Yalpi talab yalpi taklif modeli vositasida milliy iqtisodiyot tahlili
-chizma Yalpi talab miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga
Download 242.51 Kb.
|
yalpi talab
1.1-chizma
Yalpi talab miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog’liqligi Turli o’quv qo’llanmalari va darsliklarda yalpi talab miqdorini aniqlash usullari va unga ta’sir etuvchi omillarni bayon etishda turli jihatdan yondashiladi. Jumladan, akademik V.Vidyapin va boshqalar umumiy tahriri ostida chop etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida yalpi talab iqtisodiyot alohida sohalari sarflarining yig’indisi sifatida ifodalanadi, ya’ni: Yd = C +1+ G + NX, bu yerda: Yd - yalpi talab; С - uy xo’jaliklarining iste’mol sarflari; I - xususiy sektoming investitsiya sarflari; G - davlat xaridi; NX - sof eksport.1 Professor V.Kamaev esa yalpi talabni real yalpi milliy mahsulot tarkibiy qismlariga bo’lgan umumiy pul miqdori sifatida namoyon bo’Hshini hamda uni pulning miqdoriy nazariyasiga muvofiq quyidagi ko’rinishda ifodalanishini ta’kidlaydi: AD = MxV/P, bu yerda: AD - yalpi talab; M - pul miqdori; V - pulning aylanish tezligi; л P - narx darajasi . Bundan ko’rinadiki, V.Kamaevning fikricha yalpi talab pulning miqdori va narx darajasiga bevosita bog’liqdir. Bu o’rinda u sotib olinadigan tovarlar turi, miqdori va sifatini e’tibordan chetda qoldiradi. Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, narx darajasi qancha past bo’Isa, iste’molchilar (mamlakat ichidagi hamda chet eldagi) ishlab chiqarilgan tovarlar real hajmining shuncha katta hajmini va aksincha, narx darajasi qancha yuqori bo’Isa, shuncha kam qismini sotib oladi. Shunday qilib, boshqa sharoitlar o’zgarmas deb faraz qilgan taqdirda ham birgina narx darajasining oshishi ishlab chiqarishning real hajmiga bo’lgan yalpi talab haj mining keskin kamayishiga, ya’ni ishlab chiqarilgan tovarlar massasining bir qismi sotilmay qolishiga sabab bo’ladi. Aksincha, narx darajasining pasayishi ishlab chiqarish hajmiga nisbatan yalpi talabning oshishiga, ya’ni tovarlaming yetishmasligiga olib keladi. Yalpi talabga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillaming o’zgarishi ham milliy ishlab chiqarish haj mining o’zgarishiga olib keladi. Narx darajasi va talab ta’siridagi milliy ishlab chiqarish hajmi o’rtasidagi bu teskari bog’liqlikni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin (1.2-chizma). Download 242.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling