Yangi davlat talablari


XI bob. Bilish jarayoni va atrof muhit to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish


Download 37.91 Kb.
bet9/14
Sana21.06.2023
Hajmi37.91 Kb.
#1639791
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
davlat talablari

XI bob. Bilish jarayoni va atrof muhit to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish 
1-§. Elementar matematik ko‘nikmalar va bilimlarni rivojlantirish 
109. 6 — 12 oylik bolalarning sonlar va sanashga qiziqishni namoyish etishi, buyumlarni turkumlash va ularni tartib bo‘yicha joylashtirish ko‘nikmalarini orttirishi ularda elementar matematik ko‘nikmalar va bilimlar rivojlanishining talablari hisoblanadi.
110. Quyidagilar 6 — 12 oylik bolalarda elementar matematik ko‘nikmalar va bilimlar rivojlanishining indikatorlari hisoblanadi:
o‘yinchoqlar va buyumlar bilan turli ishlar bajarish (ushlab olish, chiqarish, qaytadan terish, bosish, ochish);
bo‘sh piyolani olib, ichiga suv yoki sharbat quyishlarini so‘rash;
katta yoshdagilar yordamida bir necha obyektlarni o‘lchamlari bo‘yicha guruhlarga ajratish.
111. 6 — 12 oylik bolalar bilan quyidagi mashqlarni bajarib turish lozim:
bolaning o‘yinchoqlar bilan mustaqil tajriba qila boshlashini ma’qullash;
bola tajriba qilishi uchun unga turli miqdordagi har xil materiallarni berish;
piyolani olib, uning ichi bo‘sh ekanligini, keyin esa, unga suv qo‘yib piyolaning ichi to‘la ekanligini bolaga tushuntirish;
bola bilan suvda o‘ynash va unga o‘lchamlari kichik sig‘imdagi idishga kamroq suv sig‘ishini ko‘rsatish;
turli o‘lchamdagi kubiklarni olib, ularni kattaligi bo‘yicha tartibga keltirish kerakligini ko‘rsatish.
112. 6 — 12 oylik bolalarning xavfsiz yashashi va harakatlanishini ta’minlash uchun ularga plastmassa, rezina, silliq yoki tukli matolardan yasalgan, uzunligi 15 — 20 sm dan katta bo‘lmagan yumshoq o‘yinchoqlarni berish maqsadga muvofiq. 
Bolaga mo‘ynadan yasalgan o‘yinchoq hayvonlarni berish tavsiya etilmaydi.

Download 37.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling