Yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromadiga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish


Download 5.61 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi5.61 Kb.
#1577784
Bog'liq
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromadiga soliq solishning oʻ-fayllar.org


Yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromadiga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromadiga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari

Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni quyidagi tartibda to‘laydi:

I. Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realiza t siya qilishdan olingan daromadi 100 mln. so‘mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar daromad solig‘ini ikki xil usulda:

1) har oyda qat’iy belgilangan miqdorlardagi soliqni to‘lashi;

2) tadbirkorlik faoliyatidan olingan haqiqiy daromadi bo‘yicha ushbu daromadlarni olish bilan bog‘liq xarajatlar summasini chegirib tashlagan holda doimiy yashash joyidagi davlat soliq inspeksiyasiga deklaratsiya topshirish yo‘li bilan daromad solig‘ini to‘lashi mumkin.

II. Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 mln. so‘mdan oshgan biroq 1 mlrd. so‘mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni (avvalgi yagona soliq to‘lovi) to‘lashga o‘tkaziladi.

Bunday tadbirkorlar ham ikki xil usulda soliqlarni to‘lashni tanlashi mumkinmumk kalendar yilida realizatsiya tushumi 100 mln. so‘mdan oshganda, oshgan summadan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashi;

kalendar yilida realizasiya tushumi 100 mln. so‘mdan oshganda, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash o‘rniga ixtiyoriy tarzda qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashni tanlashi mumkin.

III. Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 1 mlrd. so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda to‘lashga o‘tadi.

Shuningdek, soliqlarni yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda to‘lashga o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga foyda solig‘ini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlashga huquqi berildi.

Bunda, foyda solig‘ining soddalashtirilgan tartibdagi soliq bazasi jami daromadning 25 foizi miqdorida belgilanadi.

Yakka tartibdagi tadbirkor foyda solig‘ini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlaganda soliqni hisoblab chiqarish maqsadida xarajatlar hisobini yuritish majburiyatlaridan ozod qilinadi.

2022-yil 1-yanvargacha davrda 2020-yil 31-dekabrdagi holatga koʻra soliq qarzini majburiy ravishda undirish, shuningdek quyidagilar boʻyicha penya hisoblash choralari koʻrilmaydi:

turizm, transport va umumiy ovqatlanish bilan band tadbirkorlarning mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha;

2020-yilda hisoblangan va qiyinchiliklar bilan yuridik shaxslar tomonidan toʻlanmagan ularning mol-mulkiga solinadigan soliq va yer soligʻi boʻyicha;

2020-yil 15-maydagi holatga koʻra qarzdorligi mavjud boʻlgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliqlar, penyalar va soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun hisoblangan jarimalar boʻyicha.

2021-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davr uchun turoperatorlar, tur agentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari:

foyda soligʻini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50% kamaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi;

ijtimoiy soliqni 1% miqdoridagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi;

yuridik shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi.

Quyidagilar mol-mulk, yer, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun daromad soligʻining qatʼiy belgilangan summalarini toʻlashdan ozod qilinadi:

Prezident qarorida Qoraqalpogʻiston Respublikasining har bir shahari va tumani uchun “oʻsish nuqtasi” deb belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari — 2024-yil 1-yanvargacha;

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxtakoʻpir, Boʻzatov va Shumanay tumanlarida joylashgan, yangidan tashkil etilgan sanoat sohasidagi tadbirkorlik subyektlari — 2024 yil 1-yanvargacha. Soliq toʻlovchilarning mazkur toifasi foyda soligʻini va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni belgilangan soliq stavkasidan 50% pasaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan aniqlangan roʻyxat boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmatlar koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan va ogʻir sharoitlardagi 45 ta mahalla va ovullarda joylashgan, yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari — 2026-yil 1-yanvargacha. Tadbirkorlik subyektlarining mazkur toifasi foyda soligʻidan ham ozod qilinadi.



http://fayllar.org
Download 5.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling