Yagona etkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlat xaridlari


To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda yozma shaklda tuziladi va unda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak


Download 1.64 Mb.
bet6/10
Sana09.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#261265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Davlat xaridi

To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda yozma shaklda tuziladi va unda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
  • shartnoma predmeti;
  • tovarlar (ishlar, xizmatlar) soni, sifati, assortimenti;
  • etkazib beriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxi;
  • tovarlarni etkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatish muddati;
  • hisob-kitob tartibi;
  • tomonlarning majburiyatlari;
  • shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
  • nizolarni hal etish tartibi;
  • tomonlarning rekvizitlari;
  • shartnoma tuzilgan sana va joy;
  • xaridlar to‘g‘risidagi shartnomalar uchun qonun hujjatlari bilan belgilangan yoki tomonlardan birining arizasiga muvofiq kelishuvga erishilishi lozim bo‘lgan boshqa muhim shartlar.

Yagona etkazib beruvchi bilan amalga oshirilgan xarid natijasida tuzilgan shartnomalar to‘g‘risidagi ma’lumot, shartnoma tuzilgan kundan uch kunlik muddatdan kechiktirmasdan portalga joylashtirilishi lozim.

Reestr, qog‘oz va elektron shaklda yagona etkazib beruvchilar va ularning davlat xaridlari uchun ruxsat etilgan tovarlari (ishlari, xizmatlari) haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan axborot resursi hisoblanib, unda yagona etkazib beruvchi haqidagi ma’lumotlar yig‘iladi, saqlanadi, qayta ishlanadi.

Reestrda kontragent mavjud bo‘lmasa, buyurtmachi to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomani tuzishga haqli emas.

Reestrni yuritish operator tomonidan vakolatli organ bilan kelishilgan holda axborot resursiga yagona etkazib beruvchilar haqidagi ma’lumotlarni kiritish, ushbu ma’lumotlarni yangilash, yagona buyurtmachi haqidagi ma’lumotlari reestrdan chiqarish yo‘li bilan amalga oshiriladi.



Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling