Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasi shifobaxsh va dorivor o`simliklar tahlili
Download 35.61 Kb.
|
Yalpizdoshlar2234.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turkiston ayugasi ( Ajuga turkestanica (Regel) Briq)
Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasi shifobaxsh va dorivor o`simliklar tahlili. Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasi dorivor o`simliklari konspekti dala tadqiqotlari, adabiyot ma’lumotlari va gerbariy namunalarini o‘rganish asosida tuzildi. To‘plangan ma’lumotlarni umumlashtirish O`zbekiston florasida 39 turkumga mansub bo‘lgan 238 turdagi Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasining turlari mavjudligini ko‘rsatdi. Konspektda har bir tur uchun birlamchi ma’lumot manbaiga ko‘rsatma, “Flora Uzbekistana”, “Flora Kirgizii”, “Flora Tadjikistana”, “Opredelitel rasteniy Sredney Azii” asosiy manbalar sifatida keltirilgan. Bundan tashqari, keltirilgan turlarning taksonomik statusini aniqlashtirishda Farg‘ona vodiysidagi Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasi turlarini qamrab olgan ilmiy manbalardan hamda xalqaro elektron resurslardan (www.theplantlist.org, www.ipni.org) foydalanildi. Farg‘ona vodiysining Qirg‘iziston Respublikasi hududida tarqalgan Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasining istiqbolli dorivor o`simliklari tur tarkibini aniqlashtirish va tarqalishini keltirishda G.A.Lazkov va B.A.Sultanovalarning asaridan foydalanildi. Konspektda oilalar gulli o‘simliklarni zamonaviy taksonomik tizimi APG IV (2016) asosida joylashtirilgan. Oila ichida turkumlar va turlar esa alfavit tartibida joylashtirilgan. Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasining 26 turkumga mansub 69 turi dorivor shifobaxsh xususiyatga ega bolib, turkumlar orasida Lagochilus Bunge ex Benth. 11 ta, Ziziphora L. 8 ta, Salvia L. 7 ta, Dracocephalum L. 7 ta turga ega bo`lib yetakchilik qiladi. Perovskia Kar., Stachys L. 4 tadan, Mentha L., Nepeta L. 3 tadan, Lycopus L., Lamium L., Scutellaria L. 2 tadan, qolgan 14 turkumning faqat 1 tadan dorivor vakillari borligi ma`lum bo`ldi. Turkiston ayugasi (Ajuga turkestanica (Regel) Briq) Ko‘p yillik, poyasining balandligi 25 sm. Bargi teskari uzunroq lansetsimon, yirik tishchali, osti tuksiz, ust tomoni siyrak tuklangan. Gullari halqasimon to‘pgullar hosil qiladi. Kosachasi qo`ng‘iroqsimon, ko‘k rangda 7 mm uzunlikda. Tojbarglari havorang 15 sm uzunlikda tashqi tomoni tuklangan. May oyida gullab urug‘laydi. Toshkent viloyati dalalarida tarqalgan. Xalq tabobatida yer ustki qismining damlamasi, qaynatmasi bezgak, rak kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi. Download 35.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling