# Qaysi javobda tarbiyaga pedagogika fani nuqati nazaridan qaralgan?
- Tarbiya-jamiyat taraqqiyotini belgilovchi va ma’naviy yuksalishiga ta’sir ko`rsatuvchi omil.
- Tarbiya odamning ruhiy rivojlanishini belgilovchi omil.
- Tarbiya jamiyatning ma’naviy yuksalishiga ta’sir etuvchi omil.
- Tarbiya - odamning rivojlanishi va shaxs sifatida kamol topishini ta’minlovchi jarayon.
# Maxsus pedagogika fani nimani o`rganadi?
- Jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsoni bor bolalarga ta’lim-tarbiya berish yo`llarini o`rganuvchi fandir.
- Maxsus yo`nalishga qaratilgan fandir.
- Maxsus ta’lim-tarbiya muassasalari faoliyatini belgilovchi fandir.
- Umumiy pedagogika, pedagogika tarixi, yosh pedagogikasi, maxsus pedagogika.
# Ko`rsatilgan hujjatlarning qaysi biri umumiy ta’limining asosiy me’yoriy-huquqiy hujjati hisoblanadi?
- O`quv rejasi, darsliklar, adabiyotlar.
- Davlat ta’lim standartlari, o`quv rejasi, o`quv dastur.
- Davlat talablari, ta’lim metodlari.
- Malakaviy talablar, ko’nikma hosil qilish.
# Shaxsga to’g’ri ta’rif berilgan javobni aniqlang.
- Muayyan jamiyatning a’zosi, ong egasi bo’lgan o’z hatti-harakatlariga javob bera oladigan tarbiyaning 12 turini bosib o’tgan insonga shaxs deyiladi.
- Shaxs deganda jamiyatning a’zosi tushuniladi.
- Fuqarolik pasportiga ega bo’lgan kishilar.
- Jamiyatdagi moddiy va ma’naviy boyliklardan bahramand bo’ladigan kishilar.
# Didaktikaning mavzu bahsi:
- Ta’limning mohiyati, ziddiyatlar, prinsiplari, metodlari, vazifalari, shakllari, bilimlarni tekshirish.
- Ta’limning mazmuni, vazifalari, ta’limni tashkil etish shakllari,metodlari, bilimlarni tekshirish, bilish nazariyasi, o‘quvchilarning ijodiy ishlarini tashkil qilish.
- Kimni o‘qitish, nimani o‘qitish, qanday qilib o‘qitishni o‘rganadi.
- Kimni qachon o`qitish.
# Suhbat turlarini ko‘rsating:
- Evristik suhbat, reproduktiv suhbat.
- Yakka tartibda suhbat, frontal suhbat, rasm asosida suhbat.
- Ifodali suhbat, tasviriy suhbat, ilmiy-ommabop suhbat.
- Rasm asosida suhbat, ifodali suhbat.
Do'stlaringiz bilan baham: |