Mustaqil ish mavzu: yalpi talab komponentlari orasida iste’molning o’rni guruh


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana10.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1762513
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR 
VAZIRLIGI 
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
SIRTQI BO’LIM 
 
 
MUSTAQIL ISH 
 
MAVZU:
YALPI TALAB KOMPONENTLARI ORASIDA 
ISTE’MOLNING O’RNI 
Guruh:
21.158 
 
Bajardi:

Sobitjonov Bobirjon 
 
 
 


 
YALPI TALAB KOMPONENTLARI ORASIDA 
ISTE’MOLNING O’RNI 
Reja: 
 
 
1. Yalpi talab va taklif tushunchasi.
2. Yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanat va uning o‘zgarishi. 
3. Iste’mol fondi va iste’mol sarflari, iste’mol va jamg’arma hajmiga ta’sir 
etuvchi omillar. 
4. Investitsiyalarning mazmuni va vazifalari.
5. Investitsiyalar turlari va manbalari. 


 
Тayanch iboralar: yalpi talab, yalpi taklif, iste’mol, unumli iste’mol, jamg’arish, 
iste’molga va jamg’arishga o‘rtacha moyillik, iqtisodiy jamg’arish, investitsiya, 
investitsion faoliyat, investitsiyalar samaradorligi. 
1. Yalpi talab va taklif tushunchasi.
YAlpi talab (aggregate demand, AD) - bu barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, 
korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi 
mumkin bo‘lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabning umumiy hajmi 
yoki milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmidir.
Yalpi talab miqdor jihatidan aniqlanadi va uning umumiy miqdori turli 
omillar ta’sirida o‘zgarib turadi. 
Turli o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarda yalpi talab miqdorini aniqlash 
usullari va unga ta’sir etuvchi omillarni bayon etishda turli jihatdan yondoshiladi. 
Jumladan, akademik V.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostida chop 
etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» bo‘yicha darslikda yalpi talab iqtisodiyot alohida 
sohalari sarflarining yig’indisi sifatida ifodalanadi, ya’ni: 
NX
G
I
C
Y
d




,
bu yerda: 
Y
d
– yalpi talab;
C – uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari;
I – xususiy sektorning investitsiya sarflari; 
G – davlat xaridi;
NX – sof eksport.
1
Akademik V.Kamayev esa yalpi talabni real yalpi milliy mahsulot unsurlariga 
bo‘lgan umumiy pul talabi sifatida namoyon bo‘lishini hamda uni pulning 
miqdoriy nazariyasiga muvofiq quyidagi ko‘rinishda ifodalanishini ta’kidlaydi: 
P
V
M
AD
/


, 
bu yerda:
AD – yalpi talab;
M – pul miqdori;
V – pulning aylanish tezligi
P – narx darajasi.
2
1
Қаралсин: Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, А.И.Добрынина, Г.П.Журавлевой, 
Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005. – с.412. 
2
Қаралсин: Экономическая теория: Учеб. для студ. высш. учеб. заведений / Под ред. В.Д.Камаева. – 10-е изд., перераб. и доп. - М.: 
Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 2004, с.291. 


Bundan ko‘rinadiki, yalpi talab milliy ishlab chiqarish hajmi va narx 
darajasiga bevosita bog’liq.
Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, narx darajasi qancha past bo‘lsa, 
iste’molchilar (mamlakat ichidagi hamda chet eldagi) milliy ishlab chiqarish real 
hajmining shuncha katta qismini va aksincha, narx darajasi qancha yuqori bo‘lsa, 
shuncha kam qismini sotib oladi. SHunday qilib, boshqa sharoitlar o‘zgarmagan 
holda narx darajasining oshishi ishlab chiqarishning real hajmiga bo‘lgan yalpi 
talab hajmining kamayishiga sabab bo‘ladi. Aksincha, narx darajasining pasayishi 
ishlab chiqarish hajmiga yalpi talabning oshishiga olib keladi. YAlpi talabga 
narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillarning o‘zgarishi ham milliy ishlab chiqarish 
hajmining o‘zgarishiga olib keladi. 
Narx
darajasi 
AD
0 Y 
Ishlab chiqarish real hajmi 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling