Yadro itqitish texnikasi Disk itqitish texnikasi Nayza itqitish texnikasi
Download 260.64 Kb.
|
Yadro itqitish texnikasi Disk itqitish texnikasi Nayza itqitish
4-vazifa. Oxirgi kuch berishga o‘rgatish.
Vositalar: 1. Bosqon va boshqa asboblarni bir burilishdan uloqtirish (inersiya bo‘yicha qo‘yib yuborish). 2. Bosqon va boshqa asboblarni bir burilib, oxirgi faol zo‘r berish bilan uloqtirish. 3. Bosqon va boshqa asboblarni uch burilishdan uloqtirish. Ikki burilish sekin, uchinchisi tezlashtirilib va oxirgi harakat faol bajariladi. Uslubiy ko‘rsatmalar. Oxirgi zo‘r berish texnikasini o‘rgatish uchun eng yaxshi mashq – bosqonni bir burilishdan uloqtirishdir, chunki bunda bosqon uloqtiruvchining gavdasidan oldinga o‘tishga ulgurmaydi. Bundan tashqari, uloqtirishni bir burilib bajar-ganda, oxirgi zo‘r berish uchun eng qulay holatda turish mumkin bo‘ladi. Bulardan tashqari, quyidagi maxsus mashqlar tavsiya qilinadi: turli xil asboblarni bir burilishdan uloqtirish, bosqonni dastlabki aylantirishdan keyin joydan turib uloqtirish, turli buyumlarni joydan turib ikki qo‘llab va chap qo‘l bilan uloqtirish, turli asboblarni (yadro, to‘ldirma to‘p, tosh va h.k.) joydan turib oldinga, orqaga, boshdan oshirib, ikki qo‘llab va bir qo‘llab uloqtirish va h.k. SHuningdek, bosqonni burilib uloqtirishda ko‘zni yumib bajarish ham kerak. 5-vazifa. Bosqonni burilib turib uloqtirish texnikasiga o‘rgatish. Vositalar: 1. Bosqonni, doira ichida va doiradan tashqarida turib uch burilib, oxirgi zo‘r berishsiz, inersiya bo‘yicha qo‘yib yuborib uloqtirish. 2. Bosqon doirada va doiradan tashqarida turib uch burilib, oxirgi faol zo‘r berish bilan uloqtirish. Uslubiy ko‘rsatmalar. SHunday hollar ham bo‘ladiki, yangi shogirdlar tashqarida uch marta burilishni yaxshi bajaradilar-u, ammo doiraga kirganda o‘zlarini yo‘qotib qo‘yib, burilishni noto‘g‘ri bajaradilar. Bunday hollarda burilish maydonchasini asta-sekin kichraytira borish kerak. Buning uchun erga diametri 2-5 metr keladigan doira chizib, bir necha mashg‘ulot davomida uni asta-sekin normal doira (2,135 m) shakliga olib kelish lozim. YAngi kelgan shogird erga chizig‘liq mana shu doira ichida harakatlarni to‘g‘ri bajargandan so‘ng temir gardishli normal sement doiraga o‘tishi mumkin. Engil bosqon, og‘ir (yoki ikkita) bosqonni qisqartirilgan yoki uzaytirilgan bosqonlarni uch burilib uloqtirish eng ko‘p tarqalgan maxsus mashqlardir. SHuningdek, turli xil og‘irlikdagi asboblar va og‘ir buyumlarni uch burilib ikki qo‘l bilan va chap qo‘l bilan uloqtirish ham shu jumlaga kiradi. 6-vazifa. Bosqon uloqtirish texnikasini takomillashtirish. Vositalar: 1. Uloqtirish texnikasini takomillashtirish uchun dastlabki aylan-tirish, burilishlar va oxirgi zo‘r berish mashqlari. 2. Doira ichida turib bosqonni maksimal tezlikda aylantirib, uch burilib uloqtirish. 3. Mashg‘ulot vaqtida musobaqa qoidalariga rioya qilgan holda sinash tariqasida bosqon uloqtirish. 4. Bosqon uloqtirish musobaqalarida qatnashish. Uslubiy ko‘rsatmalar. Uloqtirish texnikasini takomillashtirayotganda, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan maxsus mashqlarni mashg‘ulotlarga kiritish kerak. Bosqon uloqtirish malakasini mustahkamlash uchun asbobni bir kuch bilan uloqtirish ayniqsa muhim. Bu sportchini musobaqaga yaxshi tayyorlaydi. Ko‘pgina trenirovka mashg‘ulotlariga, hattoki qishda ham, uloqtirish texnikasini takomillashtiruvchi mashqlarni kiritish lozim. Texnikani takomillashtirish davrida, uloqtirish texnika-sining kuchli va zaif tomonlarini aniqlash uchun o‘z texnikasini va boshqa (etakchi) uloqtiruvchilarning texnikasini videotahlil qilish ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Download 260.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling