Yadro energetikasi


Download 12.97 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi12.97 Kb.
#1573545
Bog'liq
Yadro energetikasi va undan foydalanish


K I R I S H
“Yadro energetikasi” zamonaviy dunyoning energetika bo’yicha ajralmas va muhim bo’g’ini hisoblangan AES lar, ularning turlari, ishlash tamoyillari, yoqilg’i turlari, FIKi va voshqa bir qator ilmiy tomonlaini o’rganuvchi fandir. Bu fan mantiqan yadro fizikasi fanining mantiqiy davomidir.
Yadro energetikasini o‘rganishdan maqsad yadro texnologiyalari va yadro energetikasining muhim jihatlarini o’rganish va dastlabki yadro reaktorlarida yuzaga kelgan muammo va kamchiliklarga ilmiy asos berish, turli reaktorlarning tuzilishi, ularning asosiy farqlari va yoqilg’i turlari, yoqilg’ilarni olish va boyitishning ilmiy mexanizmlari, reaktorlarning quvvatidan kelib chiqqan holda qo’llaniladigan neytronlarni sekinlashtiruvchi (TVEL) tayoqchalarning fizik tarkibi, reaktorning reaktivligi va aktivligi, neytronlarni ko’payish koeffisenti kabilarni o’z ichiga oladi.

Yadro energetikasi va undan foydalanish.
Yadro energetikasi — energetikaning atom energiyasi (yadro energiyasi)dan elektr va issiqlik energiyasi olish maqsadida foydalanish boʻlimi hamda fan va texnikaning yadro energiyasini elektr va issiklik energiyasiga aylantirish usullari va vositalarini nazariy jihatdan ishlab chiqish hamda ularni amalda tatbiq qilish masalalari bilan shugʻullanuvchi sohasi. Yadro energetikasining texnik asosini atom elektr stansiyasi (AES) tashkil qiladi. Energiya manbai esa atom reaktori (yadro reaktori) hisoblanadi. Parchalanish yadro reaksiyalari va plutoniy yadrolarining boʻlinishi natijasida issiqlik energiyasi ajraladi, keyin bu energiya xuddi oddiy issiqlik elektr stantsiyalaridagidek elektr energiyasiga aylantiriladi. Organik yoqilgʻi (koʻmir, gaz, neft, torf) zahiralari kamayib qolgan taqdirda insoniyatni energiya bilan taʼminlashda yadro yoqilgʻisidan foydalanish hozircha eng ishonchli yoʻl hisoblanadi. Shuning uchun koʻpchilik rivojlangan mamlakatlarda (AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Yaponiya, Germaniya, Shvetsiya, Rossiya, Hindiston, Pokiston va boshqalar)da issiqlik va gidroenergetika manbalaridan boshqa energiya manbalaridan, shu jumladan, birinchi navbatda, yadro energiyasidan foydalanishning yuqori samarali usullarini oʻzlashtirishga doir ishlar jadal ravishda olib borilmoqda. Oʻzbekistonda Yadro energetikasiga doir ilmiy tekshirish ishlari Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi institutida olib boriladi.
Yadro energetikasiga doir eng tashvishli muammo — bu AES larni ishlatish jarayonida xavfsizlikni taʼminlash hamda ajraladigan suyuq va qattiq radioaktiv chiqindilarni zararsizlantirish muammosi. AES larda bunday chiqindilardan tashqari radioaktiv izotoplarning uchuvchi birikmalari ajraladi, radioaktiv aerozollar ham hosil boʻlishi mumkin. Radioaktiv gazlar va aerozollarning maʼlum qismi yaxshilab maxsus ishlov berilganidan soʻng atmosferaga chiqarib yuboriladi, suyuq va qattiq radioaktiv chiqindilar esa maxsus omborlar ("qabristonlar")ga toʻplanadi. Biroq, Yadro energetikasini taraqqiy ettirishning eng asosiy muammosi koʻp miqdordagi zararli chiqindilarni koʻmib tashlashning tejamli va ishonchli usullarini ishlab chiqishdan iborat. Bu borada koʻpchilik rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning 70-yillaridan beri ilmiy tekshirish va tajribasanoat ishlari olib borildi hamda baʼzi usullari ishlab chiqildi hamda amadda joriy qilindi (mas, chiqindilarni yerga chuqur koʻmib, qalin beton toʻsiq — sarkofag bilan oʻrash, konteynerlarda okean tubiga tashlash va b). Lekin hozircha eng ishonchli, xavfsiz va tejamli usullari ishlab chiqilganicha yoʻq.


Xulosa
Hozirgi kunda Yadro energetikas fani zamonaviy fizikaning eng muhim qismlaridan biri bo`lib, u amaliy va fundamental ahamiyatga egadir. yadro energetikasda yadro reaktorlari, ulardan oladigan energiya ekvivalentlari, reaktorlarni yaratish texnologiyalari va mavjud yoqilg’i resurslari zaxiralari o’rganiladi.
Yadroviy texnologiyalar va yadro energetikasi yadro texnologiyalari va yadro energetikasining predmeti, dastlabki yadro reaktorlarining yaratilishi, birinchi qurilgan AES, Atom energetikasining rivojlanish tarixi, O’zbekistonda atom energetikasining istiqbollari, VVER 1000/1200 reaktorini nazorat qilish, boshqarish va himoya qilish, reaktorning himoya va boshqarish sistemasi, reaktorda energiya ajralishini nazorat qilish, RBMK - reaktorining ishlash tamoyili va asosiy xarakteristikasi, tez neytronlarda ishlaydigan reaktorlarning asosiy xarakteristikalari, AESlarda radiatsion havfsizlik, yadro energitikasini hosil qilish, radioaktiv chiqindilar va ularni bartaraf etish usullari, qonuniyatlarini o’rganadi.
Download 12.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling