«yalpiznamolar qabilasi»


Sigirquyruqsimon qo‘ziquloq


Download 1.09 Mb.
bet11/14
Sana27.01.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1130775
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
«yalpiznamolar qabilasi»

Sigirquyruqsimon qo‘ziquloq-Phlomis thapsoides Bunge. Ko‘p yillik, ko‘p sonli poyali, tik o‘suvchi, shoxlangan, yulduzsimon momiq tuklar bilan qoplangan, balandligi 30-50 sm. Barglari keng tuxumsimon, ostki barglari bandli yuqoridagilari qisqa bandli, yuza va ostki qismlari ham yulduzsimon tuklar bilan qoplangan. Gullari yuqoridagi gul barglarini qo‘ltig‘ida 2-6 tadan joylashgan. Kosachasi 12-14 mm uzunlikda, qalin yulduzli tuklar bilan qoplangan, qobirg‘ali, 0,5-2 mm uzunlikdagi kalta tikansimon tishchali, tojibarglari pushti-ko‘k rangda. Iyun-iyul oylarida gullab, iyul-avgust oylarida urug‘lari yetiladi.
43
Tog‘ oldi yaylovlarida asosiy landshaft o‘simligi sifatida o‘sadi. Samarqand,

Surxandaryo, viloyatlarining g‘arbiy qismlarida tarqalgan.


Gullari oz miqdorda choy bilan aralashtirilib shamollashda qabul qilinadi.




Turkiston arislonquyrug‘i-Leonurus turkestanicus V.Krecz.et, Kuprian.

Ko‘p yillik, poyasi ko‘p sonli tik o‘suvchi, yuqori qismidan shoxlanuvchan, mayda tuklangan, 40-50 sm balandlikda. Barglarining ko‘rinishi doirasimon besh panjali bo‘laklarga bo‘lingan. Gullari o‘troq, kam sonli halqasimon joylashgan. Kosachasi 8-9 mm uzunlikda, kalta tuklangan, uzun uchlari tikanga aylangan. Tojbarglari pushti-qizg‘ish, tashqi tomoni tuklangan 12-13 mm uzunlikda. Yong‘oqchali mevasi ochiq qo‘ng‘ir, o‘tkir uch qirrali. Iyun-iyul oylarida gullab, iyul-avgust oylarida urug‘lari yetiladi.


Tog‘larning o‘rta mintaqalarida nam, shag‘alli tuproqli joylarda o‘sadi.


Toshkent, Smarqand, Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlarida tarqalgan.


Yer ustki qismi tarkibida flavonoidlar (rutin, kversetin va kvinkvelozid), alkaloidlar, efir moyi vitamin C, karotin, oshlovchi va moddalar bor. Dori preparatlari damlamasi, surmasi (nastoykasi) va Suyuq ekstrakti tinchlantiruvchi vosita sifatida qon bosimi oshishi, asabiylanish va ba’zi yurak kasalliklari, yurak nevrozida hamda kardiosklerozni davolash uchun qo‘llaniladi.





Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling