«я помню чудное мгновенье…»


Download 343.94 Kb.
bet10/64
Sana26.07.2023
Hajmi343.94 Kb.
#1662527
TuriРассказ
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64
Bog'liq
tarjima.2.

SUDXO'RNIng O'LDIRIliSHi
Politsiya mashinasi tergov guruhini chekkadagi sokin shahar hududiga olib bordi. Bu bir vaqtlar yozgi qishloq edi, lekin shahar tez rivojlandi va bir necha yil oldin uni yutib yubordi. Vaqt o'tishi bilan yozgi kottejlarning barchasi boylar tomonidan sotib olingan va kichkina bog'ga o’xshash uylari o'rnida chiroyli qasrlar bilan qurilgan juda chiroyli joy paydo bo'lgan. Ammo bu yozgi qishloqning nafasi saqlanib qoldi. Bu hududga mevali daraxtlar bilan ekilgan, havo markazdan farqli o'laroq toza va tiniq edi. Hamma tumanni eski uslubdagi yozgi qishloq deb atashni davom ettirdi.
"Ammo men o'z hayotimdagi biron bir narsani eslay olmayman, bu yerda hech qachon jiddiy jinoyat sodir bo'lgan emas",-deb o'yladi mayor Seytimbetov mashinaning harakati bilan tebranib. – Har doim bir nechta o'g'irlik yoki bo’lmasa qotillik!»
Mashina qishloqning sokin ko'chalari bo'ylab ichkariga yurib, chiroyli ikki qavatli qasr uyning darvozasi yonida to'xtadi. Darvoza oldida ularni ellik yoshga to'lgan bir kishi kutib turardi, u darhol mashinaga yugurdi va Gordeyev bilan birga orqa o'rindiqda o'tirgan mutaxassis Mashaga yordam berishga shoshib qo’l uzatdi. Shundan so'ng, erkak Seytimbetovga qo'lini uzatdi:
- Mirov Timofey Ivanovich, - o'zini mayorga tanishtirdi. - Politsiyani men chaqirdim. Bugun ertalab men do'stim Ivan Bereznyakni ziyorat qilishga qaror qildim, u yashaydi, ...aniqrog'i u shu uyda yashagan. Darvoza ham, old eshik ham qulflanmagan edi, bu meni hayratda qoldirdi. Men uyga kirganimda, yotoqxonisining polida egasining jasadini ko'rdim. Uning boshiga bir narsa bilan urilgan va hamma joy qon edi. Men unga hech narsa bilan yordam bera olmasligimga ishonch hosil qilib, politsiyaga qo'ng'iroq qildim.
Politsiyachilar ochiq darvozadan uyga kirishlari bilanoq, katta chiroyli ovcharka it ular tomon vovullab yugurishni boshlagan edi, Mirovning unga baqirishi itning o’z uyi tomon qaytishiga sabab bo’ldi.
Ekspert jasadni va voqea joyini tekshirish bo'yicha o'z ishini boshladi, Seytimbetov leytenant Gordeyevni marhumning qo'shnilari bilan suhbatlashish uchun yubordi va o'zi esa hovlida Mirov bilan ochiq havoda suhbatni davom ettirdi.
"Biz Ivan bilan ko'p yillar davomida do'st edik", dedi u qattiq xo'rsinib. - Bizni qandaydir filateliyaga (markalarni to’plash) bo'lgan ishtiyoq birlashtirdi. Biz markalarni to'plar edik, almashar edik, sotib olganlarimiz bilan bir birimizga maqtanar edik. Shunday qilib, bugun men unga yangi sotib olgan markalarimni ko'rsatmoqchi edim.
- U juda yolg'iz lekin o'zini tutib turadigan odam edi. Na oila, na do'stlar. Bir necha yil oldin, u yolg'iz yashashidan qayg'urganida, hamda uning xavfsizligini o’ylab men unga o'zimning sevimli Alfamni berdim - Mirov boshini ofcharka tomon silkitdi. U ismini eshitib, darhol dumini silkitdi. - Lekin u uni oldiga yaqinlashmadi.
- Bereznyak nima qilardi? - deb so'radi tergovchi.
Mirov bir muncha vaqt qotib qoldi, keyin javob berdi:
- U sudxo'r edi.
- Kim? - hayron bo'lib so'radi mayor.
- Sudxo'r. Hozir tushuntirib beraman. Uchinchi yildirki, u ma'lum foizlarga qarz berish orqali yashaydi. Shu sababli, u qarzdorlar bilan nizolarga duch kelardi, ammo buni tasavvur qilib bo'lmaydi…
-Uning mana shu faoliyati tufayli o'ldirishgan bo'lishi mumkinmi?
- Yana nima uchun bo’lishi mumkin talon-taroj qilish mumkin edi? Uning jasadini topgan vaqtimda, seyf ochiq va bo'sh ekanligini payqadim. U yerda kattagina pul, qarzdorlarning kvitansiyalari, uning kollektsiyasining eng qimmatli nusxalari bor edi.
Shu vaqt ichida ularga ekspert-kriminalist Masha yaqin keldi. U Seytimbetov bilan chetga chiqib, unga quyidagilarni ma'lum qildi:
- Men faqat dastlabki xulosalar chiqarishim mumkin, aniqrog'i sud shifokori aytadi. Qotillik kecha, soat o'ndan o'n ikkigacha bo'lgan vaqtda sodir etilgan. Qattiq marmar haykalcha bilan zarba berilgan, o'lim bir zumda sodir etilgan. Boshning orqa qismiga zarba berilganligi va hech qanday kurash izlari yo'qligi sababli, marhum qotil bilan tanish edi. Afsuski, seyfning raqamida ham, seyfda ham barmoq izlari topilmadi, qotil ularni o'chirib tashlagan.
- Timofey Ivanovich, - dedi mayor Mirovga, - Bereznyakning dushmanlari bormi? So'nggi paytlarda u kim bilan janjallashganini bilasizmi?
- Ha, bu juda ko'p emas edi, - dedi u yelka qisib. - Garchi ... bu yerda bizning qishloqda ikkita Amirov va Belenskiy yashaydi. Shunday qilib, Amirov Ivandan juda katta miqdordagi pulni qarzga olgan edi va uni o'z vaqtida qaytarib berolmadi. Shu sababli ular juda keskin munosabatlarga borgan edilar. Bereznyak hatto qandaydir repressiv choralar ko'rish bilan tahdid qilgandi ham. Belenskiy bilan u qo'shni yashardi, ular uzoq vaqtdan beri tortishib kelishgan. U Ivan o'z uchastkasining bir qismini egallab olgan deb hisoblaydi. Ular bir necha yildan beri bu borada sudga murojaat qilishar, ammo Ivanda bu borada barcha kerakli hujjatlar mavjud edi.
Seytimbetov yaqinlashib kelayotgan uchastka ofitserini Amirov va Belenskiy bilan suhbatlashish uchun yubordi. Shu payt leytenant Gordeyev ham qaytib keldi.
"Men barcha qo'shnilar bilan suhbatlashdim", deb xabar berdi leytenant, " hech kim shubhali narsani eshitmagan va ko'rmagan ham. Hech qanday begona odam ko'rinmagan, begona mashinalar ham yo'q edi. Qo'shnilar aytganidek, bu yerda hatto chivinlarning shovqini ham bir-birlariga eshitilar ekan. Shuning uchun, agar biror narsa bo'lganda, hamma xabardor bo'lar edi deb javob berishgan. Ammo kecha tinch hech qanday shubhali tovushlar bilinmagan.
Shu vaqt ichida uchastka politsiyasining mashinasi uyga kelib, undan ikki kishi chiqdi, ehtimol tergovchi yuborganlar.
Ular ehtiyotkorlik bilan itga qarab, ichkariga kirishdi. U ularga g'azab bilan baqirdi. Ular uzoq vaqtdan beri bir-birlarini yoqtirmasliklarini his qilishdi.
Qora sochli semiz kishi mayorga birinchi bo'lib murojaat qildi, bu Amirov edi.
- Fuqaro boshliq, - dedi u tezda, - men hech narsada aybdor emasman. Ha, Ivan Ivanovichdan qarzim bor, lekin men uni muntazam o’z vaqtida qismlarga bo'lib to'lardim. Bir necha kundan keyin men undan butunlay to'lab qutulish niyatida edim. Qanday qilib men o’zim yoqtirgan insonni o’ldirgan bo’lishim mumkin? Umuman olganda, men oxirgi marta bu uyda bir hafta oldin bo'lganman. Qasam ichaman!
- Xo'sh, men qo'shnimni o'ldirish uchun hech qanday sabab yo'q edi, - dedi Belenskiy. - Ha, biz u bilan Bereznyak o'ziniki deb hisoblagan yerning bir qismi uchun janjallashganmiz, buni bilaman. Hatto uni sudga byerganman. Lekin menga ishoning, bu men uchun shunchaki qiziqarli bir mashg’ulot o’rnida edi. Bu ma'lum bir tarzda "hayotimning ma'nosi" edi. Menda shunday xarakter bor, nima qilish kerak. Pensiyada yashash shunchaki zerikarli. Endi nima qilishim kerak? Yangi" dushman " izlasammikan?
- Kecha qayerda edingiz? - deb so'radi mayor.
- Uyda. Kechqurun televizor ko'rdim.
- Kimdir buni tasdiqlay oladimi?
- Yo'q. Xotinim bir necha kun qizining oldiga ketgan edi, men esa yolg'iz edim.
- Ya'ni, hech kim sizning alibingizni tasdiqlay olmaydi? - Gordeyev suhbatga qo'shildi.
- Mayli, Sergey, bu yerda hamma narsa aniq, - dedi Seytimbetov. - Bu uchtadan biri qotil. Sen nima deb o’ylaysan?
KIM? SEyTIMBETOV TERGOVCHISI BU XULOSAGA QANDAY KELDI?


  1. Download 343.94 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling