Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasi shifobaxsh va dorivor o`simliklar tahlili


Download 28.74 Kb.
bet6/6
Sana02.06.2024
Hajmi28.74 Kb.
#1836499
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yalpizdoshlar2234.

Zarafshon tog‘jambuli (Thymus serpyllum L.) . Ko‘p yillik, yer bag‘irlab o‘suvchi, ildizlari oldidagi qismlari yog‘ochlangan chala buta. Yangi novdalari tuklangan, balandligi 5-10 (15) sm. Barglari teskari tuxumsimon o‘troq. 3-4 tadan tomirlangan, tuksiz, chetlari tekkis. Gullari poyalarini uchki joylashgan boshoqsimon to‘p gullardir. Kosachasi 4-5 mm uzunlikda. Tojbarglari 5-7 mm uzunlikda pushti-qizg‘ish, pushti-qizil ranglarda. Iyun-avgust oylarida gullab, iyul-sentyabrda urug‘lari yetiladi. Tog‘larning o‘rta va yuqori mintaqalaridagi toshli va mayda shag‘alli tuproqlarda o‘sadi. Toshkent, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida o‘sadi. Yer ustki qismi damlamasi og‘riq qoldiruvchi, radikulitda, yo‘talga qarshi, ich burug‘da qo‘llaniladi.
O`zbekistonda tarqalgan Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasiga mansub turkum va turlar tahlil qilinganda Phlomoides Moench. turkumining 45 turi oilaga mansub turlarning 19 %, Scutellaria L. 38 turi 16%, Salvia L. 21 turi 8,9 %, Nepeta L. 19 turi 8%, Lagochilus Bunge ex Benth. 18 turi 7,5 %, Dracocephalum L. 16 turi 6,7%, Phlomis L. 15 turi 6,3%, Ziziphora L. 8turi 3,3 %, Lophanthus Adans. 6 turi 2,5 %, Otostegia Benth. 5 turi 2,1 %, Leonurus L., Stachys L., Perovskia Kar., Thymus L.turkumlarining 4 tadan turlari 1,7 % dan 6,8% ni, Mentha L. 3 turi 1,3%, Lycopus L., Hypogomphia Bunge, Lamium L., Stachyopsis Popov et Vved. turkumlari 2 tadan turga ega bo`lib 0,8 % dan 3,2% ni, qolgan 20 ta turkum faqat 1 tadan turga ega bo`lib 0,4 % dan 8% ni tashkil qildi. Phlomoides Moench. turkumi vakillari (45) ko`pligi bilan ajralib turadi. Ikkinchi o`rinda Scutellaria L. (38), uchinchi o`rinda esa Salvia L. turkumi (21) turlari ko`p tarqalishi jihatidan yetakchi o`rinlarda turadi. Lamiaceae oilasining O`zbekiston “Qizil Kitobi”ga kiritilgan 30 tur o`simligidan Farg`ona vodiysi florasida faqat 1 turi ya‘ni, Salvia margaritae Botsch. uchraydi xolos. Yalpizdoshlar oilasiga mansub 238 turdan 144 ta ko`p yillik o`t, 73 ta chala buta, 20 ta bir yillik, faqat 1 ta ikki yillik hayotiy shaklga ekanligi, oilada fanerofitlar uchramasligi aniqlandi.
Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasi turlarining hayotiy shakllari (Raunkiyer bo`yicha). O‘simliklar hayotiy shakllari. Raunkiyer sistemasi ancha sodda va oson bo‘lib, u 5 ta tipdan iborat. O‘simliklar hayotiy shakllarini Raunkiyer sistemasi bo‘yicha quyidagicha joylashtirish mumkin: fanerofitlar (ya’ni daraxtlar) yo`q, xamefitlar bo‘yicha barcha yarimbuta, chalabuta va butalar bitta katta guruhga (chalabuta) bo‘linadi, ya`ni ular 73 turdan (30,6%) iborat. Eng ko‘p turlar ko‘p yillik o‘tchil o‘simliklar tipiga to`g`ri keldi (gemikriptofitlar 145 turdan iborat (61%). Kriptofitlar uchramaydi, terofitlarga 20 tur (8,4 %) o`simliklar mansubligi aniqlandi.Lamiaceae oilasi turlarining xalq xo`jaligida foydalanilishi va ishlatilishi bo`yicha tahlil qilinganda quyidagilar ma`lum bo`ldi, 238 turdan eng ko`p 143 tur asal-shirali 60%, 69 ta dorivor 29%, 100 ta efir moyli 42%, 27 ta dekorativ, ya`ni manzarali 11,3%, 19 ta oziq-ovqat 8% ni tashkil qildi.
X U L O S A
Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha ilmiy tibbiyotda va halq tabobatida 120 mingdan ortiq o‘simliklar turlari ishlatiladi. Jumladan O‘zbekiston florasida 1000 dan ortiq turlarning dori–darmonlik xususiyatlariga ega ekanliklari to‘g‘risida ma’lumotlar bor.
Yalpizdoshlar (Lamiaceae ) oilasi shifobaxsh va dorivor o`simliklarini o`rganish boyicha tadqiqot ishi birinchi marotaba qilindi.
1. Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasi shifobaxsh va dorivor o`simliklarining 26 turkum va 69 turdan iborat ekanligi aniqlandi.







Download 28.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling