18-Mavzu: yalpi talab va yalpi taklif reja


Download 32.13 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi32.13 Kb.
#1646161
Bog'liq
18.Ялпи талаб ва ялпи таклиф


18-Mavzu: YALPI TALAB VA YALPI TAKLIF


REJA:

1.Yalpi taklif tushunchasi. Yalpi taklif tarkibi va unga ta’sir qiluvchi omillar


2.Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar
3.Yalpi talab va yalpi taklif о‘rtasidagi muvozanat va uning о‘zgarishi

Yalpi talab(aggregate demand, AD)barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo‘lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabning umumiy hajmidir.

Yalpi taklif (aggregate supply, AS) mamlakatda muayyan vaqtda ishlab chiqarilib, narx- larning muayyan darajasida sotishga tayyor turgan, о‘zining ijtimoiy nafliligi, turlari, sifati, miqdori va ijtimoiy qiymati bо‘yicha shu davrdagi talabga javob beradigan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir.



.

Yalpi talab hajmiga ta’sir etuvchi omillar
Narx darajasiga bog‘liq omillar
1.Foiz stavkasi samarasi.
Mazkur samaraning mohiyati shundan iboratki, narx darajasining о‘sishi bilan pulga bо‘lgan talab ham ortadi. Bu esa muomaladagi pul miqdorining о‘zgarmagan hajmi sharoitida foiz stavkasining о‘sishiga olib keladi. О‘z navbatida foiz stavkasining о‘sishi iste’mol va investitsiya sarflari hajmini pasaytiradi
2. Boylik samarasi.
U ba’zida real kassa qoldiqlari samarasi deb ham atalib, narx darajasining oshishi bilan moliyaviy aktivlar (bank omonatlari, aksiya va obligatsiyalar) real qiymatining pasayishini anglatadi. Buning natijasida aholi daromadlari ham pasayib, ular tomonidan sotib olinuvchi tovar va xizmatlar miqdori kamayadi.
3.Import tovarlar xaridi samarasi. Bu samara narx darajasi о‘zgarishining u yoki bu mamlakatdagi ichki va jahon narxlari nisbatiga ta’siri orqali namoyon bо‘ladi. Mamlakatdagi narxlar umumiy darajasining oshishi, chet el tovarlari narxi о‘zgarmagan yoki sekinroq о‘sgan holatda, milliy iste’molchi uchun chetdan xorijiy tovarlarni olib kelishni foydali qilib qо‘yadi. О‘z navbatida, mazkur mamlakat tovar va xizmatlarini xorijiy iste’molchilar tomonidan xarid qilish hajmi ham qisqaradi.
Narxlarning mavjud darajasida, milliy mahsulotda davlat xaridining kо‘payishi yalpi talabning о‘sishiga olib keladi Davlat sarflarining kamayishi yalpi talabning qisqarishiga olib keladi.





Yalpi taklif hajmiga ta’sir qiluvchi omillar
1.Resurslar narxining о‘zgarishi.
Boshqa sharoitlar о‘zgarmay qolganda, resurslar narxining oshishi mahsulot birligiga xarajatlarning kо‘payishiga, resurs narxlarining pasayishi esa xarajatlarning kamayishiga olib keladi. Resurs narxlariga bir qator omillar ta’sir kо‘rsatadi. Resurslar taklifining kо‘payishi ular narxini pasaytiradi va natijada mahsulot birligiga xarajatlar kamayadi. Resurslar taklifining kamayishi esa qarama-qarshi natijaga olib keladi.
2.Yerresurslari3.Ishchikuchiresurslari. 4.Kapital. 5.Tadbirkorlik qobiliyati. Import resurslar narxlari. 6.Bozordagi hukmronlik.




1-MASHQ. Nuqtalar o’rnini o’z bilim salohiyatingiz orqali mos atamalar bilan to’ldiring



  1. ………….. 2. ………………





Yalpi talab hajmiga
narxdan tashqari
omillar ham

  1. ta’sir kо‘rsatadi

4. ……………




Yalpi taklif hajmiga
narxdan tashqari omillar
ta’sir kо‘rsatadi




  1. …………….



Yalрi talab egri chizig‘i va yalpi taklif muvozanatni
ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli
darajasi va milliy ishlabchiqarishning muvozanatli
real hajmi orqali erishiladi.









Vazifa .
Yalpi talab va yalpi taklif muvozanatidan kelib chiqib 3 ta model ajratilgan va har bir modelning ta’riflaridan namunalar keltirilgan. Ularga tog’ri model nomini belgilang.

1.Bunday model 3 ta shartni taqozo qiladi.


a) olingan daromad to’liq sarflanadi.
b) faqat o’z mablag’lar I sarflanadi .
c) jamiyat bir vaqtda ham iste’molchi
hisoblangan ishlab chiqaruvchilardan iborat bo’ladi
2.Bu modelda kishilar tasarrufidagi
pul dromadi o’sib borishi bilan iste’molga
keyingi moyillik tushib boorish qoidasini ochib
berilgan. Agar olingan barcha daromad to’liq
sarflansa talab va taklif chiziqlari
o’zaro mos tushgan bo’lardi.
3. Bu modelda asosiy g’oya xo’jalik faoliyatiga
ta’sir etuvchi mihim dastak pul hisoblanib ,
ushlab turish ” siyosati ilgari suriladi.
Download 32.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling