Yakuniy nazorat bileti №20 Savollar
Download 36.91 Kb.
|
ИХ 60 Мадримов Алижон ДХШ йн
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 26 aprelda qabul qilingan
- 2-modda. Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
- 3-modda. Asosiy tushunchalar
- 4-modda. Davlat-xususiy sheriklikning asosiy prinsiplari
- 5-modda. Davlat sherigining va xususiy sherikning qonun oldida tengligi prinsipi
- 7-modda. Xususiy sherikni tanlashdagi bahslashuv va xolislik prinsipi
- 8-modda. Kamsitishga yoʻl qoʻymaslik prinsipi
- 9-modda. Korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik prinsipi
- 2-bob. Davlat-xususiy sheriklik sohasini davlat tomonidan tartibga solish 10-modda. Davlat-xususiy sheriklik sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
- 11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat-xususiy sheriklik sohasidagi vakolatlari
- 12-modda. Davlat-xususiy sheriklik sohasidagi vakolatli davlat organi
Yakuniy nazorat bileti №20 Savollar 1. DXSH loyihalarida risklarning o'zaro taqsimlanishi 2. DXSH da qaysi holatlarda to'g'ridan to'g'ri muzokaralar olib boriladi. 3. DXSH sohasida Vazirlar Mahkamasining vakolatlari. Javoblar 1. 1. Tarkibi bo’yicha risklar quyidagilarga bo’linadilar: iqtisodiy risk; bozor riski; inflyatsiya riski; valyuta riski; siyosiy risk; ijtimoiy risk; ekologik risk; texnologik risk; marketing riski; moliyaviy risk; kredit riski; bankrotlik riski; ilm-texnika riski; informatsion risk va boshqalar. 2. Muddati bo’yicha risklar quyidagilarga bo’linadilar: qisqa muddatli risklar; uzoq muddatli risklar. 3. Olinadigan natijaga qarab risklar: spekulyativ risk - ular ta’sirida katta zarar yoki katta foyda olish imkoniyati bor; sof risklar - ular ta’sirida nolga teng bo’lgan zarar(foyda) ko’rish mumkin. 4. Loyihaga ta’sir etish darajasi bo’yicha risklar quyidagilarga bo’linadi: mumkin bo’lgan risklar - ular ta’sirida kutilgan foydadan ayrilish mumkin; kritik risklar - loyiha pul tushumlaridan ayrilish xatari; katastrofik risklar - daromaddan va kiritilgan investitsiyalardan ayrilish xatari. Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida uning har bir bosqichi (fazasi) o’ziga xos risklar bilan bog’liqdir. Birinchi bosqichda (investitsiya oldi fazasida) ko’proq loyiha tashabbuskorlari marketing riskiga, bozor riskiga, informatsion va ijtimoiy risklarga ta’sirchan bo’ladi. Investitsiya bosqichida ko’proq ilm-texnika riski, moliyaviy risklar, tashqi iqtisodiy risklar va siyosiy risklar o’z ta’sirini ko’rsatadi. Ekspluatatsiya bosqichida esa loyiha ishtirokchilari texnologik, ekologik, fors-major, nolikvidlik, iqtisodiy va moliyaviy risklar bilan yuzma-yuz bo’lish ehtimoli mavjud. Bundan tashqari, loyiha faoliyatida eng ko’p uchraydigan risklar ham mavjud. Masalan: iqtisodiy qonunlarning va iqtisodiy xolatning o’zgarib turishi; investitsiyalash va foydadan foydalanish shartlari bilan bog’liq risklar; savdo va mahsulot etkazib berishga cheklashlar kiritish; chegaralarning berkilishi; siyosiy holatning noaniqligi yoki hududdagi yohud mamlakatdagi noma’qul ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar dinamikasi, yangi texnikatexnologiya parametrlari, mahsulot sifati haqidagi ma’lumotlarning to’liq emasligi yoki noaniqligi, bozor kon’yunkturasining, ya’ni baho, valyuta kurslari, yalpi ichki mahsulot va boshqalarning o’zgarib turishi, tabiiy iqlim sharoitlarining o’zgarishi, tabiiy ofatlarning yuz berishi, ishlab chiqarish texnik risklari - asbob-uskunalarning buzilishi va to’xtab qolishi; loyiha ishtirokchilari maqsadlarining noaniqligi, ularning moliyaviy holati va ishdagi obro’si haqidagi ma’lumotlarning to’liq emasligi va boshqalar. Moliyaviy bozor eng yuqori riskga ega bo’lgan soha deb hisoblanadi. Undagi risklar ikkita katta guruhga bo’linadi: - tizimli risklar; - tizimsiz risklar. Tizimli risklar (investitsiya portfeli risklari) - bu xatar ta’siriga ba’zi bir qimmatli kog’ozlar emas, balki butun bozor, uni katta bir qismi risklarga uchraydi. Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko’ra ko’pchilik emitent va qimmatli qog’ozlar egalari zarar ko’rishlari mumkin. Tizimli risklarga quyidagilar kiradi: foiz riski; valyuta riski; inflyatsiya riski; siyosiy risklar. Tizimsiz risklar - xatarga ba’zi bir qimmatli qog’ozlar yoki ularni majmuasi uchraydi, ya’ni ma’lum bir korxonaning qimmatli qog’ozlari yoki tarmoqning qimmatli qog’ozlari kiradi. Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: tadbirkorlik riski; moliyaviy risklar; nolikvidlik riski. Yuqorida keltirilgan tasniflashlarga asoslangan holda, loyiha faoliyatidagi risklarni quyidagi guruhini keltirish mumkin: 1) loyiha ishtirokchilari riski; 2) loyiha smeta qiymatining oshish riski; 3) qurilishni o’z vaqtida tugamaslik riski; 4) ish va obyekt sifatining pastligi riski; 5) konstruktsion va texnik risklar; 6) ishlab chiqarish riski; 7) boshqaruv riski; 8) sotish riski; 9) moliyaviy risk; 10) mamlakat riski; 11) ma’muriy risk; 12) huquqiy risk; 13) fors-major riski. Loyiha ishtirokchilari riski - bu ishtirokchilarning loyiha faoliyati doirasida o’z majburiyatlarini anglagan holda yoki majburiy tarzda bajarmaslik riski. Birgina loyiha ishtirokchisining o’z majburiyatlarini bajarmasligi, boshqa ishtirokchilarning o’z majburiyatlarini bajara olmasligiga olib kelishi, natijada loyiha barbod bo’lishi mumkin. Loyixa ishtirokchilari riskiga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin: ishtirokchilarning vijdonsizligi; ularning professionallik darajasi, moliyaviy holatining nobarqarorligi, ishtirokchilarni turli risklardan etarlicha sug’urtalanmaganligi natijasida kelib chikadi. Masalan, loyiha smeta qiymatining oshish riski qurilish tashkilotining vijdonsizligi natijasida ro’y berishi mumkin. Ish sifatining pastligi riski, ko’p hollarda, tanlangan pudratchi va boshqa ishtirokchilarning etarli tajribaga ega emasligi bilan bog’liq bo’ladi. Loyiha smeta qiymatining oshish riskiga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin: loyihalash jarayonidagi xatolar, pudratchilarning resurslardan samarali foydalanishni ta’minlay olmasligi, loyihani amalga oshirish shartlarini o’zgarishi va boshq. Qurilishni o’z vaqtida tugallanmaslik riskiga quyidagilar ta’sir ko’rsatadi: pudratchilarning o’z majburiyatlarini bajarmasliklari; tashqi shart-sharoitlarning o’zgarishi, qurilish ishlari muddatining cho’zilib ketishi natijasida qo’shimcha xarajatlar kelib chiqishi: kredit bo’yicha foizlarni hisoblash, narxlarning inflyatsiya natijasida o’sishi oqibatida ish va material qiymatining oshishi kabi qo’shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, bu risk natijasida kelgusidagi obyektga xom ashyo etkazib beruvchilar bilan va kelgusidagi loyiha mahsuloti iste’molchilari bilan shartnomaviy munosabatlar to’xtashi mumkin. Ish va obyekt sifatining pastligi riski pudratchilar majburiyatining buzilishi, loyixalashtirishdagi xatolar va boshqalar natijasida kelib chiqishi mumkin. Obyekt sifatining pastligi natijasida loyiha bo’yicha qo’shimcha investitsion harajatlar qilinishi kerak bo’ladi. Bu xarajatlar kamchiliklarni tuzatishga sarflanishi mumkin. Agar kamchilik saqlanib qoladigan bo’lsa, loyiha mahsulotini ishlab chiqarishga qo’shimcha xarajatlar qilish kerak bo’ladi. Konstruktsion va texnologik risk. Konstruktsion risk - bu investitsiya fazasidayoq loyihaning texnik amalga oshmaslik riskidir. Bu loyiha hujjatlarini ishlab chiquvchilarning xatolari, bu hujjatlarni ishlab chiqishda zarur bo’lgan ma’lumotlarni etarli yoki aniq emasligi natijasida ro’y berishi mumkin. Texnologik risk - bu ishlab chiqarish texnologiyalarining sanoat darajasida qo’llanilmasligi natijasida ma’lum texnik-iqtisodiy parametrlardan obyekt ekspluatatsiyasidagi cheklanishlar riski. Bunga ekspluatatsiya xarajatlarining oshishi, ekologik me’yorlarga mos kelmaslik kabilar ta’sir etadi. Ishlab chiqarish riski - bu ishlab chiqarish jarayonida kamchiliklarni yuzaga kelish riski. Bu ishlab chiqarish davomiyligining buzilishida, obyektning loyihaviy quvvatga erishmasligida, qo’shimcha ishlab chiqarish xarajatlarida namoyon buladi. Ishlab chiqarish riskining bir turi bu texnologik riskdir. Bu risklar ta’minotdagi uzilishlar, resurs zaxiralarining etishmasligi, xom ashyo sifatining pastligi, transport masalalari va boshqalar sabab kelib chiqadi. Ishlab chiqarish xarajatlarining yuqori darajasi xarajatlarni xato hisoblash, xom ashyo va boshqa resurlar miqdori va sifatiga ma’lum talablarni aniq emasligi natijasida bo’ladi.
Boshqaruv riski - bu ishlab chiqarish riskining bir turi, boshqaruvchi shaxsning tajriba va malakasini etarli darajada emasligi natijasida ro’y beradi. Moliyaviy riski. Bu riskning loyiha faoliyatidagi asosiy turlari: a) kredit riski; b) valyuta riski; v) foiz stavkasini o’zgarish riskidir. Kredit riski - bu loyihani amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor bankka kredit shartnomasi bo’yicha to’lov majburiyatlarini to’liq yoki umuman to’lay olmaslik riski. Bu risk asosan loyihani moliyalashtirishda loyihani kreditlovchi bankning riskidir. Valyuta riski - bu risk loyiha mahsuloti mahalliy bozorda sotilganda va xokimiyat mahsulotni milliy valyutada sotilishini talab qilayotgan paytda yuqori bo’ladi. Bu risk loyiha mahsulotini sotishdan olinadigan valyuta bilan kredit valyutasi bir xil bo’lmagan hollarda yuzaga keladi. Foiz stavkasining o’zgarish riski - bu risk kredit resurslari o’zgaruvchan stavkada qo’llanilganda ro’y beradi. Bunday resurslarni jalb qilishda loyihada qo’llanilgan kapital qiymatining oshishi va mahsulot rentabelligining kamayish xavflari mavjud bo’ladi. Mamlakat riski - bu tashqi loyiha risklariga tegishli bo’lib, uning mazmuni shundaki, loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatning ijtimoiysiyosiy jarayonlari va davlatning siyosati loyiha faoliyati uchun jiddiy qiyinchiliklar yaratishi va xatto loyihani barbod qilishi ham mumkin. Mamlakat riskining omillari: markaziy va mahalliy xokimiyatlarning harakati, urushlar, ish tashlashlar, terrorchilik harakatlari va boshqalar bo’lib, bular loyiha ishtirokchilari ta’siri doirasidan tashqarida bo’ladi. Davlatning siyosati bilan bog’liq mamlakat risklarini shartli ravishda ikkita guruhga bo’lish mumkin: Risk omilini aniqlash deganda risk sababini, ya’ni loyihaga ta’sir qila oladigan voqea yoki vaziyatlarni aniqlash tushiniladi. Riskni boshqarishdan maqsad eng avvalo riskning oldini olishdir. Qaror qabul qilayotgan shaxs yuz berishi mumkin bo’lgan noxush voqealarning oqibatini yaqqol tasavvur etishi kerak. Bu uning keyingi xarakatlarini belgilab beradi. Bank boshqaruvi xodimlari o’z ishlarida amal qilish uchun xatarni oldini olish taktika va strategriyasini ishlab chiqishi kerak.
tadbirkor yoxud yuridik shaxs tomonidan tashabbus qilinishi mumkin. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini tashabbus qilish: davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqishni; davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini baholash, kelishish va tasdiqlash uchun tegishli davlat organiga yuborishni; vakolatli davlat organi tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasini ko‘rib chiqishni; davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasini vakolatli davlat organi tomonidan ma’qullashni, rad etishni yoki maromiga etkazish uchun qaytarishni; davlat-xususiy sheriklik loyihasining kelishib olingan konsepsiyasining davlat sherigi yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishini; davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini vakolatli davlat organi tomonidan Davlat-xususiy sheriklik loyihalarining reestriga kiritishni o‘z ichiga oladi. Davlat tashabbuskori davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini, qoida tariqasida, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning o‘z vakolati sohasiga kiruvchi ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqadi. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini tayyorlash davlat-xususiy sheriklik loyihasining oqilonaligi va samaradorligini hamda bu loyihani amalga oshirish maqsadida uning maqbul shaklini aniqlashni ta’minlovchi dastlabki moliyaviy hisob-kitoblar asosida, xususan: davlat-xususiy sheriklik loyihasining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlari; davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq xususiy sherik tomonidan loyihalashtirilayotgan, barpo etilayotgan, moliyalashtirilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan, foydalanilayotgan yoki xizmat ko‘rsatilayotgan davlat-xususiy sheriklik ob’ektining tarkibi va parametrlari; xususiy sherikning kutilayotgan investitsiyalari hajmi va O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlaridan taxmin qilinayotgan moliyalashtirish hajmi;
davlat sherigining va xususiy sherikning majburiyatlari; xususiy sherikka ko‘rsatiladigan davlat ko‘magining turlari; muzokaralar o‘tkazish muddatlari; davlat-xususiy sheriklik ob’ektidan foydalangan holda taqdim etiladigan tovarlardan (ishlardan, xizmatlardan) foydalanish shartlari hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Aholining, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) iste’mol qiluvchilarning, ulardan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olish maqsadida davlat-xususiy sheriklik loyihasini tayyorlash jamoatchilik muhokamalari bilan birga olib borilishi kerak. Xususiy tashabbuskor davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini ishlab chiqishga va potensial davlat sherigiga taqdim etishga haqli. Davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi mavjud muammolarni hal qilishga doir innovatsion yondashuvni o‘z ichiga olishi va taraflar uchun maqbul bo‘lgan mutanosib nafni ta’minlashi kerak. Xususiy tashabbuskor davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini taqdim etishdan oldin dastlabki muhokama o‘tkazishi, shuningdek potensial davlat sherigi bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida axborot almashishi mumkin. Davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini olgan potensial davlat sherigi uning amalga oshirilishini ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida o‘ttiz kalendar kun ichida qaror qabul qiladi. Xususiy tashabbuskorning umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi ma’qullangan taqdirda, potensial davlat sherigi ushbu konsepsiyani vakolatli davlat organiga kelishish uchun yuboradi. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: xususiy tashabbuskorning talabgorlarga nisbatan qo‘yiladigan, ushbu Qonunda belgilangan talablarga mos kelmaganligi; potensial davlat sherigida davlat-xususiy sheriklik ob’ektiga nisbatan xo‘jalik yuritish huquqining yoki operativ boshqaruv huquqining mavjud emasligi; davlat-xususiy sheriklik ob’ektini loyihalashtirish, qurish, barpo etish, moliyalashtirish, rekonstruksiya qilish, undan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish zaruriyatining mavjud emasligi;
Senat tomonidan 2019 yil 3 mayda maʼqullangan 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi Ushbu Qonunning maqsadi davlat-xususiy sheriklik sohasidagi unosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonunning amal qilishi mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarga va davlat xaridlari sohasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: davlat-xususiy sheriklik – davlat sherigi va xususiy sherikning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun oʻz resurslarini birlashtirishiga asoslangan hamkorligi; davlat-xususiy sheriklik loyihasi – iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etishga qaratilgan, xususiy investitsiyalarni jalb etish va (yoki) ilgʻor boshqaruv tajribasini joriy etish asosida amalga oshiriladigan tadbirlar majmui; davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi – davlat sherigi va (yoki) xususiy tashabbuskor tomonidan tayyorlanadigan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishni hal etishga doir tanlovni asoslab beradigan, ushbu loyihaning qiymatini va tavsifini belgilaydigan, uni amalga oshirishning samaradorligi va dolzarbligi asoslarini, asosiy tavsifnomalari va oʻziga xos xususiyatlarini, shuningdek jalb qilinadigan investitsiyalarning qaytarilishini taʼminlash mexanizmlarini oʻz ichiga olgan hujjat; davlat-xususiy sheriklik obyekti – loyihalashtirilishi, qurilishi, barpo etilishi, yetkazib berilishi, moliyalashtirilishi, rekonstruksiya qilinishi, modernizatsiyalashtirilishi, foydalanilishi va xizmat koʻrsatilishi davlat-xususiy sheriklik loyihasini roʻyobga chiqarish doirasida amalga oshiriladigan mol-mulk, mulkiy komplekslar, ijtimoiy infratuzilma, shuningdek davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida joriy etilishi lozim boʻlgan ishlar (xizmatlar) va innovatsiyalar; davlat-xususiy sheriklik obyektidan erkin foydalanilishi uchun toʻlov – davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq davlat-xususiy sheriklik obyektidan foydalanish (uni ekspluatatsiya qilish) va (yoki) ushbu obyektga xizmat koʻrsatish davrida undan erkin foydalanilishini taʼminlaganlik uchun xususiy sherikka davlat sherigi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar; davlat sherigi – Oʻzbekiston Respublikasi boʻlib, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan boshqa organlar (tashkilotlar) yoki ularning birlashmalari uning nomidan ish yuritadi; foydalanganlik uchun toʻlov – tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) isteʼmol qiluvchilardan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish doirasida xususiy sherik tomonidan yigʻib olinadigan toʻlovlar; xususiy sherik – Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan, davlat sherigi bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzgan tadbirkorlik faoliyati subyekti va shunday subyektlarning birlashmasi. 4-modda. Davlat-xususiy sheriklikning asosiy prinsiplari Davlat-xususiy sheriklikning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: davlat sherigining va xususiy sherikning qonun oldida tengligi; davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishdagi qoidalar va tartib-taomillarning shaffofligi; xususiy sherikni tanlashdagi bahslashuv va xolislik; kamsitishga yoʻl qoʻymaslik; korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik.
Davlat sherigi va xususiy sherik teng taraflardir. 6-modda. Davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishdagi qoidalar va tartib-taomillarning shaffofligi prinsipi Davlat-xususiy sheriklikning qoidalari va tartib-taomillari manfaatdor shaxslar uchun ochiq, shaffof va tushunarli boʻlishi kerak. Davlat sherigi davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan davlat-xususiy sheriklikning qoidalari va tartib-taomillari toʻgʻrisidagi axborotdan erkin foydalanilishini taʼminlashi shart.
Xususiy sherikni tanlashdagi bahslashuv va xolislik tanlovga koʻra saralab olish mexanizmlaridan foydalanish, davlat-xususiy sheriklik qoidalari hamda tartib-taomillarini amalga oshirishdagi va xolis hamda asoslantirilgan mezonlar asosida maqbul variant foydasiga qarorlar qabul qilishdagi halollik va shaffoflik hisobiga taʼminlanadi. 8-modda. Kamsitishga yoʻl qoʻymaslik prinsipi Kamsitishga yoʻl qoʻymaslik quyidagilarni taʼminlash orqali kafolatlanadi: tender tartib-taomillari ishtirokchilari huquqlarining tengligi; xususiy sherikni tanlashdagi xolislik; xususiy sherikni tanlashdagi ochiqlik. Xususiy tashabbuskorlarga, talabgorlarga, xususiy sheriklarga, shu jumladan chet ellik xususiy tashabbuskorlarga, talabgorlarga, xususiy sheriklarga Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan teng huquqlar, faoliyatning kamsitish xususiyatiga ega choralar qoʻllanilishini istisno etuvchi huquqiy rejimi kafolatlanadi. 9-modda. Korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik prinsipi Davlat-xususiy sheriklik qoidalari va tartib-taomillariga doir talablar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymasligi hamda korrupsiyaning va korrupsiyaga sabab boʻluvchi omillarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni taʼminlashi kerak. 2-bob. Davlat-xususiy sheriklik sohasini davlat tomonidan tartibga solish 10-modda. Davlat-xususiy sheriklik sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari Davlat-xususiy sheriklik sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat: iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish va Oʻzbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishini taʼminlash; davlat-xususiy sheriklik sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish; mavjud ijtimoiy infratuzilmani shakllantirishga, tiklashga, undan foydalanishga, uni saqlashga koʻmaklashish; ijtimoiy infratuzilmadan foydalanish va unga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish; davlat xizmatlari sifatini yaxshilash va ulardan erkin foydalanishni kengaytirish; xususiy sektorning moliyaviy mablagʻlarini, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etishni taʼminlaydigan shart-sharoitlar yaratish; davlat-xususiy sheriklikning institutsional-huquqiy asoslarini rivojlantirish va takomillashtirish uchun ilmiy tadqiqotlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy uslublar va texnologiyalarni joriy etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: davlat-xususiy sheriklik sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi; davlat-xususiy sheriklik sohasidagi vakolatli davlat organining taqdimnomasiga binoan davlat-xususiy sheriklik loyihalari uchun davlat sherigini belgilaydi; davlat-xususiy sheriklik sohasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi; umumiy qiymati oʻn million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini tasdiqlaydi; Davlat-xususiy sheriklik loyihalarining reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi davlat-xususiy sheriklik sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi). Vakolatli davlat organi: davlat-xususiy sheriklik sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi; davlat-xususiy sheriklik sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishda idoralararo muvofiqlashtirishni taʼminlaydi; davlat-xususiy sheriklik sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda, shuningdek davlat-xususiy sheriklik loyihalarining konsepsiyalarini ishlab chiqishda vazirliklarga, davlat qoʻmitalariga, idoralarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻmaklashadi; investorlar, xalqaro moliya va donorlik tashkilotlari, ilmiy va ekspert hamjamiyatlari, shuningdek davlat-xususiy sheriklikning boshqa ishtirokchilari bilan hamkorlikni tashkil etadi; davlat-xususiy sheriklik sohasida uslubiy hujjatlarni, qoʻllanmalar va yoʻriqnomalarni tayyorlaydi; davlat-xususiy sheriklik loyihalarining texnik-iqtisodiy parametrlariga doir sharhlarni koʻrib chiqadi va taqdim etadi; davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi namunaviy bitimlar loyihalarini ishlab chiqadi; Davlat-xususiy sheriklik loyihalarining reyestrini yuritadi; davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlashga va amalga oshirishga koʻmaklashadi; umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini maʼqullaydi, rad etadi yoki maromiga yetkazish uchun qaytaradi; umumiy qiymati oʻn million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi; tender hujjatlarining va davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlarning loyihalarini kelishib oladi; davlat-xususiy sheriklik sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi; davlat-xususiy sheriklik masalalari yuzasidan tushuntirishlar beradi; davlat-xususiy sheriklik loyihalari bajarilishining borishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi; davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash uchun maslahatchilarni jalb etadi. Download 36.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling