Yangi davrda Sharq mamlakatlari davlati va huquqi tarixi Yangi davrda Rossiya davlati va huquqi
Download 2.17 Mb.
|
1 2
Bog'liq7 Mavzu Yangi davrda Sharq mamlakatlari davlati va huquqi tarixi
Yangi davrda Sharq mamlakatlari davlati va huquqi tarixi 1. Yangi davrda Rossiya davlati va huquqi. 2. Yangi davrda Yaponiya davlati va huquqi 3. Yangi davrda Xitoy davlati va huquqi Mamlakatda yangi ishlab chiqarish munosabatlari rivojlana borgani sari, iqtisodiy rivojlanishning umumiy qonuniyatlari taqozosi bilan krepostnoy dehqonlar mexnati pomeshchiklar uchun xam foydasiz bo’lib qoldi. Pomeshchilarning ba’zilari o’z dehqonlarini obrok to’lovchilar toifasiga to’liq o’tkazdilar. Bu natijada ularga ancha yuqori foyda keltira boshladi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga olib keldi. Rossiyada yangi munosabatlar G’arbiy Yevropa mamlakatlariga qaraganda kechroq - XIX asrning ikkinchi yarmidan qaror topa boshladi.Iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlari Rossiyani xam kapitalistik munosabatlar girdobiga tortdi. Rossiyada sanoatning rivojlanishiga dehqonlarning manufakturalari xam o’ziga xos hissa qo’shdi. Dehqonlarning manufakturalari turli taqiqlar va cheklovlarga qaramay juda yashovchan edi. Ular o’z faoliyatlari bilan feodal xo’jalik asoslarini buza boshladilar, chunki krepostnoy dehqonlar kustar ishlab chiqarish bilan shug’ullanib, beixtiyor qishloq xo’jaligidan uzilib qolgandilar. Dehqonlarning manufaktura sanoatida bo’lajak kapitalistik kadrlar vujudga kelgan. Birpomeshchiklarning asosiy, ko’pchilik qismi o’z imeniyalarida daromadlarini oshirish maqsadida dehqonlarni ekspluatatsiya qilishni kuchaytirish yo’lidan bordilar. Krepostnoy dehqonlarni ekspluatatsiya qilish ayniqsa ko’ra tuproqli rayonlarda ularni mesyachinaga o’tkazish yo’li bilan kuchaytirildi. Bunda dehqon xo’jayinidan ozgina oziq-ovqat olib, o’z xo’jaligidan ajralgan xolda uning yerida tinimsiz ishlardi. Bunday tartibda ishlab berish ochiqdan-ochiq samarasiz edi. Ushbu islohotlar orasida krepostnoy huquqni va dvoryanlarning yerga nisbatan monopoliyasini bekor qiluvchi 1861 yilgi dehqonlar islohoti alohida o’rin tutadi. Dehqonlar islohotini tayyorlashga ancha vaqt ketgan edi. 1857 yilda imperator farmoni bilan Maxfiy komitet tuziladi. U keyinchalik qishloq xo’jaligi tuzilishi bo’yicha Bosh komitet deb qayta nomlanadi. Ushbu komitet boshchiligida dehqonlar islohotlari loyihalari tayyorlanadi. Loyihalar dvoryanlarning guberna komitetlarida xam ko’rib chiqiladi. 1861 yil 19 fevralda Aleksandr II krepostnoy qaramlikdan ozod qilish xaqida Manifest chiqardi. Manifest bilan bir qatorda «Krepostnoy qaramlikdan chiqqan dehqonlar haqidagi umumiy nizom», «Pul to’lab qutulish haqidagi nizom», «Guberna va uyezd dehqonlari ishlari bo’yicha muassasalar haqidagi nizom», Rossiyaning turli gubernalaridagi dehqonlarning yer tuzilishi haqidagi 4 ta mahalliy qonunlar, Dehqonlar haqidagi nizomlarni amalga kiritish haqidagi qoida chiqarildi. Pomeste egaliklaridagi dehqonlar, posession dehqonlar va krepostnoy ishchilarga nisbatan maxsus qo’shimcha qoidalar qabul qilindi. 1863 yilda davlat, saroy va udel egaliklari yerlarida j ishlovchi dehqonlar haqidagi Nizom tasdiqlandi. Islohotlar ■ munosabati bilan davlat dehqonlariga nisbatan 1866 yilda ■ «36 ta gubernada davlat dehqonlarining yer tuzilishi ! Islohotlar natijasida dehqonlar asosan 2 turkumga: vaqtinchalik majburiyatli dehqonlar va mulkdor dehqonlarga | bo’lingan.Pomeshchiklar vaqtincha majburiyatli dehqonlarga nisbatan boshqa huquqlarga xam ega edilar. Zemstvo va shahar islohotlari Dehqonlar islohotini o’tkazgandan keyin chor hukumati boshqa ba’zi soxalarda, jumladan boshqarish tizimida xam qayta ko’rishlar amalga oshirishga majbur bo’ldi. Garchand, mahalliy ishlarni davlat boshqaruvining guberna va uyezd organlari tomonidan hal qilinishi chorizmni to’la qanoatlantirsa xam, o’sha vaqtda boshqacha yo’l tutishning iloji yo’q edi. Birinchi saylov kuriyasiga 200 dan 800 desyatinagacha yeri bo’lgan uyezd pomeshchiklari kirgan. Birinchi kuriyaga faqat pomeshchiklar emas, shuningdek 15 ming sumdan kam bo’lmagan korxonasi bor yoki yiliga 6 mingdan ko’p oboroti mavjud bo’lgan uyezdning yirik savdo va sanoat arboblari xam kirgan.. Ikkinchi saylov kuriyasi - bu shahar kuriyasi edi. Unga savdo guvohnomasi bo’lgan shahar aholisi, shahar doirasida 6 ming so’mdan ko’proq oboroti bo’lgan savdo-sanoat korxonalarining egalari, shuningdek shaharning katta-kichikligiga qarab 500 yoki 3 ming so’mdan kam bo’lmagan narxda baholanuvchi ko’chmas mulk egalari kirgan. Uchinchi kuriya - dehqonlar kuriyasida saylov huquqidan hamma dehqon- uy xo’jayinlari foydalanganlar. Biroq bu yerda to’g’ridan- to’g’ri saylovlar bo’lmagan. Dastlab volost yig’inlarida mazkur uyezdning saylovchilari saylangan, so’ngra ular uyezd zemstvo yig’inlarining a’zolarini saylaganlar. Xar bir kuriyadan ma’lum miqdorda a’zolar bo’lishi nazarda tutilgan edi. Garchand, dehqonlar kuriyasi eng ko’p sonli bo’lsa xam, oxir-oqibat bu dehqonlar foydasiga emasdi. Guberna zemstvo majlislariga saylovlar uyezd zemstvo majlislari a’zolari tomonidan o’tkazildi. Bu yerda kuriyalar bo’yicha a’zolar sonini taqsimlash yanada ko’proq mulkdor sinflar foydasiga xal qilindi. O’sha 29ta gubernada dvoryanlar 74 foiz, dehqonlar esa- bor yo’g’i 11 foiz a’zoga ega bo’lgandilar. Saylov mexanizmi pomeshchiklarning manfaatlariga moslashtirilgan edi. Pomeshchiklar zemstvolarda ustunlikni qo’lga kiritib, o’zlariga to’g’ri keladigan siyosatni yuritish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Zemstvo muassasalarining ijroiya organlarida (guberna va zemstvo boshqarmalarida) ham dvoryanlar ko’pchilikni tashkil etgan. Imperator huzuridagi saroy amaldorlari (kuge) xam samuraylar tabaqasining yuqori qatlamiga mansub edi. Ular syogun ma’muriyatidan “guruch ulushlari”ni olib, unga to’liq bog’liq edilar. Samuraylar quyi darajadagi uchta tabaqalarga qarama-qarshi turardilar. Faqat ularga ma’muriy lavozimlarni, davlat va harbiy xizmatlarni egallash huquqi berilgan edi. Harbiy xizmat faqat samuraylarning mashg’uloti bo’lgan. asrda hunarmandchilik ishlab chiqarishining, xonaki manufaktura sanoatining rivojlanish darajasiga qarab feodallar tabaqasining eng quyida turuvchi savdogarlar tabora muhim ro’l o’ynay boshladi Daymyoning kambag’allashuvi natijasida samuraylar o’zlarining homiylarini, shu bilan birga “guruch ulushlari”ni yo’qotdilar va asta-sekin hukmron rejimdan norozilar armiyasini tuldirib bordilar. Feodallarning erkinliklarini buzgan syogundan norozilik daymyoning ko’pchiligida xam vujudga keldi. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan yapon dehqonlarining tabaqalashuvi jarayoni chuqurlashdi. 1868 yilda YAponiya tarixida juda muhim tub burilish bosqichi boshlandi. SHu yilda bo’lib o’tgan voqea “Meydzining1 qayta tiklanishi”, yoki “Meydzi-isin” deb nomlandi. Ularning dastlabki siyosiy natijasi syogunning ag’darilishi va mutlaq monarxiya shaklidagi yapon imperatori hokimiyatining qayta tiklanishi bo’ldi Meydzining qayta tiklanishi” o’z moxiyatiga ko’ra burjua inqilobining dastlabki bosqichi talablariga mos keladi. Bu talablar YAponiyaga G’arb kapitalining kirib kelishi ta’siri ostida kuchaygan feodal millatchilikning ko’rinishlaridan biri bo’lib qolgandi. 1865 yilda Angliya va keyin AKSH “Yaponiyani ochishga” va uni o’zlarining Uzoq SHarqdagi mustamlakachilik siyosatlarida oldingi punktga aylantirishga intilib, “kanonerka siyosati” yordamida syogunni tengsizlik shartlaridagi savdo shartnomalarini ratifikatsiya qildirishga erishdilar. Bu shartnomalarga binoan “quyosh botuvchi mamlakat” savdo munosabatlarida yarim mustamlaka Xitoyga tenglashtirilgan edi. Yaponiyaning o’z mustaqilligini yo’qotish xavfi milliy xarakatni tezlashtiruvchi turtki bo’ldi. Bu xarakat xukmron doiralar, samuraylar - “dvoryan inqilobchilar”ning “mamlakatni tiklash va birlashtirish”, uni mustaqil va erkin yashashini ta’minlay oladigan kuchli markazlashgan davlat tashkil qilish zarurligini tushunib etishi darajasiga qarab rivojlanib bordi. Mamlakat birligiga va kuchli markazlashgan davlat barpo qilishga erishishning yagona yo’li - burjua xarakteridagi islohotlar o’tkazish edi Hukmron doiralar tennoizm- dan xalq ommasini mafkuraviy bo’ysundirish quroli sifatida foydalandilar. Tennoizm nafaqat YAponiyaning milliy vazifa- larini xal qilishga, balki YAponiyaning keyingi agressiv tashki siyosatiga xam xizmat qildi. YAponiyada 1868 yilgi davlat to’ntarishi tinch yo’l bilan, qon to’kilmasdan amalga oshirildi. “Guruch isyonlari” deb nom olgan dehqonlarning chiqishlari 1866 yildayoq tinchib qolgan edi. Bunday chiqishlar ko’pincha hukmron doiralar tomonidan go’yoki “ikkita xalkq noroziligini chiqarish” uchun sahnalashtirildi. Meydzi liderlari “boy mamlakat va kuchli armiya barpo qilish” shiori bilan chiqqan edilar. SHu sababli yangi xukumat oldida zudlik bilan mamlakat iqtisodiy va xarbiy mavqeini mustahkamlash vazifasi turardi. Bu siyosatni amalga oshirish yo’lidagi muhim qadam 1872-1873 yillaridagi agrar islohot bo’ldi. Islohot muhim ijtimoiy oqibatlar keltirib chiqardi. 1878 yilda umumiy harbiy majburiyat haqidagi qonun qabul qilinib, amalga kiritildi. Bu qonunning qabul qilinishiga, birinchidan, samuray qo’shinlari- ning tarqatib yuborilganligi, ikkinchidan, 1871 yilda “hamma tabaqalar tengligi”ning e’lon qilinganligi sabab bo’ldi. Inqilobiy qayta ko’rishlar davomida an’anaviy ta’lim ! tizimiga asoslangan yapon maktabi xam isloh qilindi. Natijada yapon maktabida G’arb fani yutuqlaridan saboqlar berila boshlandi. 1869 yilda Dzingikan din targ’ibotchilari institutini ta’sis qiladi. Din targ’ibotchilari xalq orasida “diniy marosimlarning birligi va davlat tomonidan boshqarilishi” haqidagi sulolalar diniy ibodati asosiga qo’yilgan tennoistik prinsiplarni tarqatishlari lozim edi. Siyosiy tuzumni demokratlashtirish uchun kurash va siyosiy partiyalarning shakllanishi Yaponiyada syogunni ag’darishda muhim ro’l o’ynagan janubiy-g’arbiy knyazliklarning daymyosi va samuraylari 1868 yilda imperator hukumati tarkibiga kiritildi. Xukmron blok burjua emas edi, lekin u moliya-sudxurlik burjuaziyasi bilan mustahkam bog’lik bo’lib, ma’lum darajada tadbirkorlik faoliyatiga tortilgan edi. Davlat boshqaruvini o’zgartirish va konstitutsiya qabul qilish ■ talablarida namayon bo’lgan norozilik kayfiyatlari ■ muxolifiyatchi demokratik oqimlarni “Erkinlik va xalq ! huquqlari uchun xarakat”ga birlashishiga olib keldi. Liberal muxolifiyat tomonidan xalq orasida ildiz otgan va sodda, tushunarli bo’lgan diniy aqidalardan ustalik bilan foydalanilishi bu xarakatni chinakamiga ommaviy bo’lishiga sabab bo’ldi. Xarakat shiorlari yapon diniy mafkurasida markaziy hisoblangan “Osmon” tushunchasiga asoslandi. Bunga ko’ra, “Osmon” insonga nimanidir in’om qilishga yoki uni halok qilishga qodir bo’lgan oliy, boshlang’ich asos hisoblanardi. “Erkinlik va xalq huquqlari uchun xarakat” liderlari fransuz ma’rifatparvarlarining insonning tabiiy huquqlari haqidagi mafkurasini qabul qilib olib, uning moxiyatini an’anaviy tushunchalar orqali tushunishga kalit izlaganlar. Hukumat konstitutsiyaviy islohotlar o’tkazish talablariga jazo choralari, qamoqlar, progressiv matbuotni ta’qib qilishlar va xokazolar bilan javob bergan. Shular bilan bir qatorda xalq ko’tarilishlari xavfidan cho’chigan xukumat liberal muxolifat bilan murosaga kelish zarurligini tabora ko’proq tushuna bordi. 1881 yilda imperator 1890 yildan boshlab parlament boshqaruvi joriy qilish haqida farmon chiqardi. Konstitutsiyaviy islohotlar arafasida mamlakat butun siyosiy tizimining muhim qayta ko’rilishi sodir bo’ldi. Burjua liberal muxolifat tashkiliy jixatdan siyosiy partiyalarda rasmiylashdi. 1881 yilda Liberal partiya (Dziyuto) tashkil qilindi. Bu partiya pomeshchiklar, o’rta xol shahar tabaqalari va qishloq burjuaziyasi manfaatlarini ifoda etdi. 1885 yilda Evropa namunasida alohida ministrliklar va o’z faoliyati yuzasidan imperator oldida javobgar bo’lgan Ministrlar kabineti tashkil qilindi. 1886 yilda imperator xuzurida maslahatchi organ sifatida ilgari tugatilgan Maxfiy kengash qayta tiklandi. Bu organlar maslahatchilik funksiyalariga ega bo`ldilar va o`z navbatida ichki ishlar ministrligining qattiq nazorati ostida turdilar. Bu qonunchilikning o’ziga xos gultoji 1887 yilda qabul qilingan “Tartibni saqlash haqidagi politsiyachilik qonuni” bo`lib qoldi. Imperator bergan va’dasini bajarib, 1889 yilda o’z fuqarolariga Konstitutsiya in’om qildi. Ushbu Konstitutsiya sintoistik traditsionalistlar nazariyalari va g’arb konstitutsiyashunoslari tarafdorlari o’rtasidagi o’ziga xos siyosiy murosaning natijasi edi. Konstitutsiyaning 1-moddasida Yaponiya imperiyasida “asrlar davomida yagona va uzluksiz” sulolaga tegishli imperator podsholik qiladi va davlatni boshqaradi, deb ko’rsatildi. Imperator shaxsi “iloxiy” qonunga binoan “muqaddas va daxlsiz” deb e’lon qilindi. Imperator davlat boshlig’i sifatida urush va tinchlik e’lon qilish, shartnomalar tuzish, parlamentni chiqarish va tarqatib yuborish, qurolli kuchlarga rahbarlik qilish, dvoryanlik in’om qilish va boshqa huquqlarga ega edi Sin imperiyasining inqirozi. XIX asrning boshiga kelib Xitoy ilgarigidek an’anaviy jamiyat bo’lib qolaverdi. Unda ma’lum darajada mayda dehqon hunarmandchiligi va xonaki sanoat rivojlandi. Shu bilan birga mamlakatning ba’zi rayonlarida tovar-pul munosabatlari ancha keng tarqala boshladi. Tovar xo’jaligi o’sib bordi. Tovar ayirboshlash ko’paydi, savdo-sotiq ishlari, shu jumladan, qishloq xo’jalik maxsulotlari savdosi kuchaydi, shahar bilan qishloq o’rtasida mehnat taqsimoti o’sdi, shaharning savdo va hunarmandchilik sifatidagi axamiyati juda oshdi: bozor uchun ishlovchi qishloq xonaki sanoati ancha keng rivojlandi va manufakturalar paydo bo`ldi. Xitoyda XVII asrdan Manjurlar sulolasi xukmronlik qilishi munosabati bilan, manjurlar qurolli kuchlarda va fuqarolik ma’muriyatida asosiy postlarni egalladilar. Kam sonli manjur qabilalari yuqori doiralarining ko’p millionli Xitoy xalqi ustidan xokimiyati bosqinchilarning Xitoy feodallari bilan ittifoqida ushlab turildi. Manjurlar Xitoy imperatorlarining toj-taxtini egallab olib, ilgarigi sulolalar davlat organlari tizimida uncha katta o’zgarishlar qilishmadi. Download 2.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling