YaIm hajmini hisoblash usullari ball. Aholining demografik yuklama ko’rsatkichlari. Aholining hududlar bo’yicha joylanishi ko’rsatkichlari ball
Download 73.3 Kb.
|
Microsoft Word Document
Nisbiy ko'rsatkichlarAsosiy demografik ko'rsatkichlar jamiyat farovonligi, uning sog'lig'i, iqtisodiy faoliyati va boshqalar to'g'risida xulosalar chiqarishga imkon beradi. Nisbiy qadriyatlar ma'lum bir hududdagi odamlar sonining dinamikasi va sifatini baholash uchun ishlatiladi. Ularning yordami bilan mamlakat ichkarisida, shuningdek, boshqa davlatlar bilan ayrim ko'rsatkichlarni taqqoslash mumkin. Demografik statistika, aholi statistikasi —statistika fani tarmogʻi, aholi yoki uning alo-hida guruhlarining miqdori, tarki-bi, joylashishi va takror barpo boʻli-shi haqida statistik uslub asosida maʼlumotlar toʻplash, uni qayta ishlash va taxlil qilishni oʻrganadi. D. s aholi va demografik jarayonlar (tugʻilish, oʻlish, nikoh va ajralish, aholining takror barpo boʻlishi) haqidagi raqam koʻrsatkichlar yigʻindisidan iborat. D. s. maʼlumotlaridan sotsial-demografik tadqiqotlarda foydalaniladi. D. s aholi va demografik jarayonlar haqida maʼlumotlar toʻplashda ularning maʼlum ijtimoiytarixiy ta-raqqiyot davomida miqdor va sifat jihatdan muntazam oʻzgarib borishini nazarda tutadi. D. s.ning aholi roʻyxati oʻtkazish, demografik jarayonlar va migratsiyani doimiy roʻyxatga olib borish kabi ilmiy tadqiqot uslublari mavjud aholi haqidagi maʼlumotlarni umumlashtirish, guruhlash, ularni qiyoslash va demografik omillarni oʻrganish qoidalarini ham ishlab chiqadi. D. s. statistikaning boshqa tarmoqlariga nisbatan ancha oldin paydo boʻlgan (qarang Aholi roʻyxati). Oʻzbekistonda D. s, asosan, 20-asrning 1-yarmidan shakllana boshlagan. 1927-yil Respubli-kada fuqarolik holatini qayd etish (ZAGS) byurolarining tarkib topishi D. s. rivojlanishiga olib keldi. D. s. maʼlumotlari dunyoning juda koʻp mamlakatlarida maxsus byulletenlarda, statistik toʻplam, jur. va demografik yilnomalarda nashr etiladi. Dunyo aholisi va uning miqsor, sifat oʻzgarishlari BMT demografik yilnomalarida, Oʻzbekiston aholisi va demografik jarayonlari haqidagi maʼlumotlar esa Oʻzbekistan Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Statistika departamentining demografik yilnomalarida muntazam chop etiladi. Download 73.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling