Yakka tartibda uy-joy yoki koʻp kvartirali uylardan kvartira sotib olish uchun kredit ajratish boʻyicha ipoteka shartnomasi №creditnumber


 Shartnomani bekor qilish asoslar


Download 315.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana30.04.2023
Hajmi315.68 Kb.
#1411848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ipoteka KRIU (sotib olish)

 
6. Shartnomani bekor qilish asoslar. 
6.2. Kredit oluvchi(BKO) ni Bank kredit ajratishdan avval mavjud bank kartalarini “Avto-
toʻlov” xizmatiga ulash majburiyati haqida ogohlantirishi lozim. 
6.3. Kredit oluvchi tomonidan mazkur shartnomaning 3.1.15-bandi ijrosi taʼminlamagan 
taqdirda, bank kredit berishni rad etishga haqli. 
 
7. Kredit taʼminoti.  
7.2. Kreditning asosiy taʼminoti kredit hisobiga sotib olinayotgan uy-joy/kvartira hisoblanadi. 
Garov sugʻurtalanib, sugʻurta shartnomasi va sugʻurta polisi bankka taqdim etiladi. 
7.3. Kredit hisobiga sotib olinadigan uy-joy/kvartira garov shartnomasi yozma (notarial yoki 
bank)orqali tuziladi. Har ikkala holatda ham garov mulki boʻyicha garov reestriga yozuvlar 
kiritiladi va garov mulkiga nisbatan taqiq qoʻyiladi. 
 
8. Shartnomaning amal qilish muddati, shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish tartibi 
hamda boshqa qoidalar. 
 
8.2. Shartnoma taraflar imzolagan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va taraflar oʻz 
majburiyatlarini toʻliq bajargunlariga qadar amalda boʻladi. 
8.3. Ushbu shartnomaning shartlarini oʻzgartirish yoki uni bekor qilish qoʻshimcha kelishuv 
tuzish orqali amalga oshiriladi. Mazkur shartnomaga kiritiladigan har qanday oʻzgartirish va 
qoʻshimchalar yozma ravishda tuzilib, taraflarning vakolatli vakillari imzolaganidan soʻng haqiqiy 
hisoblanadi. Barcha oʻzgartirish, qoʻshimchalar va ilovalar mazkur shartnomaning ajralmas qismi 
boʻlib hisoblanadi. 
8.4. Quyidagi asoslar yuzaga kelganida, Bank mazkur shartnomani muddatidan oldin bekor 
qilish va undiruvni garovdagi yoki boshqa likvidli mol-mulklarga qaratishi mumkin: 
a) Kredit oluvchi tomonidan shartnoma tuzishda yoki kredit operatsiyalarini bajarish vaqtida 
Bankka notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etish faktlari aniqlanganda; 
b) Kredit oluvchi/BKOning psixo-nevrologik dispanserlariga, psixiatrik klinikalarga
giyohvandlik va alkogolizmdan davolanish klinikalariga joylashtirilishi toʻgʻrisida maʼlumot 
olingan taqdirda; 
c) kreditni qaytarish jadvalini kamida uch va undan ortiq marotaba buzgan taqdirda; 


_________ Кредит олувчи 
_________БКО 
_________ Банк 

d) kredit va unga hisoblangan foizlarni kreditni qaytarish jadvalida belgilangan muddatdan 30 
kun va undan ortiq muddatga sababsiz kechiktirilganida;
e) Mazkur shartnomada belgilangan, kredit hisobiga sotib olingan uy-joy/kvartiraning oʻz 
muddatida sugʻurtalanib, garovga taqdim etilmaganida; 
f) Kredit oluvchi/BKO garovga olingan uy-joy/kvartirani monitoring qilinishiga toʻsqinlik 
qilganida. 
g) Kredit oluvchi garovga olingan kvartirani Bankning roziligisiz uchinchi shaxslarga ijaraga, 
tekin foydalanishga, boshqa har qanday asoslarga koʻra bersa, shuningdek, noqonuniy ravishda 
tasarruf etsa; 
h) Qonunchilikda belgilangan boshqa asoslarga koʻra. 
9. Mahfiylik. 
9.2. Mazkur shartnomani tuzish va bajarish vaqtida taraflar bir-biridan olgan barcha 
maʼlumotlar mahfiy axborotlar deb tan olinadi. 
9.3. Taraflar shartnomani tuzish va shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish 
chogʻida boshqa tarafning tijorat siri hisoblangan mahfiy axborotlar va maʼlumotlarni axborot 
egasining yozma roziligisiz oshkor qilmaslik majburiyatini oladi. 
9.4. Mazkur talab shartnomaning amal qilish muddatiga hamda shartnoma muddati tugagan 
vaqtdan boshlab 3 yil mobaynida amal qiladi. 
9.5. Ushbu talablarni buzgan taraf buning oqibatida ikkinchi tarafga yetkazilgan barcha zararni 
toʻliq hajmda qoplaydi. 

Download 315.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling