Yangi armiyamiz – Yangi O`zbekistonning mustahkam qalqonidir


Download 64.7 Kb.
bet1/2
Sana25.02.2023
Hajmi64.7 Kb.
#1228081
  1   2
Bog'liq
Yangi armiyamiz – Yangi O`zbekistonning mustahkam qalqonidir.


Yangi armiyamiz – Yangi O`zbekistonning mustahkam qalqonidir.
Xalqimiz tinchlikni yuksak qadrlaydi va o‘z orzu-intilishlari, ezgu niyatlari ro‘yobga chiqishining muhim kafolati deb biladi. Istiqlol yillarida erishgan eng katta boyligimiz – xalqimizning tinch va osuda hayoti. Ommaviy axborot vositalari orqali dunyoning ayrim mamlakatlarida yuz berayotgan turli mojaro, notinchlik, tartibsizliklarni kuzatar ekanmiz, ona zaminimizdagi tinch hayot, musaffo osmon bilan faxrlanamiz.

Bugungi kunda ba’zi mamlakatlar xalqlarining halovati buzilgan. Sayyoramizning turli mintaqalarida ro‘y berayotgan bunday mudhish voqealarga uyg‘oq ko‘z, teran tafakkur bilan qarash va baho berish lozim.

Dunyoning bugungi manzarasiga boqib, zolimlarning zulmi tobora haddan oshayotgani, mazlumlarning oh-dodi, faryodi esa tobora ko‘kka o‘rlayotganini kuzatish mumkin. Adolatsiz, ma’nisiz urushlar ro‘y beryapti. Ayrim siyosiy markazlar Yer yuzida zulm va buzg‘unchilik urug‘ini sochayotir.

Mana shunday paytda tinch, xavfsiz, barqaror mamlakatda yashayotganingga shukr qilasan kishi. Ammo tinchlikni ta’minlashning o‘zi bo‘lmaydi. Uning ortida bu ishga mas’ullarning uyqusiz, bedor tunlari, mashaqqatli mehnatlari yotadi.

Shu nuqtayi nazardan, Prezidentimizning o‘tgan yilning 20-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida milliy xavfsizlikni ta’minlash, Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini oshirish borasidagi ishlarning yangi bosqichga olib chiqilishi, bu borada deputat va senatorlar, mahalla, nuroniy, xotin-qizlar va yoshlar faollariga, butun xalqimizga qarata eng bebaho oliy ne’mat – tinchligimiz va osoyishtaligimizning qadriga yetish, oilalarimiz, farzandlarimiz, kelgusi avlodlarning baxtu kamoli uchun bu ulug‘ boylikni asrab-avaylashni ta’kid lab o‘tgani bejiz emas, deb o‘ylayman.

Shunday ekan, yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ona yurtga mehri va sadoqatini oshirishga yanada ko‘proq ahamiyat berish oldimizdagi kechiktirib bo‘lmas, muhim vazifalardan. Bugungi globallashuv va keskin raqobat davri, dunyoning turli burchaklarida, jumladan, mintaqamizda yuz berayotgan qurolli mojaro va qarama-qarshiliklar, yangi tahdid va xatarlar bizdan doim ogoh va hushyor bo‘lishni taqozo etadi. Ana shunday g‘oyat mas’uliyatli vaziyatda mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni, fuqarolarning konstitusiyaviy huquq va erkinliklarini kafolatlash va himoya qilishda Qurolli Kuchlarimiz, xavfsizlik va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning o‘rni hamda ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Bu haqiqatni hisobga olgan holda mamlakatimiz mudofaa salohiyatini yanada mustahkamlash va Qurolli Kuchlarimiz qudratini oshirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda Qurolli Kuchlarimiz qo‘mondonlik tarkibi joylardagi hokimiyat idoralari va xalqimiz bilan birgalikda bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilayotgani e’tiborga molik.

Bu borada, eng avvalo, harbiy xizmatchilar, ayniqsa, komandirlar tarkibining professional tayyorgarligini oshirish milliy armiyani yanada rivojlantirishning eng muhim sharti. Shundan kelib chiqqan holda Qurolli Kuchlar Bosh shtabi hamda harbiy okruglar boshqaruv apparatlari ofiserlarini, brigada komandirlari va ularning o‘rinbosarlarini o‘qitish bo‘yicha Qurolli Kuchlar akademiyasida yangi tizim yo‘lga qo‘yildi. Unga ko‘ra, soha uchun kadrlar tayyorlashda nazariya va amaliyotni imkon qadar yaqinlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ikkinchidan, milliy armiyamizni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks dasturlarni tayyorlashda bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida kuzatilayotgan harbiy mojarolar xususiyatlarini, qo‘shinlarni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hisobga olinayotgani maqsadga muvofiq. Bu borada eng zarur qurol-aslaha va anjomlarni sotib olish, ularni yangi jangovar tizimlar bilan birgalikda qo‘llash va takomillashtirib borish davlatimizning doimiy e’tiborida. Zero, yon-atrofdagi notinchliklar xavfsizligimiz xususida bosh qotirishga undaydi.

Uchinchidan, harbiy xizmatchilarning jangovar ruhi, intellektual salohiyatini yuksaltirish, aholi, birinchi navbatda, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, Qurolli Kuchlarimiz faxriylarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan muhofaza qilishni kuchaytirish borasidagi ishlarimiz izchil davom ettirilyapti. Hozirgi vaqtda butun jamiyatimizda, jumladan, Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlarda “Inson qadri uchun” degan muhim tamoyil birinchi o‘ringa qo‘yilayotgani hammamizga yaxshi ma’lum. Shubhasiz, hayotimizning barcha jabhalarini qamrab olayotgan bunday jadal o‘zgarishlar yurtimizda harbiy xizmatning obro‘-e’tibori, armiya va xalq birligi yangicha mazmunga ega bo‘lib, yoshlar qalbida armiya bilan faxrlanish tuyg‘usi, Vatan himoyachisidek olijanob kasbga hurmat-ehtirom hissini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Harbiy qism va poligonlardagi infratuzilma, askar va ofiserlarning sharoitlari yaxshilandi. Xususan, so‘nggi olti yilda 10 mingga yaqin harbiy xizmatchi imtiyozli kreditlar asosida uy-joy bilan ta’minlandi. Ular xizmat muddatini o‘tab bo‘lganidan keyin ish va tibbiy xizmatlar bilan ta’minlanishi ham e’tibordan chetda qolmayapti.

Istiqlol davrida O‘zbekiston armiyasi juda murakkab va sharafli yo‘lni bosib o‘tdi. Yosh davlatning o‘ta og‘ir shakllanish yillarida aynan Qurolli Kuchlar mamlakatimiz mustaqilligi, xalqning tinch hayoti va farovonligini ta’minlash, demokratik islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning ishonchli kafolati bo‘lib xizmat qildi.

Keyingi yillarda amalga oshirilgan tub islohotlar tufayli tarixan qisqa davrda O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti va hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan, tezkor va ixcham milliy armiya tashkil etildi. Jaloliddin Manguberdi, sohibqiron Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk sarkarda bobolarimizning jangovar an’analari munosib davom ettirilmoqda.

“Xalq va armiya – bir tan-u bir jon” degan ezgu tamoyil asosida ulkan ishlar amalga oshirilayotganiga barchamiz guvoh bo‘lib turibmiz. Bugungi kunda yurtdoshlarimiz armiyaning har tomonlama yordami va ko‘magini hayotning barcha sohalarida amalda his etmoqdalar. Ayniqsa, murakkab sinov davri bo‘lgan pandemiya paytida va favqulodda holatlar oqibatlarini bartaraf etishda, biz uchun bebaho boylik – tinchlik va osoyishtalikni asrash va himoya qilishda bu yakdillik yanada yaqqol namoyon bo‘ldi. Eng muhimi, mustaqilligimizning o‘tgan 31 yilida Qurolli Kuchlarimiz yetuk armiyaga aylandi. Bu Vatanimizdagi tinchlik, barqarorlikka, xalqimizning osoyishta yashashiga zamin bo‘lyapti.

Mudofaa tizimining jangovar salohiyatini oshirish bo‘yicha juda katta ishlar qilingani, harbiy boshqaruv tizimi deyarli yangidan barpo etilgani, harbiy-ma’muriy sektorlar tuzilgani, qo‘shin turlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlar yo‘lga qo‘yilgani, eng murakkab vazifalarni ham tezkorlik bilan bajarishga qodir bo‘lgan bo‘linmalar tashkil etilgani, qo‘shinlarning jangovar va ruhiy tayyorgarlik darajasi oshgani tizimdagi islohotlar mevasi, desak, adashmagan bo‘lamiz. Qurolli Kuchlar akademiyasi, yangi tashkil etilgan Harbiy-tibbiyot akademiyasi, “Temurbeklar maktabi| harbiy akademik litseylari va boshqa ixtisoslashtirilgan o‘quv yurtlari professional kadrlar tayyorlash maskanlariga aylanib ulgurdi. Natijada, yoshlar o‘rtasida harbiy xizmatga qiziqish va intilish har qachongidan kuchaydi.

Tinchlik va osoyishtalik, barqaror taraqqiyotni ta’minlash vazifasini bajarayotgan milliy armiyamiz kuch-qudrati va salohiyati ortib, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli yanada rivojlanib bormoqda. Bu jarayonda tinimsiz mashg‘ulotlarda yuksak kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘layotgan harbiy xizmatchilarimiz esa O‘zbekiston armiyasi xalqaro maydonlarda nelarga qodir ekanligini amalda namoyon etmoqda. Bunga yaqqol misol sifatida harbiy xizmatchilarimiz ishtirokidagi Xalqaro armiya o‘yinlarini keltirishimiz mumkin.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi VIII Xalqaro armiya o‘yinlarining 21 ta yo‘nalishida ishtirok etdi. 34 ta yo‘nalishni qamrab olgan musobaqalarda 37 ta davlatdan 257 ta jamoa o‘zaro bellashdi. Xususan, mamlakatimiz hududida musobaqalarning 5 ta yo‘nalishi bo‘lib o‘tdi.

Shiddatli va murosasiz kechgan “ArMI – 2022” Xalqaro armiya o‘yinlarida vakillarimiz munosib ishtirok etib, umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Mazkur musobaqada vakillarimiz O‘zbekiston armiya sining kuch-qudrati, harbiy xizmatchilarimizning jangovar shayligini, bir so‘z bilan aytganda, o‘z kasbining haqiqiy ustalari ekanini namoyon eta oldi. Xususan, g‘alabali yurishlar, rekord natijalar va g‘oliblik shohsupalari buning yorqin misolidir. 12 ta davlat hududida o‘tkazilgan armiya o‘yinlarida mamlakatimiz bayrog‘i eng yuqoriga ko‘tarilib, madhiyamiz takror va takror yangradi.

Mamlakatimizda har yili Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanadi. 1992-yilning 14-yanvarida Respublika Oliy Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, yurtimiz hududidagi harbiy qism va muassasalar respublika tasarrufiga olingan. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 29-dekabrdagi qonuni bilan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni etib belgilandi.

Prezidentimizning 2022-yil 14-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi doirasida shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab “Milliy armiyamiz Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar o‘tkazila boshlandi. Mazkur farmoyishdan ko‘zlangan asosiy maqsad Qurolli Kuchlar tashkil etilgan sana hamda Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olish va uni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, fuqarolarimizda milliy armiyamiz bilan faxrlanish tuyg‘usini kamol toptirish, shuningdek, Qurolli Kuchlarimiz nufuzini yanada oshirishni ta’minlashdan iboratdir.

Farmoyish bilan Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish hamda yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasining tarkibi, shuningdek, tashkiliy-amaliy, axborot-tashviqot, harbiy-vatanparvarlik va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘z ichiga qamrab olgan chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi. Dasturda ta’lim-tarbiya muassasalarida, jamoat joylarida, mahallalarda, muassasa va tashkilotlarda o‘tkaziladigan tadbirlar alohida belgilangan. Xususan, o‘quvchi-yoshlarni harbiy kasblarga yo‘naltirish, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Mard askar – yoshlarga namuna!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbirlarini, harbiy qism va muassasalarda ochiq eshiklar kunini, umumta’lim maktablarida “Vatanparvarlik darslari”ni o‘tkazish, Toshkent shahri va viloyatlardagi muzeylarga ekskursiyalarni tashkil qilish, shuningdek, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Posboniman muqaddas yurtning” mavzusida insho va she’riy asarlar tanlovi hamda “Mening armiyam – mening faxrim!” mavzusida “Eng yaxshi tasviriy san’at asari” tanlovlarini o‘tkazishga kirishildi.

Joylarda harbiy xizmatchilar va yoshlar o‘rtasida Harbiy-ma’muriy sektor rahbarining sovrini uchun “Amir Temur o‘g‘lonlari”, “Jaloliddin Manguberdi vorislari” va “To‘maris izdoshlari” ko‘rik-tanlovlarini, “Askar onalarini sharaflaymiz” va “Mening akam – Vatan himoyachisi” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilayotgani navqiron avlod ongi va qalbida vatanparvarlik, yurtga daxldorlik hissini kuchaytirmoqda.

Qo‘shinlarda harbiy xizmatchilar va ularning oilalari ijtimoiy himoyasiga doir keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Hukumat qarori bilan Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan ishlash tizimining samaradorligi oshirildi, xotin-qizlar va harbiy xizmatchilar oila a’zolari bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassislarga har oylik lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda ustama to‘lanishi yo‘lga qo‘yildi.

Mudofaa vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘rtasida qabul qilingan qo‘shma qarorga asosan, 2022-yilda 800 nafar harbiy xizmatchining turmush o‘rtoqlari kasb-hunarga o‘qitish monomarkazlarida o‘qitilib, kasbga yo‘naltirildi. Bugungi kunda harbiy xizmatchilar rafiqalarining 400 nafari tadbirkorlikka jalb etildi. Harbiy shaharchalarda 125 ta tikuvchilik sexi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi kuch tuzilmalarida faoliyat yuritayotgan harbiy xizmatchi ayollar o‘rtasida “Vatan mehri yuragimda” shiori ostida tashkil etilgan “To‘maris izdoshlari” tanlovi ham ayollarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor ifodasidir. Mazkur tanlovda Mudofaa vazirligi jamoasi tengsiz, deya topildi.

Eng quvonarlisi, yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan, “To‘maris” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Ushbu mukofot bilan kuch tuzilmalarida xizmat qilayotgan har tomonlama munosib, vatanparvar harbiy ayollar va ishchi-xodimlar taqdirlanadi.

Bugun barchamiz mamlakatimiz mustaqilligini himoya qilish va xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning ko‘rsatgan qahramonliklarini keng targ‘ib qilish maqsadida ular istiqomat qilgan mahallalarda “Qahramonlar nomi barhayot!” mavzusida davra suhbatlarini tashkil etish, harbiy xizmatchilar, aholi va yoshlar o‘rtasida sportning ommaviy turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish, harbiy-vatanparvarlik festivallarini tashkil etish hamda “Ma’naviyat karvonlari” tashrifini amalga oshirish ishlariga kamarbasta bo‘lishimiz darkor.

Bunday tadbirlarning Qurolli Kuchlarimiz salohiyatini yanada kuchaytirishdagi ahamiyati katta, albatta. Qolaversa, bu kabi keng ko‘lamli chora-tadbirlar yoshlarni harbiy- vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda hal qiluvchi omillardan biri bo‘lmoqda. Bu jihatlar esa xalqimiz oso yishtaligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakat suverenitetini ta’minlashga, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishishga xizmat qiladi.
«Eng bebaho oliy ne’mat – tinchligimiz va osoyishtaligimizning qadriga yetishimiz, oilalarimiz, farzandlarimiz, kelgusi avlodlarimizning baxtu kamoli uchun bu ulug‘ boylikni asrab-avaylashimiz lozim. Shu maqsadda yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ona yurtga mehri va sadoqatini oshirishga yanada ko‘proq ahamiyat berishimiz kerak».
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning yaqinda Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida ushbu chaqiriq baralla yangradi. Davlatimiz rahbari ayni ezgu maqsadlar ijobati yo‘lida Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini oshirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Shu ma’noda, yoshlarimizning ona yurtga mehri va sadoqatini oshirishga yanada ko‘proq ahamiyat berish oldimizdagi kechiktirib bo‘lmaydigan muhim vazifalardandir. Zero, bugungi globallashuv va keskin raqobat davri, dunyoning turli burchaklarida, jumladan, mintaqamizda yuz berayotgan qurolli mojaro va qarama-qarshiliklar, yangi tahdid va xatarlar bizdan doim ogoh va hushyor bo‘lishni taqozo etmoqda.

Mamlakatimizning barcha hududlarida 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni, shuningdek, Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 31 yilligi milliy bayram sifatida keng nishonlanayotgani bejiz emas. Binobarin, ayni vaqtda tinch va osoyishta, farovon hayotimiz Qurolli Kuchlarimiz tomonidan ishonchli tarzda himoya qilinmoqdaki, mana shunday mas’uliyatli burchni sidqidildan ado etayotgan, taraqqiyotimiz barqarorligiga kamarbasta bo‘layotgan o‘g‘lonlarimizni har qancha e’zozlasak, ardoqlasak arziydi.

Qurolli Kuchlar tashkil etilgan sana va Vatan himoyachilari kuni bilan bog‘liq bayram tadbirlari – harbiylarimizni sharaflash, milliy armiyamizning ma’naviy qudrati haqida so‘z yuritishning ayni fursatidir. Inchinun, biz oriyat va g‘ururni hamma narsadan ustun qo‘yadigan, lafzi halollikni shon-shavkat deb biladigan, bir so‘zli xalqmiz.

Shu nuqtai nazardan, soha ekspertlari e’tirof etganlaridek:

mamlakatimiz mudofaa salohiyatini yanada mustahkamlash va Qurolli Kuchlarimiz qudratini oshirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangani juda muhim. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda Kurolli Kuchlarimiz qo‘mondonlik tarkibi joylardagi hokimiyat idoralari va xalqimiz bilan birgalikda bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilayotir;


bunda, eng avvalo, harbiy xizmatchilar, ayniqsa, komandirlar tarkibining professional tayyorgarligini oshirish milliy armiyani yanada rivojlantirishning eng muhim sharti hisoblanadi. Shu jihatdan, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi hamda harbiy okruglar boshqaruv apparatlari ofitserlarini, brigada komandirlari va ularning o‘rinbosarlarini o‘qitish bo‘yicha Qurolli Kuchlar Akademiyasida yangi tizim yo‘lga qo‘yilib, soha uchun kadrlar tayyorlashda nazariya va amaliyotni imkon qadar yaqinlashtirish choralari ko‘rilmoqda;
milliy armiyamizni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks dasturlarni tayyorlashda bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida kuzatilayotgan harbiy mojarolar xususiyatlari, qo‘shinlarni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hisobga olinmoqda. Bu borada eng zarur qurol-aslaha va anjomlarni sotib olish, ularni yangi jangovar tizimlar bilan birgalikda qo‘llash va takomillashtirib borish masalasi davlatimizning doimiy e’tiborida turibdi;
harbiy xizmatchilarning jangovar ruhi, intellektual salohiyatini yuksaltirish, aholi, birinchi navbatda, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, Kurolli Kuchlarimiz faxriylarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan muhofaza qilishni kuchaytirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilyapti. Bu mas’uliyatli jarayonlarda butun jamiyatimiz, jumladan, Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlarda “Inson qadri uchun” degan muhim tamoyil birinchi o‘ringa qo‘yilayotgani e’tirofga sazovor;
hayotimizning barcha jabhalarini qamrab olayotgan shiddatli va jadal o‘zgarishlar asnosida yurtimizda harbiy xizmatning obro‘-e’tibori, armiya va xalq birligi yangicha mazmun-mohiyat bilan boyitilmoqda. Natijada yoshlarimiz ong-shuuri va qalbida armiya bilan faxrlanish tuyg‘usi, Vatan himoyachisidek olijanob kasbga hurmat-ehtirom hissi yanada kuchaymoqda;
so‘nggi yilarda harbiy qism va poligonlardagi infratuzilma, askar va ofitserlarning sharoitlari yaxshilandi. Xususan, o‘tgan olti yilda 10 mingga yaqin harbiy xizmatchi imtiyozli kreditlar asosida uy-joy bilan ta’minlandi. Ular xizmat muddatini o‘tab bo‘lganidan keyin ish va tibbiy xizmatlar bilan ta’minlanishi ham e’tibordan chetda qolmayapti.



Vatan sog`inchila yashagan siymo ” mavzusida

Download 64.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling