Oilaviy korxona aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchisi bo‘lib hisoblanadi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laganidan keyin oilaviy korxona ishtirokchilari ixtiyorida
Yagona Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir.
Siz mamlakatimizdagi xususiy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni osongina ajratib olishingiz mumkin. Chunki mazkur mahsulotlarning ishlab chiqaruvchisi to‘g‘risidagi ma’lumotda firma nomidan keyin «xususiy korxona» degan so‘z yoki «XK» abbreviaturasi yozilgan bo‘ladi.
Xususiy korxona yagona mulkdor tomonidan tuziladi. Mulkdor xususiy korxonaga tegishli mol-mulk beradi va uning ustavini tasdiqlaydi.
Xususiy korxona ta’sischisi faqat jismoniy shaxs bo‘ladi. Bu bir shaxs tomonidan yaratilgan tashkilot bo‘lib, biznes faoliyati ta’sischining o‘z mulklari asosida amalga oshiriladi.
Xususiy korxona faoliyatining o‘ziga xos jihati shuki, u boshqa ta’sischilarning aralashuvisiz, bir kishining yagona rahbarligi ostida amalga oshiriladi. Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi.
Xususiy korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishga yoki ularning ustav fondida o‘zga- cha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar ochishga va filiallar tuzishga haqli
Muldor tomonidan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisobvaraqlar ochadi, shtatlarni tasdiqlaydi, korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi
XUSUSIY KORXONANING AFZALLIKLARI
Xususiy korxonaning yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilishi va boshqarilishi
|
Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqarishi natijasida qarorlar qabul qilish tezligining oshishi
|
Korxona rahbarining o‘zi vaqtinchalik bo‘lmagan taqdirda shu muddatga rahbarlik vazifasini boshqa jismoniy shaxs zimmasiga yuklash mumkinligi
|
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laganidan keyin xususiy korxona mulkdori ixtiyorida qoladigan foyda summasiga soliq solinmasligi
|
Soliqqa tortishning umumbelgilangan va soddalashtirilgan soliq tizimi (yagona soliq to‘lovi)dan birini tanlash huquqiga egaligi
|
Xususiy korxona egasiga korxonani to‘lig‘icha mulk majmuasi sifatida sotishi yoki hadya etishi yoxud uni tugatib, mol-mulkini alohida sotish huquqi berilganligi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |