Yakuniy nazorat savollari Fizika fanining predmeti nimadan iborat?


Download 8.73 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi8.73 Kb.
#1642480
Bog'liq
59050 YaN savollari


Yakuniy nazorat savollari
1. Fizika fanining predmeti nimadan iborat?
2. Mexanika nimani o‘rgatadi? Uning asosiy qismlari nimalardan iborat?
3. Moddiy nuqta deb nimaga aytiladi?
4. Mexanik harakat va uni xarakterlovchi kattaliklar?
5. Mexanik harakat traektoriyasining shakliga, yo‘liga va ko‘chishiga qarab qanday turlarga bo‘linadi?
6.To‘g‘ri chiziqli tekis harakat deb nimaga aytiladi va uni harakat tenglamasi qanday bo‘ladi?
7. Bir xil yo‘nalgan tekis harakatlar va ularning tezliklari qanday bo‘ladi?
8.O‘zaro burchak ostida yo‘nalgan ikkita tekis harakatni va uning tezliklarini qo‘shishdagi parallelogramm qoidasi nimadan iborat?
9. Qanday harakatga o‘zgaruvchan harakat deyiladi?
10. O‘rtacha va oniy tezlik deb nimaga aytiladi?
11. To‘g‘ri chiziqli tekis o‘zgaruvchan harakat deb nimaga aytiladi?
12. To‘g‘ri chiziqli tekis o‘zgaruvchan harakat tezlanishi deb nimaga aytiladi va uning o‘lchov birliklari qanday bo‘ladi?
13. To‘g‘ri chiziqli tekis o‘zgaruvchan harakatdagi yo‘l formulasi qanday bo‘ladi?
14. Erkin tushish deb qanday harakatga aytiladi va uning tenglamalari qanday bo‘ladi?
15.Tekis aylanma harakat deb qanday harakatga aytiladi va uni xarakterlovchi fizik kattaliklar?
16. Tekis aylanma harakatning burchak tezligi deb nimaga aytiladi va uning yo‘nalishi qanday yo‘nalgan?
17. Aylanma harakatda chiziqli va burchak tezliklar o‘zaro qanday bog‘langan?
18. Markazga intilma tezlanishning burchak tezlik, davr va chastota orqali ifodasi qanday bo‘ladi?
19. Dinamika deganda nimani tushunasiz?
20. Nyutonning I qonuni ta’rifi va matematik ifodasi qanday bo‘ladi?
21. Jismning inersiyasi deb nimaga aytiladi?
22. Inersial va noinersial sanoq sistemalari deb qanday sanoq sistemalariga aytiladi?
23. Nyutonning II qonunini ta’riflang va matematik ifodasini yozing.
24. Nyutonning III qonunini ta’riflang va matematik ifodasini yozing.
25. Jismning impulsi deb nimaga aytiladi?
26. Galileyning nisbiylik prinsipini tushuntiring.
27.Kuch momenti nima?
28.Impuls va kuch momentlarining saqlanish qonunlari qanday ta’riflanadi?
29. Mexanik ish deganda nimani tushunasiz?
30.Mexanik ishning formulasi va o‘lchov birliklari qanday?
31. Og‘irlik kuchining bajargan ishi qanday bo‘ladi?
32. Quvvat deb nimaga aytiladi? Uning o‘lchov birliklari qanday?
33. Energiya deganda nimani tushunasiz?
34. Mexanik energiyaning turlari qanday?
35. Kinetik va potensial energiya deganda nimani tushunasiz? Ularning formulalari qanday?
36. Er sirtidan biror balandlikdagi jism va deformatsiyalangan jism potensial energiyalari qanday formulalar bilan aniqlanadi?
37. Jismning to‘liq mexanik energiyasi deb nimaga
aytiladi?
38.Mexanikada energiyaning saqlanish qonunini ta’riflang va unga misollar keltiring.
39. Qanday harakatga tebranma harakat deyiladi?
40. Garmonik tebranishlar deb nimaga aytiladi?
41. Tebranishlarning amplitudasi, davri, chastotasi va siklik chastotasi deb nimaga aytiladi hamda ularning o‘lchov birliklari qanday bo‘ladi?
42 Tebranishning fazasi va boshlang‘ich fazasining ma’nosini tushuntiring.
43. Fizik va matematik mayatnik deb nimaga aytiladi?
44. Matematik mayatnikning tebranish qonunlarini tushuntiring.
45. Erkin (so‘nuvchi) va majburiy (so‘nmas) tebranishlar hodisalarini tushuntirib bering.
46.Mexanik rezonans hodisasi deb nmaga aytiladi?
47.Mexanik to‘lqinlar deb nimaga aytiladi?
48.Ko‘ndalang va bo‘ylama to‘lqinlar deb qanday to‘lqinlarga aytiladi?
49.To‘lqin sirti, fronti va to‘lqin uzunligi deb nimaga aytiladi?
50.To‘lqinning tarqalish tezligi deb nimaga aytiladi?
51.To‘lqin tezligining to‘lqin uzunligi, davri yoki chastotasi bilan bog‘lanish formulasini yozing.
52.Tovush to‘lqini deb qanday to‘lqinga aytiladi?
53.Tovushning tarqalish tezligi qanday aniqlanadi? Misollar keltiring.
54.Tovushning balandligi (yuksakligi), asosiy toni, obertoni va tembri nima?
55.Ultratovushlar deb qanday to‘lqinlarga aytiladi? Ular qanday hosil qilinadi?
56.Ultratovushning asosiy xususiyatlarini izohlab bering.
57.Ultratovush fan va texnikada qanday maqsadlarda qo‘llaniladi?
58.Infratovush deb qanday to‘lqinlarga aytiladi?
59. Molekulyar fizika va termodinamika nimani o‘rgatadi?
60. Molekulyar-kinetik nazariya qanday nazariya va uning asoslarini nima tashkil qiladi?
61. Broun harakati qanday namoyon bo‘ladi va u nimalarga bog‘liq?
62. Diffuziya hodisasi deb qanday hodisaga aytiladi?
63. Diffuziya hodisasi gazlarda, suyuqliklarda va qattiq jismlarda qanday sodir bo‘ladi?
64. Molekulalarning o‘lchamlari deganda nimani tushunasiz? Ular qanday aniqlanadi?
65.Atom massasi deb nimaga aytiladi? U qanday aniqlanadi?
66 Modda miqdori deb nimaga aytiladi? U qanday aniqlanadi, uning o‘lchov birliklarini ayting.
67.Avogadro qonunini ta’riflang.
68.Molekulalarning o‘zaro ta’sir kuchlari qanday namoyon bo‘ladi?
69.Ideal gaz deb nimaga aytiladi? U qanday parametrlar bilan xarakterlanadi?
70.Izotermik protsess deb qanday protsessga aytiladi va u qaysi qonunga bo‘ysunadi? Grafikda izoterma chizig‘i nimani ifodalaydi?
71.Izobarik protsess qanday protsess va u qanday qonunga bo‘ysunadi? 72.Gazning hajm kengayish koeffitsienti deb nimaga aytiladi va uning son qiymati nimaga teng?
73.Izoxorik protsess qanday protsess va u qanday qonunga bo‘ysunadi?
74.Gaz bosimining termik koeffitsienti deb nimaga aytiladi va uning son qiymati nimaga teng?
75.Temperaturalarning Selsiy va Kelvin shkalalari o‘zaro qanday bog‘lanishga ega?
76.Gaz holati uchun Mendeleev-Klapeyron tenglamasini yozing.
77. Elektr zaryadining saqlanish qonunini ta’riflang.
78. Elementar zaryad deb qanday zaryadga aytiladi?
79. Elektrostatika deb nimaga aytiladi?
80. Kulon qonunini ta’riflang va Si dagi matematik ifodasini yozing.
81.Qanday maydonni elektrostatik maydon deyiladi?
82.”Sinov zaryadi” deb qanday zaryadga aytiladi?
83.Elektrostatik maydonning biror nuqtasidagi kuchlanganligi deb nimaga aytiladi?
84.Elektr maydon superpozitsiyasi prinsipini tushuntirib bering.
85.Elektr kuch chiziqlari deb nimaga aytiladi?
86.Zaryadni elektr maydonda ko‘chirishda bajarilgan ish formulasini yozing.
87.Ikki nuqtaviy zaryadning o‘zaro potensial energiyasini hisoblash formulasini yozing.
88.Elektr maydonning potensiali va potensiallar ayirmasi deb nimaga aytiladi?
89.Maydon kuchlanganligi bilan potensiallar ayirmasi o‘zaro qanday bog‘langan?
90.Elektr sig‘imi deb nimaga aytiladi, formulasi va o‘lchov birligi qanday bo‘ladi?
91.Kondensator nima va ularning qanday turlari bor?
92.YAssi kondensatorning sig‘imi qaysi formula bilan aniqlanadi?
93.Elektr toki deb nimaga aytiladi?
94. O‘tkazuvchanlik toki deb nimaga aytiladi?
95. Elektr tokining qanday ta’sirlari mavjud?
96. Qanday tokka o‘zgarmas tok deyiladi?
97. Tok kuchi deb nimaga aytiladi?
98. O‘tkazgichning qanday hossasiga qarshilik deyiladi? Uning o‘lchov birligini ayting.
99. Zanjirning bir qismi uchun Om qonunini ta’riflang, matematik ifodasini yozing.
100.O‘tkazgichning qarshiligi nimaga bog‘liq? U temperaturaga qanday bo-g‘langan?
101.Ketma-ket va paralel ulangan o‘tkazgichning qarshiligi nimaga teng?
102.Tok manbai deb nimaga aytiladi?
103.Manbaning e.yu.k. deb nimaga aytiladi? U qanday birlikda o‘lchanadi?
104.To‘la zanjir uchun Om qonunini ta’riflang va matematik ifodasini yozing.
105.Zanjirning bir qismida o‘zgarmas tokning bajargan ishi nimaga teng va u qanday birliklarda o‘lchanadi?
106.Elektr tokining quvvati deb nimaga aytiladi va u qanday birliklarda o‘lchanadi? Tok manbaining FIK nima va qanday hisoblanadi?
107.Joul-Lens qonunini ta’riflang va formulasini yozing.
108. Paralel toklarning o‘zaro ta’sir kuchi qanday bo‘ladi?
109. Tokning magnit maydoni deb nimaga aytiladi va u qanday kattalik bilan xarakterlanadi?
110. Magnit maydon induksiyasi vektori deb nimaga aytiladi va u qanday o‘lchov birliklarida ifodalanadi?
111. Magnit maydondagi tokli o‘tkazgichga qanday kuch ta’sir qiladi? Bu kuchning matematik ifodasi qanday? CHap qo‘l koidasi nimadan iborat?
112.Magnit maydonda xarakatlanayotgan zaryadga ta’sir qiluvchi kuch - Lorens kuchining matematik ifodasini yozing. Uning yo‘nalishi qanday bo‘ladi?
113. Magnit induksiya oqimi deb nimaga aytiladi? Uning o‘lchov birliklari qanday?
114.Elektromagnit tebranishlar bilan mexanik tebranishlar orasida qanday o‘xshashlik bor?
115.Elektromagnit to‘lqinlar shkalasini kerakli tartibda joylashtirib chizing.
116.Optika deb nimaga aytiladi?
117. YOrug‘likning qaytish qonunini ta’riflang va matematik ifodasini yozing.
118.YOrug‘likning sinish qonunini tushuntiring va matematik ifodasini yozing.
119. Tasvir yasash uchun zaruriy nurlar yo‘li qanday bo‘lishini ayting? Qanday tasvirni haqiqiy va qanday tasvirni mavhum tasvir deyiladi?
120.Moddaning nisbiy va absolyut sindirish ko‘rsatkichlari tushunchalarining fizik ma’nosi qanday?
121.YOrug‘likning to‘la ichki qaytish xodisasini tushuntiring.
122.Linza deb nimaga aytiladi? Linzaning qanday turlari bor?
123.Linzaning optik kuchi, fokusi va kattalashtirilishini ifodalovchi formulalarni yozing.
124.Optik asboblarning qanday turlari mavjud?
125. YOrug‘likning to‘lqin tabiatiga ega ekanligini asoslovchi hodisalarni ayting.
126. Kogerent nurlar deb nimaga aytiladi?
127. Kogerent nurlarni hosil qilishning Frenel metodi qanday?
128. YOrug‘lik interferensiyasi deb nimaga aytiladi?
129. YOrug‘lik difraksiyasi deb nimaga aytiladi?Difroaksion panjara nima?
130.YOrug‘lik qutblanishidispersiyasi deb nimaga aytiladi?
131. Malyus qonuni
132. Bryuster qonuni.
133. Atomning murakkab tuzilishini tasdiklovchi hodisalarini ayting.
134. Rezerfordning -zarrachalar bilan o‘tkazgan tajribasini tushuntiring.
135. Bor postulatlarini ta’riflang.
136. Vodorod atomining spektr chiqarish qonunlarini tushuntiring.
137.Tutash, chiziqli, yo‘l- yo‘l spektrlari qanday hosil bo‘ladi?
138.Spektral analiz nima?
139.Lazer deb nimaga aytiladi? U qanday hosil qilinadi.
140.Lazerlar qanday amaliy axamiyatga ega.
141. Atom yadro tuzilishining proton-neytron modeli qanday?
142. YAdro ichida qanday kuchlar mavjud?
143. Atom tuzilishining planetar tuzilishi.
144. Moddaning massa defekti nima va qanday aniqlanadi?
145. YAdroning solishtirma bog‘lanish energiyasi deb nimaga aytiladi?
146.Elementar zarralarni kuzatish va qayd qilishda qanday asboblardan foydalaniladi?
147.Radioaktiv emirilishning siljish qoidalarini tushuntiring.
148.Radioaktiv nurlanishlarning qanday biologik ta’siri bor?
149.Dozimetriya deganda nimani tushunasiz?
150.Radioaktiv nurlanishlardan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin?
Download 8.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling