Y3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga


Download 0.89 Mb.
bet77/131
Sana24.09.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1687134
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   131
Bog'liq
3000 та БУХГАЛТЕРИЯ ЎТКАЗМАСИ

Qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga
oluvchi schyotlarning (6800) bog‘lanishi

Qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar korxona tomonidan O‘zbekiston Respublikasi va chet eldagi banklar va qarz beruvchilardan so‘mda va chet el valyutasida olingan turli qisqa muddatli (12 oy muddatgacha) kredit va qarzlarning holatlari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Hisob quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
6810 "Qisqa muddatli bank kreditlari";
6820 "Qisqa muddatli qarzlar";
6830 "To‘lanadigan obligatsiyalar";
6840 "To‘lanadigan veksellar".
6810 "Qisqa muddatli bank kreditlari" schyotida korxonaning banklardan olgan turli qisqa muddatli kreditlari hisobga olinadi.
Olingan qisqa muddatli bank kreditlarining summalari 6810 "Qisqa muddatli bank kreditlari" schyotining kreditida va pul mablag‘larini hisobga oluvchi tegishli schyotlarning debetida aks ettiriladi. Qaytarilgan qisqa muddatli bank kreditlari summasi 6810 "Qisqa muddatli bank kreditlari" schyotining debet tomonida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
6820 "Qisqa muddatli qarzlar" schyotida O‘zbekiston Respublikasi va chet eldagi qarz beruvchilardan - boshqa korxona va tashkilotlardan (bankdan tashqari) 12 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga olingan qarzlar hisobga olinadi.
Qarz beruvchilardan (bankdan tashqari) tushgan mablag‘lar pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning debeti va 6820 "Qisqa muddatli qarzlar" schyotining krediti bo‘yicha qayd qilib boriladi. Olingan qarzlarni qaytarish 6820 "Qisqa muddatli qarzlar" schyotining debetida va pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
6830 "To‘lanadigan obligatsiyalar" schyotida to‘lov muddati 12 oydan ortiq bo‘lmagan obligatsiyalarni muomalaga chiqarish hisobiga korxonaga jalb etilgan mablag‘lar hisobga olinadi. Agar mablag‘larni jalb qilish obligatsiyalarni nominal qiymatidan yuqori bahoga sotish yo‘li bilan amalga oshirilsa, unda obligatsiyalarni sotish bahosi bilan nominal qiymati o‘rtasidagi farq 6220 "Mukofot (ustama)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar" schyotining kreditida hisobga olinadi.
6840 "To‘lanadigan veksellar" schyotida qoplash muddati 12 oydan ortiq bo‘lmagan berilgan veksellar hisobga olinadi. Korxonada berilgan veksellarni hisobga olish operatsiyalari 6840 "To‘lanadigan veksellar" schyotining krediti va pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning debetida aks ettiriladi. Veksel bo‘yicha operatsiyalar natijasida qarz beruvchidan olingan pul mablag‘larining korxona tomonidan qaytarilishi 6840 "To‘lanadigan veksellar" schyotining debetida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling