Yan amos komenskiyning pedagogik g‘oyalari akmaljon Ikrom o’g’li Axmedov
Download 51.21 Kb. Pdf ko'rish
|
yan-amos-komenskiyning-pedagogik-g-oyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- YAN AMOS KOMENSKIYNING PEDAGOGIK G‘OYALARI Akmaljon Ikrom o’g’li Axmedov
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 562 YAN AMOS KOMENSKIYNING PEDAGOGIK G‘OYALARI Akmaljon Ikrom o’g’li Axmedov Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada pedagogika rivoji uchun hissa qo‘shgan olimlarning buyuk g‘oyalari yoritilgan. Tayanch so‘zlar: “Buyuk didaktika”, ”Onalar maktabi“, inson tabiatni bir qismi,” eng oddiy elementlar”, “bilim olaman desang, takror qil” ko‘rgazmalilik, Yan Amon Komenskiy. Buyuk slavyan pedagogi Yan Amon Komenskiy 1592-yilda Chex diniy jamoasida tegirmonchi oilasida tug‘ildi, jamoadagi maktabda o‘qidi. Komenskiy ota-onasidan erta judo bo‘ladi, jamoa a’zolari yordamida universitetga kirib, o‘qishni tamomlagandan keyin, Fulkenns shahridagi qardoshlik maktabida o‘qituvchi bo‘lib xizmat qildi. So‘ngra mahalliy jamoada rahbarlik vazifasida ishlaydi, ilmiy ishlar bilan shug‘ullanib, chex tilining xususiyatlarini, xalq og‘zaki ijodini o‘rganadi, qardoshlik maktablaridagi o‘qitish mazmuni va usullarini takomillashtirish ustida ish olib boradi. 1628-yilda chex xalqi bilan birga Po’lshaning Leshno shahriga ko‘chib keladi, bu shaharda ham qardoshlik maktabini ochib, o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi, o‘ziga olamshumul shuhrat keltirgan “Buyuk didaktika “ va “Onalar maktabi “ asarlarini nashr qildiradi. Shvetsiya va Vengriyada bo‘lganda ham maktablarni isloh qilish bilan shug‘ullanadi, “Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari “ darsligini, “Insoniy ishlarni tuzatish haqida umumiy maslahatlar “ asarlarini yozadi. Komenskiy bola tarbiyasi, insonning tabiat bilan uyg‘unligi haqida. Komenskiy o‘rta asrdan farqli o‘laroq tug‘ilganidan boshlab bola egallagan qobiliyatini xudoning tuhfasi hisobladi va ayni paytda, bu qobiliyat faqat tarbiya jarayonida rivojlanishini o‘qtirdi. Komenskiy insonning rivojlanishida tarbiyaning o‘rni benihoya ekanligiga ishonadi va tarbiya tufayligina har qanday bolani yuksak axloqli ma’lumotli qilib yetishtirish mumkin degan fikrni bildirdi, bolani yoshlik chog‘idan jismonan sog‘lom, ma’naviyatli qilib tarbiyalashni talab qildi. Komenskiy o‘z pedagogik qarashlarida insonni tabiatni bir qismi deb hisobladi va tabiatdagi barcha mavjudodni yagona bir qonunga bo‘ysunadi, degan g‘oyani olg‘a suradi. Uning fikricha, ta’limni, bolalarni narsa va mavjudodlar bilan tanishtirishdan, ularni idrok qildirishdan boshlash, undan keyin ularga xos xususiyatlarni o‘rganishga o‘tish zarur. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Download 51.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling