Kechiktirilgan uzoq muddatli majburiyatlarni
hisobga oluvchi schyotlarning (7200) bog‘lanishi
Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklarni
hisobga oluvchi schyotlarning (7300) bog‘lanishi
Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga
oluvchi schyotlarning (7800) bog‘lanishi
Turli kreditorlarga bo‘lgan uzoq muddatli qarzlarni
hisobga oluvchi schyotlarning (7900) bog‘lanishi
VII bo‘limning schyotlari korxonaning yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi uzoq muddatli, ya’ni qaytarish muddati 12 oydan ortiq bo‘lgan majburiyatlari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan
uzoq muddatli schyotlarning (7000) bog‘lanishi
Mazkur guruh schyotlari mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga tovar-moddiy qiymatliklar, ko‘rsatilgan xizmatlar yoki bajarilgan ishlar, shuningdek tashish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Hisob quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
7010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar";
7020 "Berilgan veksellar".
Ushbu schyotlarning kreditida amalda kelib tushgan tovar-moddiy qiymatliklarning va boshqa aktivlarning, qabul qilingan ishlarning va xizmatlarning qiymati, ushbu qiymatliklarni hisobga oluvchi schyotlar yoki xarajatlarni hisobga oluvchi tegishli schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi, debeti bo‘yicha esa ularning uzoq muddatlidan joriy qarzga o‘tkazilishi aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |