Yakka tartibdagi tadbirkorlik – yuridik shaxs tashkil etmasdan xususiy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish shaklidir. Bunday faoliyatni amalga oshirish uchun «yakka tartibdagi tadbirkor» sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish kifoya


MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATNING AFZALLIKLARI


Download 161.13 Kb.
bet8/11
Sana19.06.2023
Hajmi161.13 Kb.
#1624145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Korxonalar va ularning turlari

MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATNING AFZALLIKLARI
Mas’uliyati cheklangan jamiyat yakka tartibdagi tadbirkor yoki xususiy korxonadan farqli o‘laroq, ishtirokchilarning ulushini qo‘shish orqali, qisqa muddat ichida katta hajmdagi mablag‘larni jamlash imkoniga ega.
Agar xususiy korxonada faqat jismoniy shaxs ta’sischi bo‘la olsa, mas’uliyati cheklangan jamiyatda jismoniy va yuridik shaxslar ta’sischi bo‘lishi mumkin.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilarining javobgarligi ularning ulushi doirasida cheklanadi. Ishtirokchilar korxona faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi shart emas. Jamiyatning joriy faoliyatini ta’sischilari tomonidan saylangan yoki tayinlangan direktor boshqaradi.
MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATNING KAMCHILIKLARI
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari sonining qonunan cheklab qo‘yilishi uning ustav fondini yangi a’zolar hisobiga kengaytirishga to‘sqinlik qiladi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari o‘z ulushini erkin sota olmaydi yoki boshqalarga taqdim eta olmaydi. Natijada jamiyat tarkibidan chiqishda ulushning bir qismini yo‘qotishga to‘g‘ri keladi. Bu esa ularning qiziqishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilishda barcha ishtirokchilarning roziligini olish sharti mazkur jarayonning cho‘zilib ketishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, bu boradagi fikrlarning mos kelmasligi noto‘g‘ri qarorlar qabul qilinishi riskini vujudga keltiradi.
MChJ NING XUSUSIY KORXONADAN FARQI

  1. Xususiy korxona bitta mulkdor tomonidan tuziladi, mulkdor unga tegishli mol-mulk beradi va uning ustavini tasdiqlaydi. Mas’uliyati cheklangan jamiyat ning ta’sischilari esa, bir yokibir necha shaxs bo’lishi mumkin.

  2. XK ta’sischisi faqat jismoniy shaxs bo’ladi. MChJning ta’sischilari jismoniy va yuridik shaxslar bo’ladi.

  3. XK ustav fondi bo’linmasdir, MChJning ustav fondi ta’sischilari o’rtasida bo’linadi.

  4. XK mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi (vaqtinchaga boshqa jismoniy shaxs zimmasiga boshqarish vazifasi yuklanishi mumkin). MChJda esa, bitta ta’sischi bo’lsa- shu ta’sischi, bir necha ta’sischilar bo’lsa- ulardan biri yoki ta’sischi bo’lmagan boshqa (jismoniy) shaxs tomonidan boshqarilishi mumkin.





  5. Download 161.13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling