«yalpiznamolar qabilasi»
Mavzuning o`rganilganlik darajasi
Download 1.09 Mb.
|
«yalpiznamolar qabilasi»
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi.
- Kurs ishining vazifalari
- Kurs ishining ob`ekti
Mavzuning o`rganilganlik darajasi. O`zbekistonda olib borilgan botanik izlanishlar ichida aynan Yalpiznamolar qabilasiga bag`ishlangan ilmiy tadqiqotlar, manbalar va ilmiy adabiyotlarning, shuningdek, oilaning turlari ro`yhatini tuzilmaganligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Kurs ishining maqsadi. O`zbekistonda tarqalgan Yalpiznamolar qabilasiga mansub o`simliklarining zamonaviy holati, o`simlik jamoalarining xilma-xilligi, tur tarkibi, turlar morfologiyasi, tarqalish mintaqalari, hayotiy shakllari, xalq xo`jaligi va xalq tabobati hamda ilmiy meditsinada qo`llanilish usullarini o`rganish. Kurs ishining vazifalari: Yalpiznamolar qabilasiga umumiy tavsif; ─Yalpiznamolar qabilasining zamonaviy holatini o`rganish; ─Yalpiznamolar qabilasining turlar tarkibini aniqlash, kamyob va endem turlarning kamyoblik maqomini o`rganish ayrim vakillarining morfologiyasini, bioekologik xususiyatlarini o’rganish; taksonomik tahlil; hayotiy shakllari va tarqalish mintaqalarini yoritib berish; xalq xo`jaligi va tabobatda ahamiyatini o`rganish; Kurs ishining ob`ekti: O`zbekistonda tarqalgan Yalpiznamolar qabilasi vakillari; Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Yalpiznamolar qabilasi ayrim vakillarining morfologiyasi, bioekologik xususiyatlari va ahamiyati ilmiy adabiyot manbalari asosida o`rganildi: O`zbekiston florasidagi Lamiaceae oilasi dorivor o`simliklarining 69 tur, 26 turkumdan iborat bo‘lgan zamonaviy konspekti tuzildi; dala tadqiqotlari va gerbariy namunalarini o‘rganish orqali Lamiaceae oilasining istiqbolli dorivor o`simliklari taksonomik tarkibi va alohida turlarning tarqalishi haqidagi ma’lumotlar aniqlandi va to‘ldirildi; 4
O`zbekiston florasidagi Lamiaceae oilasining istiqbolli dorivor o`simliklari hayotiy shaklining turli guruhchalari o‘rtasidagi nisbatlari o‘rganildi; Lamiaceae oilasining istiqbolli dorivor o`simliklarining endemizm ko‘rsatkichi aniqlandi, ular Lamiaceae oilasining 29% dan ko‘prog‘ini tashkil qilishi aniqlandi; Natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, olingan natijalar Lamiaceae oilasining istiqbolli dorivor o‘simliklar dunyosidan oqilona foydalanish va uni saqlash tizimini ishlab chiqish uchun asos sifatida xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda, u kamyob va yo‘qolib borayotgan dorivor o‘simlik turlarining davlat kadastrini tuzish uchun, yovvoyi dorivor o`simliklarni madaniylashtirishga doir o‘tkaziladigan izlanishlar uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling