Yagona etkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlat xaridlari
Download 1.64 Mb.
|
Davlat xaridi
Vakolatli organ, zarur hollarda:
a) bozorda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) muqobili mavjudligini aniqlash uchun Markazga va vakolatli davlat organlariga: bozorda muqobillari bo‘lmagan texnik jihatdan murakkab va noyob tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi (etkazib beruvchi) xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar haqidagi ma’lumotlarni; tegishli bozorda muqobillari bo‘lmagan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi (etkazib beruvchi) Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning davlat reestriga kiritilgan monopolist-korxonalar haqidagi ma’lumotlarni; b) vakolatli davlat organlari, ixtisoslashgan tashkilotlar yoxud ekspertlarga madaniy qimmatliklarning tarixiy, badiiy yoki boshqa madaniy ahamiyatga egaligini, shuningdek ushbu qimmatliklarni davlatning muzey, axborot-kutubxona, arxiv fondlarini, kino fondlarini, fotosuratlar fondlarini va shunga o‘xshash fondlarni to‘ldirish uchun zarurligini aniqlash uchun madaniy qimmatliklarning egalari haqidagi ma’lumotlarni yuboradi. Markaz uch ish kuni mobaynida resurslarning yagona milliy ma’lumotnomasidagi ma’lumotlar asosida, zarur bo‘lganda esa — boshqa ochiq manbalardagi ma’lumotlardan foydalangan holda taqdim etilgan tovarni (ishni, xizmatni) bozorda muqobili mavjud emasligi haqidagi axborotni taqdim etadi. Vakolatli organ Markaz, vakolatli davlat organlari, ixtisoslashgan tashkilotlar yoxud ekspertlar tomonidan taqdim etilgan axborot asosida Reestrga kiritish haqidagi arizani qanoatlantiradi yoki qanoatlantirishni rad etadi. Ariza qanoatlantirilgan taqdirda vakolatli organ xo‘jalik yurituvchi sub’ektni yoki madaniy qimmatliklarning egasini yagona etkazib beruvchi sifatida Reestrga kiritish uchun operatorga yuboradi. Markaz har bir chorakning yakunlari bo‘yicha bozorda muqobillari bo‘lmagan texnik jihatdan murakkab va noyob tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) o‘xshashi tovarlar (ishlar, xizmatlar) mavjudligi yuzasidan tahlil o‘tkazadi. Agar tahlil natijalari bo‘yicha avval bozorda muqobili bo‘lmagan deb topilgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) o‘xshash tovarlar (ishlar, xizmatlar) aniqlansa, Markaz tegishli axborotni vakolatli organga taqdim etadi. Vakolatli organ Markazdan axborotni olgan paytdan boshlab bir kunlik muddat ichida Operatorga xo‘jalik yurituvchi sub’ektni Reestrdan chiqarish lozimligi haqida xabar yuboradi. Operator vakolatli organdan xabarnomani olgandan so‘ng xo‘jalik yurituvchi sub’ektni Reestrdan chiqaradi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling