Yakka tartibdagi tadbirkorlik – yuridik shaxs tashkil etmasdan xususiy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish shakli Yakka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshirishdir. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli yangi tahrirdagi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonuni, 6-modda
Yakka tartibdagi tadbirkor
Yuridik shaxs
fuqarolik huquq va majburiyatlarining subyektlari hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar
Jismoniy shaxs
huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi bo‘lgan alohida fuqaroni ifodalovchi tushuncha
- Eng kam ish haqi – davlat tomonidan mamlakatda muayyan vaqt davri (masalan, soat, kun, hafta, oy yoki yil) uchun mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdori.
- Misol uchun, qonun hujjatlariga asosan Toshkent shahridan ro‘yxatdano‘tgan, oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini chakana sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor eng kam ish haqining 7 barobari miqdorida qat’iy belgilangan soliq va eng kam ish haqining1 barobari miqdorida sug‘urta badali summasini to‘lashi lozim.
- 2018-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, eng kam ish haqi 172 240 so‘mni tashkil etadi. Bu davr uchun yakka tartibdagi tadbirkor to‘lashi zarur bo‘lgan qat’iy belgilangan soliq summasi 1 205 680 so‘m (172 240 × 7)ni, sug‘urta badali summasi esa 172 240 so‘m (172 240 × 1)ni tashkil etadi.
- 1 205 680+ 172 240= 1377920 (YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLIKning umumiy soliq summasi)
- Yakka tartibdagi tadbirkor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-iyuldagi 219-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom bunga asos bo‘lib xizmat qiladi.
- Xodimlar yollangan taqdirda har bir xodim uchun yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha nazarda tutilgan stavkaning 30 foizi miqdorida qat’iy belgilangan soliq to‘lash majburiyati yuklatiladi
- Yakka tartibdagi tadbirkorlar bir vaqtda bir necha faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 375-moddasiga muvofiq, faoliyatning bir necha turi bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar qat’iy belgilangan soliqni faoliyatning har bir turi uchun mazkur turdagi faoliyatga nisbatan belgilangan stavkalar bo‘yicha alohidaalohida to‘laydilar
Topshiriqlar - 1. Mavzuni o`qish
- 2. Tasavvur qiling 5 ta yakka tartibdagi tadbirkor bir oyda qat’iy belgilangan soliq summasi necha mln, so`mga teng bo`ladi?
- 3. Quyidagi so`zlarga ta’rif bering.
Eng kam ish haqi – Jismoniy shaxs – Yuridik shaxs – Yakka tartibdagi tadbirkorlik –
Do'stlaringiz bilan baham: |