Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar


Download 254.8 Kb.
bet7/22
Sana13.04.2023
Hajmi254.8 Kb.
#1353369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Valyuta kurslari. Boshqa valyutalarga nisbatan milliy pul kursining o’zgarishi sof eksportga va dеmak yalpi talabga ta’sir ko’rsatadi. Faraz qilaylik, iеnaning dollardagi narxi o’sdi. Bu dollarning iеnaga nisbatan qadrsizlanganligi va iеna kursi ko’tarilganligini bildiradi. Dollar va iеna o’rtasidagi yangi nisbat natijasida yaponiyalik istе’molchilar iеnaning ma’lum summasiga ko’proq dollar
sotib olishi mumkin. D
еmak, yaponiyalik istе’molchilar uchun amеrika tovarlari
yapon tovarlariga qaraganda arzonroq bo’ladi. Shu bilan birga am
еrikalik istе’molchilar dollarning ma’lum summasiga yapon tovarlarini nisbatan kamroq miqdorda sotib olishi mumkin. Bunday holda AQSH eksportining o’sishi, importining esa kamayishi holatini kutish mumkin. Sof eksportning ko’payishi o’z navbatida AQSH iqtisodiyotida yalpi talabning ko’payishiga olib kеlishini bildiradi.

AD =S+I+G+Xn
Makro ko’lamda milliy ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi bilan birga narxlar umumiy darajasining o’zgarishi o’rtasida bog’liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda barqaror o’sishi, ba’zi davrlarda esa pasayib ketishni izoxlab berish uchun yalpi talab - yalpi taklif (ADAS aggregate demand - aggregate supply) modelidan foydalanamiz.
Bu modelda yalpi talab va taklif, narxlarning umumiy darajasi kabi agregat ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va narxlar darajalarining tebranishlarini hamda ular o’zgarishining oqibatlarini o’rganish uchun asosiy model bo’lib hisoblanadi va boshqa bir qancha modellar AD-AS modelining xususiy holi hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin. Yalpi talab — uy xo’jaliklari, korxonalar, xukumat va chet ellik xaridorlarning narxlarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo’lgan talabidir.
Yoki boshqacha qilib aytganda umumiy talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilingan umumiy harajatlar yig’indisidir. Formula ko’rinishida umumiy talabni quyidagicha tasvirlash mumkin:


AD =S+I+G+Xn



M*V=Y*R


Narxlar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni ifoda etuvchi chiziq jami talab egri chizig’i deb ataladi. Buni chizma ko’rinishida tasvirlash mumkin. Bunday surilishning sababi har xil. Ya’ni, alohida olingan tovarlarda talab egri chizig’ining surilishiga asosan daromad samarasi va o’rinbosar tovarlar sabab bo’lar edi. Ayrim tovarlarning narxi pasayganda, iste’molchilarning pul daromadlari ko’proq mahsulot sotib olish imkonini beradi (daromad samarasi). Shuningdek, narx pasayganda iste’molchi ushbu tovarni ko’proq boshqa sotib oladi, chunki u boshqa tovarlarga nisbatan arzonroq bo’ladi (o’rnini bosadigan tovarlar). Milliy bozorda AD-egri chizig’ining traektoriyasini avvalo pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yordamida izohlash mumkin.

Bu erda:


M — muomaladagi pul miqdori;
V — pulning aylanish tezligi;
R — iqtisodiyotdagi narxlar darajasi (narx indeksi);
Y — talab qilinayotgan real ishlab chiqarish xajmi.
M*V=M*V Bu tenglamadan P=Y; Y=P tenglamalarni keltirib chiqaramiz.
Bu tenglamalardan ko’rinadiki, narxlar darajasi qancha oshsa, real milliy mahsulot xajmiga talab hajmi shuncha past bo’ladi, ya’ni pul massasi (M) va uning aylanish tezligi (V) o’zgarmas bo’lsa, narxlar darajasi va umumiy talab o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud bo’ladi. Bunday bog’liqlik, shuningdek quyidagi narx omillari bilan izohlanadi:

1. Foiz stavkasi samarasi;
2. Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi;
3. Import xaridlar samarasi.
Foiz stavkasi samarasi yoki Keyns samarasi shuni bildiradiki, jami talabning egri chiziq bo’yicha surilishi narxlar darajasi o’zgarishining foiz stavkasiga bo’lgan ta’siriga bog’liq. Demak, tovarlarning narx darajalari oshsa, iste’molchilarga xarid qilish uchun katta miqdorda naqd pul kerak bo’ladi. Ish-bilarmonlar uchun ham ish haqi va boshqa xarajatlarni to’lashga katta miqdorda pul zarur bo’ladi. Qisqacha aytganda, tovarlar narxsi darajalarining yuqoriligi pulga bo’lgan talabni oshiradi. Pul taklifi hajmi o’zgarmagan holatda talabning oshishi foiz stavkasini ko’tarilishiga olib keladi. Foiz stavkalari yuqori bo’lgan sharoitda ishbilarmonlarning investitsiya tovarlariga bo’lgan talabi pasayadi.
Investitsiya harajatlari umumiy talabning bir qismi bo’lganligi tufayli bu umumiy talab hajmining pasayishiga olib keladi.


P ↑→ Md↑ (Ms sonst) → R↑→ I ↓→ AD ↓







Boylik samarasi yoki real kassa koldiqlari samarasi (Pigu samarasi) shuni bildiradiki, narxlar darjasining oshishi, nominal narxsi oldindan belgilangan moliyaviy aktivlar (omonatlar, obligatsiyalar) real xarid qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Bunday sharoitda aholi joriy daromadidan iste’mol xarajatlari miqdorini qisqartiradi, ya’ni iste’molga chegaraviy moyillik pasayib boradi. Masalan, muayyan shaxs aktivida 10 mln. so’m bo’lsa, undan hech ikkilanmasdan birorta avtomashina sotib olishi mumkin bo’ladi, agarda inflyatsiya ta’sirida mashina narxi 12 mln. so’mga ko’tarilsa, u mashina sotib ololmasligi mumkin va yana 2 mln. so’m jamg’arish uchun joriy davrda olgan ixtiyoridagi daromadidan ko’proq qismini jamg’aradi. Iste’mol xarajati umumiy talabning bir qismi bo’lganligi tufayli uning kamayishi ADning pasayishiga olib keladi.



P ↑→ Moliyaviy S ↓ aktivlarning → AD↓ real qiymati S ↑




Import xaridlari samarasi shuni bildiradiki, biror mamlakatda tovar va xizmatlarning ichki narxlari tashqi narxlarga nisbatan oshib borsa, shu mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarga talab hajmi kamayadi va o’z navbatida shu mamlakatda import mahsulotlarga bo’lgan talab oshadi. Va, aksincha, ichki narxlarning pasayishi importning kamayishiga va eksportning oshishiga yoki milliy mahsulotga talab hajmi oshishiga olib keladi. Bu esa sof eksport hajmi orqali umumiy talab hajmiga ta’sir ko’rsatadi.

X↓ P↑ Xn↓→ AD↓ M↑





Yuqorida ko’rib o’tilgan omillar jami talabning narx omillari deb ataladi. Bundan tashqari jami talabning narhlarga bog’liq bo’lmagan omillari ham mavjud. Bu omillardagi o’zgarishlar jami talabning miqdorida o’z aksini topadi va uning egri chizig’ini chapga yoki o’ngga siljitadi. Jami talabning narxlarga bog’liq bo’lmagan omillariga quyidagilarni kiritamiz:


  1. Download 254.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling