Yangi davlat talablari


-§. Atrof muhitni o‘rganish va anglash


Download 37.91 Kb.
bet10/14
Sana21.06.2023
Hajmi37.91 Kb.
#1639791
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
davlat talablari

2-§. Atrof muhitni o‘rganish va anglash
113. 6 — 12 oylik bolalarning atrofni kuzatishi, jonli va jonsiz olamga munosabat bildirishi, inson tana a’zolarini o‘rganishi ularda atrof muhitni o‘rganish va anglash talablari hisoblanadi.
114. Quyidagilar 6 — 12 oylik bolalarda atrof muhitni o‘rganish va anglash indikatorlari hisoblanadi:
o‘z o‘yinchoqlarini, buyumlarini tishlash, ta’mini ko‘rish, uzib tashlashga urinish, urish, ikkita buyumni bir-biriga urib ko‘rish va hosil bo‘layotgan ovozlarni tinglash orqali o‘rganish;
baliq akvariumda qanday harakatlanishini tomosha qilish;
o‘z atrofidagi g‘ayrioddiy obyektlarga diqqat bilan qarash;
hayvonlarni va ularning rasmlarini turli taqlidiy ovozlar bilan bog‘lash;
qumni yumshatish uchun unga suv quyish;
cho‘milayotganda suvni sachratish;
oltitagacha tana a’zolarini ko‘rsatish;
atrofdagilarning ayrim harakatlarini takrorlash.
115. 6 — 12 oylik bolalar bilan quyidagi mashqlarni bajarib turish lozim:
bolaga turli obyektlarni boshqarish imkoniyatini berish;
bolani bir-biriga uyg‘unlashadigan narsalarni tanlab olishini rag‘batlantirish; 
bolaning akvariumning oldiga kelishiga yordam berish, baliqlar qanday harakatlanayotganligi, ular turlichaligiga e’tiborini qaratish;
biror obyektdan eng maqbul yo‘l bilan foydalanish usulini ko‘rsatish va tushuntirish;
bolaga atrofdagi barcha yangi narsalarni ko‘rsatish va u qanday munosabat bildirishini kuzatib turish;
yangi obyektlardan foydalanib bolalar bilan o‘ynash;
turli hayvonlar qanday ovozlar chiqarishlarini ko‘rsatish; 
bolaning o‘z atrofidagi yoki rasmlardagi hayvonlarning ovoziga taqlid qilishini rag‘batlantirish;
bog‘da bola uchun o‘z burchagi bo‘lishini ta’minlash, unga qum bilan suvni aralashtirishga yordam berish;
bolaning ko‘proq cho‘milishi va suvda o‘ynab o‘tirishini rag‘batlantirish;
bolaga boshqa odamlar, rasmlardagi inson tana a’zolarini ko‘rsatib, ularning nomini o‘rgatish, shundan keyin o‘zining ushbu a’zolarini ko‘rsatishini rag‘batlantirish;
tana a’zolarini ko‘rsatayotganda bolani yo‘naltirish;
turli ovozlar va harakatlarni qaytarishga yordam berish.
116. 6 — 12 oylik bolalarning xavfsiz yashashi va harakatlanishini ta’minlash uchun quyidagilarga amal qilish lozim:
bola bilan mashg‘ulotlarni tashkil qilishda asta-sekinlik va izchillik tamoyiliga amal qilish;
mashg‘ulotlarni davomiyligi 10 — 12 daqiqa bo‘lishini ta’minlash.

Download 37.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling