Yangi asr universiteti
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Шанасирова З.Куланова С.
Muzaffar Sattiyev
~ 397 ~ qo’yishda foydalanish, og’ir hayotiy vaziyatlarda oqilona yo’l tanlash ko’nikmalarining shakllanishi bilan belgilanadi. Ba`zi bir rus olimlari masalan, T.F.Akbashev, B.A.Klassov insonning ma`naviy salomatligini uch omil birligida ya`ni ijtimoiy, intelektual va reproduktiv sog’liq bilan to’ldiradilar. Ularning fikricha, intellektual sog’liq fikrlash, axborotlarni qabul qilish va uni yetkazishda o’z aksini topsa, ijtimoiy sog’liq, insonni ijtimoiy faolligida jamiyatda o’z o’rnini topishi, kasbiy kamolotida o’z ifodasini topadi. Reproduktiv sog’liq esa ota-onalar bilan bo’lgan aloqada, oilaviy munosabatlar, jinsiy madaniyat, farzand ko’rish va uni tarbiyalash bilan bog’liq bo’lgan holatlarda namoyon bo’ladi. Salomatlik, sog’lom turmush tarzi muammosi bo’yicha shug’ullanuvchi tadqiqotchilardan R.Ayzman ham shaxs salomatligiga ta`sir etuvchi jarayonlarni o’rganar ekan, uning quyidagi darajalarini ajratib ko’rsatadi: – jismoniy, ya`ni genetik, biokimyoviy, metabolik, morfologik, funktsional; – ruhiy, ya`ni hissiy, aqliy, shaxsiy; – ijtimoiy-ma`naviy yoki ahloqiy. – Madaniyatlilik, refleksivlik, individuallik, komuntkabillik kabilar Inson jismoniy salomatligining asosini shaxs individual taraqqiyotining biologidasturi tashkil qiladi, deydi olim. Ruhiy salomatligini esa inson qalban umumiy qulaylikka ega bo’lishi, xulq- atvorining mutanosib tarzda boshqarishi, shuningdek, ahloqiy salomatligi esa qadriyatlar tizimi, ijtimoiy muhitda individ xulq-atvorining barqarorlashuvi kabilarni qamrab oladi. Yuqorida keltirilgan tadqiqotlarda reproduktiv salomatlialohida yo’nalish sifatida o’rganilmagan bo’lsada, shaxs ma`naviy-ahloqiy salomatligining tarkibiy qismi sifatida tadqiq etilgan. Adabiyotlar: 1. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri G’ Tuzuvchi M.Mahmudov. – T.: Xalq merosi, 1993. – 224 b. 2.Musurmonova O. O’quvchilarning ma`naviy madaniyatini shakllantirish shakl va metodlari. –T.: Fan, 1995. – 108 b. 3.Yo’’ldoshev J., Hasanov S. “Avesto”da axloqiy-ta`limiy qarashlar G’Akademik I.O.Obidov tahriri ostida. – T.: O’qituvchi, 1992. – 29 b. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling