Yakubjonova zarnigor mavzu: nomlovchi birliklar
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
nomlovchi birliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- TANA.
ChAQALOQ. Bu NB ―yangi tug‘ilgan bola; go‘dak” ma‘nosini bildiradi. Kimdir tez-tez
gapirdi, dam erkakcha dam xotincha so‗zlaydi, dam chaqaloq bo‗lib ingalaydi (Oybek. Qutlug‗ qon) kabilar. GO‘DAK. Bu NB ―emadigan, ko‘krakdan ajratilmagan bola” ma‘nosini bildiradi. Esli bolalar ham ko‗rinmaydi. Go‗daklar esa beshigida, daraxtlar orasidagi belanchaklarda uxlab yotishadi (Oybek. Quglug‗ qon) kabilar. BOLA. Bu NB ―yangi tug‗ilgan, hali ko‗krakdan, ona bag‗ridan ajratilmagan go‗dak, chaqaloq‖ ma‘nosini bildiradi. Bola yig‗lamasa, ona sut bermaydi (Maqol); Tug‗ilmagan bolaga beshik olma (Maqol); O‗zbek oyim burchakda bola ko‗tarib o‗tirgan Zaynabdan chaqoloqni olib, uni jomni to‗kib kelishga buyurdi (A.Qodiriy, O‗tgan kunlar) kabilar. Yuqorida keltirilgan misollardan ko‗rinadiki, nihol, ko‗chat va daraxt NBlari izohida ―yosh” miqdoriy belgisiga ko‗ra darajalanish holati ko‗zga tashlanadi, ya‘ni o‗simlikning yoshi- nihol bo‗lsa, uning o‗sib, ulg‗aygan shakli daraxt sanaladi. Xuddi shunday farqni chaqaloq, go‗dak bola NBlari, haqida ham aytish mumkin. Lekin bu NBlar orasida ―yosh‖ miqdoriy belgisi jihatidan farq unchalik katta emas, ya‘ni ninni ham, go‗dak ham, chaqaloq ham, bola ham beshikdagi kichik yoshdagi bola, faqat oxirgi leksemada ―yosh‖ miqdoriy belgisi biroz neytral xususiyatga egadir. Xuddi shunday darajalanish munosabatini buzoq-tana-xunajin-sigir NBlari orasida ham ko‗rish mumkin. Bu darajalanish holati leksemalarga lug‗atlarda belgilangan izohlarda ham yaqqol ko‗zga tashlanadi. BUZOQ. Bu NB ―sigirning bolasi‖ degan ma‘noni bildiradi. Ola buzoq Yaxshi buzoq ikki onani emadi (Maqol); Tirraqi buzoq podani bulg‗atadi (Maqol); Podadan adashgan buzoqqa o‗xshab, duch kelgan eshikka boshingni tiqaverasanmi? (Oybek. Quglug‗ qon) kabilar. TANA. Bu NB ―bir-ikki yoshli urg‘ochi buzoq” ma‘nosini bildiradi. Tana boqmoq kabilar. G‘UNAJIN. Bu NB ―ikki yoshdan oshgan urg‘ochi buzoq‖ ma‘nosini bildiradi. Mulla Obidning tana boqib g‗unajin qilish, g‗unajinni qochirib sigirga aylantirish usuli jamoaga ikki yoqlama foyda yetkazadi (A.Qodiriy. Obid ketmon) kabilar. SIGIR. Bu NB ―urg‘ochi qoramol” ma‘nosini bildiradi. Govmish sigir; Sigir sog‗moq, kabilar. Yuqorida keltirilgan buzoq-tana-g‗unajin-sigir NBlari orasidagi darajalanishda ham ―yosh‖ miqdoriy belgisi mavjud, bu NBlar orasida faqat ―buzoq‖ leksemasida miqdoriy belgi umumiyroq xususiyatga ega. Tahlil qilingan buzoq-tana-g‗unajin-sigir NBlari orasida ularni birlashtiruvchi integral sema urg‗ochi‖ semasidir. Biz tahlil qilgan nihol-ko‗chat-daraxt; ninni-chaqaloq-go‗dak-bola; buzoq-tana-g‗unajin- sigir kabi NBlar tizimida mavjud gradual munosabatlar g‗ayrilisoniy (ekstralingvistik) asosning in‘ikosidir. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling