Yagona portal maqsad va vazifalari
Download 20.63 Kb.
|
Portal haqida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yagona portal maqsad va vazifalari
- Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish
- Yagona portalni qo`llab-quvvatlash
Portal haqida O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o'rinlarda Yagona portal deb ataladi) Internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan «bir darcha» rejimida faoliyat ko'rsatadi. Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatish ushbu O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to'g'risida Nizomga muvofiq ro'yxatga olish va avtorizatsiya qilish jarayonlaridan o'tgan arizachilar uchun amalga oshiriladi. Yagona portal maqsad va vazifalari: Yagona portal davlat organlari tomonidan ko'rsatiladigan, shu jumladan pulli asosda ko'rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi. Yagona portalning asosiy vazifalari foydalanuvchilarga davlat organlariga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish uchun imkoniyat berish; foydalanuvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash; foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o'zaro hamkorligi samaradorligini oshirish; davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvchilar uchun byurokratik to'siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish; «elektron hukumat»ni yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko'maklashish. Yagona portal zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida interaktiv davlat xizmatlari olishda foydalanuvchining shart-sharoitlarini rivojlantirish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo'ljallangan. Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish Yagona portal orqali foydalanuvchiga bir tomonlama va ikki tomonlama shakldagi interaktiv davlat xizmatlari, shuningdek davlat organlari tomonidan ko'rsatiladigan tranzaktsion xizmatlar ko'rsatiladi. Interaktiv davlat xizmatlari Yig'ma reestri (keyingi o'rinlarda Yig'ma reestr deb ataladi) 2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Yig'ma reestrga kiritilgan interaktiv davlat xizmatlari majburiy tartibda Yagona portal orqali berilishi kerak. Yagona portalni qo`llab-quvvatlash: Ахbоrоt hаmrоhi vа tuzilmаviy mа’muriyatchilik – Kоmpyutеr va axborot tехnоlоgiyalаrini rivojlantirish vа joriy etish Mаrkаzi – UZINFOCOM Me'yoriy hujjatlar bazasi: "Elektron hukumat to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi “Interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 378-son qarori O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 17 dekabrdagi "Internet tarmog`ida O`zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 259-son qarori O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 23 avgustdagi “Davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o'zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 181-son qarori Download 20.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling