Yakka tartibda uy-joy yoki koʻp kvartirali uylardan kvartira sotib olish uchun kredit ajratish boʻyicha ipoteka shartnomasi №creditnumber
Shartnomani bekor qilish asoslar
Download 315.68 Kb. Pdf ko'rish
|
Ipoteka KRIU (sotib olish)
6. Shartnomani bekor qilish asoslar. 6.2. Kredit oluvchi(BKO) ni Bank kredit ajratishdan avval mavjud bank kartalarini “Avto- toʻlov” xizmatiga ulash majburiyati haqida ogohlantirishi lozim. 6.3. Kredit oluvchi tomonidan mazkur shartnomaning 3.1.15-bandi ijrosi taʼminlamagan taqdirda, bank kredit berishni rad etishga haqli. 7. Kredit taʼminoti. 7.2. Kreditning asosiy taʼminoti kredit hisobiga sotib olinayotgan uy-joy/kvartira hisoblanadi. Garov sugʻurtalanib, sugʻurta shartnomasi va sugʻurta polisi bankka taqdim etiladi. 7.3. Kredit hisobiga sotib olinadigan uy-joy/kvartira garov shartnomasi yozma (notarial yoki bank)orqali tuziladi. Har ikkala holatda ham garov mulki boʻyicha garov reestriga yozuvlar kiritiladi va garov mulkiga nisbatan taqiq qoʻyiladi. 8. Shartnomaning amal qilish muddati, shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish tartibi hamda boshqa qoidalar. 8.2. Shartnoma taraflar imzolagan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va taraflar oʻz majburiyatlarini toʻliq bajargunlariga qadar amalda boʻladi. 8.3. Ushbu shartnomaning shartlarini oʻzgartirish yoki uni bekor qilish qoʻshimcha kelishuv tuzish orqali amalga oshiriladi. Mazkur shartnomaga kiritiladigan har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma ravishda tuzilib, taraflarning vakolatli vakillari imzolaganidan soʻng haqiqiy hisoblanadi. Barcha oʻzgartirish, qoʻshimchalar va ilovalar mazkur shartnomaning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadi. 8.4. Quyidagi asoslar yuzaga kelganida, Bank mazkur shartnomani muddatidan oldin bekor qilish va undiruvni garovdagi yoki boshqa likvidli mol-mulklarga qaratishi mumkin: a) Kredit oluvchi tomonidan shartnoma tuzishda yoki kredit operatsiyalarini bajarish vaqtida Bankka notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etish faktlari aniqlanganda; b) Kredit oluvchi/BKOning psixo-nevrologik dispanserlariga, psixiatrik klinikalarga, giyohvandlik va alkogolizmdan davolanish klinikalariga joylashtirilishi toʻgʻrisida maʼlumot olingan taqdirda; c) kreditni qaytarish jadvalini kamida uch va undan ortiq marotaba buzgan taqdirda; _________ Кредит олувчи _________БКО _________ Банк 6 d) kredit va unga hisoblangan foizlarni kreditni qaytarish jadvalida belgilangan muddatdan 30 kun va undan ortiq muddatga sababsiz kechiktirilganida; e) Mazkur shartnomada belgilangan, kredit hisobiga sotib olingan uy-joy/kvartiraning oʻz muddatida sugʻurtalanib, garovga taqdim etilmaganida; f) Kredit oluvchi/BKO garovga olingan uy-joy/kvartirani monitoring qilinishiga toʻsqinlik qilganida. g) Kredit oluvchi garovga olingan kvartirani Bankning roziligisiz uchinchi shaxslarga ijaraga, tekin foydalanishga, boshqa har qanday asoslarga koʻra bersa, shuningdek, noqonuniy ravishda tasarruf etsa; h) Qonunchilikda belgilangan boshqa asoslarga koʻra. 9. Mahfiylik. 9.2. Mazkur shartnomani tuzish va bajarish vaqtida taraflar bir-biridan olgan barcha maʼlumotlar mahfiy axborotlar deb tan olinadi. 9.3. Taraflar shartnomani tuzish va shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish chogʻida boshqa tarafning tijorat siri hisoblangan mahfiy axborotlar va maʼlumotlarni axborot egasining yozma roziligisiz oshkor qilmaslik majburiyatini oladi. 9.4. Mazkur talab shartnomaning amal qilish muddatiga hamda shartnoma muddati tugagan vaqtdan boshlab 3 yil mobaynida amal qiladi. 9.5. Ushbu talablarni buzgan taraf buning oqibatida ikkinchi tarafga yetkazilgan barcha zararni toʻliq hajmda qoplaydi. Download 315.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling