Yadro itqitish texnikasi Disk itqitish texnikasi Nayza itqitish texnikasi
Download 260.64 Kb.
|
Yadro itqitish texnikasi Disk itqitish texnikasi Nayza itqitish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Burilishlarning qo‘sh tayanchli fazalari.
- Burilishga kirish.
Uloqtiruvchining burilishlari. To‘g‘ri uloqtirishda har bir burilish oldingisidan tezroq bajariladi. Harakatlar bir tekisda tezlashadi. Basharti bosqon harakatini siltab tezlashti-rilsa, u holda bosqon tanadan o‘zib ketadi va uloqtiruvchi unga yaxshi ta’sir ko‘rsata olmaydi.
Gavda va uning qismlarining egilish burchagi hamda bo‘g‘im-larning bukilishi har bir burilishda doimo o‘zgarib turadi. Burilishlarda yakka va qo‘sh tayanchli fazalar farq qilinadi. Burilishlarning qo‘sh tayanchli fazalari. Uloqtiruvchi birinchi burilishni bosqon gavdaning o‘ng tomonida elka bo‘g‘imi balandligigacha tushgan paytidan boshlaydi. Qolgan burilishlar oldingi burilishlardan keyin, o‘ng oyoqni erga qo‘yishdan boshlanadi va bunda bosqon shari o‘ng tomonda taxminan elka bo‘g‘imi balandligida yoki undan yuqoriroqda bo‘ladi. Bu paytda gavda chapga engashadi, oyoqlar sal bukilgan bo‘ladi, lekin chap oyoq o‘ng oyoqqa nisbatan ko‘proq bukilgan. Burilishga kirish. Hamma burilishlar ham uloqtiruv-chining elka bo‘g‘imini chapga aylantirishi bilan boshlanadi. Uloqtiruvchi bosqonni pastga eng quyi nuqtagacha siljitib, elka kamarini tos bilan bir tekislikda joylashadigan holatgacha chapga buradi va chap oyog‘ini yozib, gavdasini bir oz orqaga tortadi. Har bir burilgan sayin bosqonning tortish kuchi (markazdan qochuvchi kuch) orta borishi tufayli gavda orqaga ko‘proq tortila boradi. Bosqonning eng quyi nuqtasi birinchi burilish vaqtida uloqtiruvchidan o‘ng va pastroqda, uning tosiga nisbatan taxminan 30-40o holatida bo‘ladi. Burilish vaqtida bosqon sharining aylanish sathi chapga siljishi sababli quyi aylanish tomoniga qarab siljishi mumkin. Eng yaxshi uloqtiruvchilarda bu nuqta tananing o‘rta chizig‘idan (sagittal yuzadan) siljib o‘tmaydi, lekin uchinchi burilishda unga yaqinlashuvi mumkin. Agarda bu nuqta tananing o‘rta chizig‘idan o‘tsa, bosqon harakatini tezlashtirish qiyinlashadi. Uloqtirish natijasi ham past bo‘ladi. Uloqtiruvchi elka kamarini toki tos sathi bilan tenglash-guncha chapga buradi. Qo‘llarini oldindan-o‘ngdan siljitadi chap qo‘l bosqon bilan yaxlit chiziq tashkil qiladi; oyoqlar yarim bukilgan, chap oyoq o‘ng oyoqqa nisbatan ko‘proq bukilgan holatda bo‘ladi. Bu paytda bosqon shari sportchining chap qo‘li bilan yaxlit chiziq tashkil qiladi; oyoqlar yarim bukilgan, chap oyoq o‘ng oyoqqa nisbatan ko‘proq bukilgan holatda bo‘ladi. Bu paytda bosqon shari sportchining o‘ng oyog‘i tizzasigacha pastga tushadi. Burilishlar vaqtida boshni dastlabki aylantirishdagi kabi to‘g‘ri tutish kerak. Boshni sal chapga qiyshaytirish mumkin, lekin har doim bosqon shari tomonga qarab turish lozim. Elka kamari tos bilan frontal yuzaga o‘tgan zahoti, uloqtiruvchi chap oyoq tovonida va o‘ng uchida chapga aylana boshlaydi. Buning natijasida chap qo‘l bilan bir chiziqda turgan shar ham chapga qarab tortiladi. Uloqtiruvchining ikkala oyoqda aylanishi gavda chapga burilib bo‘lguncha davom etadi (birinchi burilishda dastlabki holatdan 90o, ikkinchi va uchinchi burilishda esa 75o-80o gacha). Uloqtiruvchi chapga aylanish bilan bir vaqtda oyoqlarini tizza bo‘g‘imidan sal yozadi. Tana og‘irligi chap oyoqqa o‘tadi. SHunday keyin chala yozilgan o‘ng oyoq bilan siltanib, faqat chap oyoqqa o‘tadi. Birinchi burilishda bosqon shari uloqtiruvchining dastlabki holatidan chap tomonda elka bo‘g‘inlari balandligigacha ko‘tariladi. Ikkinchi va uchinchi burilishlarda esa elka bo‘g‘inlaridan ancha pastda bo‘ladi. Uloqtiruvchi har bir burilishda bir yarim-ikki poy orqaga, uloqtirish tomoniga siljiydi. Burilishlar vaqtida o‘ng oyoq poyi chap oyoqqa yaqinlash-tiriladi. Demak, uloqtiruvchining poylari uloqtirish yo‘nalishida ikki parallel chiziq bo‘ylab emas, balki taxminan shu yo‘nalishda bir-biriga yaqinlashuvchi chiziqlar bo‘ylab siljiydi. Poy uchlari sal kerilgan bo‘ladi. Uloqtiruvchining qo‘sh tayanch fazasida aylanishni tezlashtirishda qatnashuvchi yirik mushak guruhlarining ishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. SHuning uchun har bir burilishning qo‘sh tayanch fazasi bosqonni tezlashtirish uchun eng qulay holatdir. Download 260.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling