Yalangtoʻsh Bahodir


Download 0.56 Mb.
Sana18.12.2022
Hajmi0.56 Mb.
#1027740
Bog'liq
Yalangtoʻsh Bahodir

Yalangtoʻsh Bahodir

  • Tayyorladi:Abdiyev Erali

Samarqandning o‘tmishdagi hokimi Yalangto‘sh Bahodir haqida nimalarni bilamiz?

  • uz yillardan buyon dunyo xalqlari qatorida Markaziy Osiyo xalqlari orasidan yetishib chiqqan sarkardalar, yo‘lboshchilar haqida ma'lumotlar yozma manbalarda o‘z aksini topib keladi. Ulardan ba'zilarining nomlari asrlar osha avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. O‘z faoliyati bilan zamonasida tub burilishlar yasab, buyuk ishlarni amalga oshirib, ovozasi uzoqlarga yoyilgan o‘nlab ajdodlarimiz — davlat boshliqlari-yu, harbiy sarkardalar ham borki, ularning faoliyatini manbalar asosida obektiv o‘rganish tarixdagi bo‘shliqni to‘ldirib, voqealar zanjirida o‘z o‘rnini topadi.
  • ‘tmish tariximizda Samarqandda ulkan obodonchilik ishlarini amalga oshirgan, o‘z hukmronligi davrida shahar ravnaqini ta'minlagan hukmdorlardan biri Bahodir Yalangto‘sh (1576 – 1656) bo‘lib, uning shaxsiyati, tarixda tutgan o‘rnini o‘rganish va jamoatchilikka yetkazish bugungi fan oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir.
  • Shu o‘rinda, Yalangto‘sh Bahodir faoliyatiga doir ba'zi ma'lumotlarni keltirib o‘tish lozim, — deydi Kun.uz’ga SamDU dotsenti Erkin Musurmonov. — U ashtarxoniylar davridagi harbiy-mulkdor zodagonlarning yirik vakili bo‘lib, bir qancha turkiy xalqlar tarkibiga kirgan yirik Olchin urug‘iga mansub bo‘lgan
  • U 1576 yilda Nurota hokimi oilasida tug‘ilgan. Yalangto‘sh Bahodir Buxoro xoni Abdullaxon II nazariga tushgan va uning homiyligida maxsus harbiy maktabda o‘qigan (1590–93). qatnashgan.
  • O‘zining davlat oldidagi munosib xizmatlari evaziga dastlab Bulung‘ur, Loyish, Kattaqo‘rg‘onda tumanboshi lavozimida ishlagan (1593–95) Yalangto‘sh Bahodir, 1611 yil Ashtarxoniy Imomqulixonni taxtga o‘tqazishda faol
  • Shundan so‘ng uning mavqeyi ortgan, u Samarqandni 1626 yildan amalda mustaqil idora eta boshlagan, unga otaliq unvoni berilgan. Yalangto‘sh Bahodir Buxoro xonligining barcha harbiy amaliyotlarida faol ishtirok etgan
  • . Chunonchi, 1623 yil va 1631 yil Eron qo‘shinlari Balx viloyatiga kelganda Balx hokimi Nadr Muhammadxonga Yalangto‘sh Bahodir boshchiligida katta qo‘shin yordamga kelgan.
  • Yalangto‘sh Bahodir mamlakatda xondan so‘ng eng badavlat shaxs bo‘lgan. 1645 yilda u Buxoroda Nadr Muhammadxon bilan janjallashib qolib, Xo‘jandda xonga qarshi ko‘tarilgan amirlar isyoniga boshchilik qilgan. Buxorodan isyonni bostirish uchun yuborilgan Abdulaziz Sulton asir olingan, isyonchilar Buxoroga yurish qilishgan
  • Ular Buxoro g‘arbidagi Oqtepa mavzesida Abdulazizni xon deb e'lon qilib, so‘ngra poytaxtni qamal qilishgan. Nadr Muhammadxon 3 oylik qamaldan so‘ng shaharni tark etishga majbur bo‘lgan. U boburiylar sulolasi vakili Shoh Jahondan yordam so‘ragan.
  • 1646 yil Shoh Jahon Balxga kenja o‘g‘li Murodbaxshni katta qo‘shin bilan jo‘natgan. Bu qo‘shin Balx viloyatini himoya qilish o‘rniga uni bosib olgan. Boburiylar Balxda 2 yildan oshiq hukmronlik qilishgan, biroq u yerda mustahkam o‘rnasha olishmagan. 1648 yil yozida Abdulazizxon 200 ming kishilik qo‘shin bilan Balxga yurish qilib, boburiylardan bu viloyatni qaytarib olgan, bu qo‘shin tarkibida Yalangto‘sh Bahodir boshchiligidagi qo‘shin ham bo‘lgan.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling