Y3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Ta’sischilarga bo‘lgan qarzni hisobga


Download 0.89 Mb.
bet73/131
Sana24.09.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1687134
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   131
Bog'liq
3000 та БУХГАЛТЕРИЯ ЎТКАЗМАСИ

Ta’sischilarga bo‘lgan qarzni hisobga
oluvchi schyotlarning (6600) bog‘lanishi

Ta’sischilarga bo‘lgan qarzni hisobga oluvchi schyotlar korxonaning ta’sischilar oldida dividendlar va chiqib ketayotgan ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha joriy majburiyatlari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Hisob quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
6610 "To‘lanadigan dividendlar";
6620 "Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarz".
Korxona rahbariyati tomonidan dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror e’lon qilingandan so‘ng, dividend summasi joriy majburiyat sifatida aks ettiriladi. Dividendlar ustav bo‘yicha va qonunchilikka muvofiq taqsimlanadi.
6610 "To‘lanadigan dividendlar" schyoti hisoblangan dividend summasiga 8710 "Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schyoti bilan bog‘langan holda kreditlanadi. Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlardan foyda bo‘yicha soliq hisoblanishi to‘lov manbaida, 6410 "Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schyoti bilan bog‘langan holda, 6610 "To‘lanadigan dividendlar" schyotining debetida aks ettiriladi.
Ushbu schyotning debetida, pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda, dividendlarning to‘lanishi aks ettiriladi.
6620 "Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarz" schyotining kredit tomonida korxonaning chiqib ketayotgan ta’sischisi ulushlari bo‘yicha hisoblangan majburiyatlari summasi 8330 "Pay va ulushlar", 8610 "Sotib olingan xususiy aksiyalar - oddiy", 8620 "Sotib olingan xususiy aksiyalar - imtiyozli" schyotlari bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Ushbu schyotning debetida, aktivlar schyotlari bilan bog‘langan holda, ta’sischilar oldidagi ulushlari bo‘yicha qarzning qoplanishi aks ettiriladi.
Mazkur schyotlar bo‘yicha tahliliy hisob har bir ta’sischi bo‘yicha alohida yuritiladi.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling