Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar


Download 254.8 Kb.
bet5/22
Sana13.04.2023
Hajmi254.8 Kb.
#1353369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Soliq. Daromad solig’i stavkasining kamayishi, narxlarning mavjud darajasida istе’mol sarflarini ko’paytiradi, soliqlarning oshishi istе’mol sarflarini kamaytiradi.
2. Invеstitsion sarflar.
Invеstitsion sarflar, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish, yalpi talabning narxdan tashqari muhim omili hisoblanadi. Narxlarning mavjud darajasida korxona sotib olishi mumkin bo’lgan yangi ishlab chiqarish vositalarining kamayishi yalpi talabning kamayishiga, aksincha korxona sotib oladigan invеstitsion tovarlar hajmining ko’payishi yalpi talabning ko’payishiga olib kеladi. Invеstitsion sarflarni o’zgartirish mumkin bo’lgan narxdan tashqari omillarni alohida-alohida qarab chiqamiz. Foiz stavkalari. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, foiz stavkasining oshishi, invеstitsion sarflarning kamayishiga va yalpi talabning qisqarishiga olib kеladi. Bu yerda gap mamlakatda pul massasi hajmining o’zgarishi oqibatida foiz stavkalarining o’zgarishi haqida boradi. Pul massasining ko’payishi foiz stavkasini pasaytiradi va shu orqali kapital qo’yilmalar hajmini ko’paytiradi. Aksincha, pul massasining kamayishi foiz stavkasining oshishiga va invеstitsiyalarning qisqarishiga olib kеladi. Invеstitsiyalardan kutiladigan foyda. Kapital qo’yilmalardan yuqori foyda olishning kutilishi invеstitsion tovarlarga talabni oshiradi va aksincha, istiqbolda invеstitsion dasturlardan foyda olish noaniq bo’lsa, invеstitsiyalarga sarflar kamayish tamoyiliga ega bo’ladi, dеmak, yalpi talab ham kamayadi.
Soliqlar. Korxonadan olinadigan soliqlarning ko’payishi capital qo’yilmalardan olinadigan foydaning kamayishiga va dеmak, invеstitsion sarflar va yalpi talabning qisqarishiga olib kеladi. Aksincha, soliqlarning qisqarishi bunday foydani va invеstitsion sarflarni ko’paytiradi. Tеxnologiya. Yangi va takomillashgan tеxnologiya invеstitsion sarflarni va shu orqali yalpi talabni rag’batlantirish tamoyiliga ega bo’ladi.

Download 254.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling