Yangi davrda Sharq mamlakatlari davlati va huquqi tarixi Yangi davrda Rossiya davlati va huquqi
Imperator o`limidan oldin o`z o`gillaridan xoxlagan bittasini, agar o`gillari bo’lmasa
Download 2.17 Mb.
|
1 2
Bog'liq7 Mavzu Yangi davrda Sharq mamlakatlari davlati va huquqi tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1856 yilda ruy bergan “ikkinchi afyun” urushi natijasida Xitoy ingliz va fransuzlarning birlashgan qushinlaridan qaqshatqich zarbaga uchradi.
Imperator o`limidan oldin o`z o`gillaridan xoxlagan bittasini, agar o`gillari bo’lmasa,
qarindoshlardan bir kishini o’ziga merosxo’r etib tayinlashi mumkin edi. Imperator oliy qonun chiqarish xokimiyatiga ega bo’lgan va oliy koxin xisoblangan. U o’z fuqarolarini o’limga maxkum etish va avf etish huquqiga xam ega edi Xitoyda XVII asrdan Manjurlar sulolasi hukmronlik qilishi munosabati bilan, manjurlar qurolli kuchlarda va fuqarolik ma’muriyatida asosiy postlarni egalladilar. Kam sonli manjur qabilalari yuqori doiralarining ko’p millionli Xitoy xalqi ustidan xokimiyati bosqinchilarning Xitoy feodallari bilan ittifoqida ushlab turildi. Manjurlar Xitoy imperatorlarining toj-taxtini egallab olib, ilgarigi sulolalar davlat organlari tizimida uncha katta o’zgarishlar qilishmadi. Xitoy imperatori cheklanmagan monarx xisoblangan. Uning taxti merosiy bo’lib, katta o’g’ilga o’tardi. Lekin bu tartibga qat’iy amal qilinmasdi. Imperator o’limidan oldin o’z o’g’illaridan xoxlagan bittasini, agar o’g’illari bo’lmasa, qarindoshlardan bir kishini o’ziga merosxo’r etib tayinlashi mumkin edi. Imperator oliy qonun chiqarish xokimiyatiga ega bo’lgan va oliy kohin xisoblangan. U o’z fuqarolarini o’limga maxkum etish va avf etish huquqiga xam ega edi. Sin sulolasi davrida Xitoy joylarda kuchli xokimiyatning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Mahalliy xokimiyat asosan noiblar va gubernatorlar qo’lida to’plangan edi. Mamlakat provinsiyalarga, provinsiyalar esa o’z navbatida viloyatlarga, okruglarga, uyezdlarga bo’lingan edi. Xar bir provinsiya tepasida harbiy va fuqarolik gubernatorlar (ular ko’pincha manjurlardan bo’lgan) turgan. Xitoy XVIII asrning oxirlariga qadar o’z mustaqilligini saqlab turdi. U YAponiya va Koreya singari o’zini ximoya qilish uchun mustamlakachilarni o’z hududiga kirishini taqiqlab qo’ygan edi, mustamlakachilar bilan savdo-sotiq qilishni xam cheklab, “berk mamlakat” bo’lib qolgan edi. Xitoy “urtamiyona podsholigi” ning buyuk feodal imperiyasi mag’rurlik bilan o’z qobig’iga biqinib olgan va faoliyatsizlik ko’rsatayotgan bo’lsa xam, lekin bu faoliyatsizlik juda nisbiy xarakterga ega edi. Evropa kapitalistik xo’jaligi, madaniyati va xarbiy texnikasining rivojlanishi yo’lidagi xar bir yangi qadam Xitoyning ajnabiy kelgindigilarga qarshi kurashida muqarrar mag’lubiyatga uchrashini oldindan belgilab kuyar edi. Maxalliy Xitoy ma’murlari afyun ortilgan ingliz karvonlarini musodara qilganiga javoban ingliz hukumati afyunni va ingliz tovarlarini olib kelishni qonunlashtirish uchun urush boshlagandi. Xitoy inglizlarning afyun keltirishiga barxam bermoqchi bo’ldi, chunki afyun xitoy xalqini zaxarlamoqda edi. Xitoyning urushda engilishi oqibatida 1842 yil avgustda Nankin shaxrida Xitoy tarixida birinchi marta teng huquqli bo’lmagan shartnoma imzolandi. Bu shartnoma ajnabiylar bilan savdo qilish uchun beshta Xitoy portlarini ochib berdi. Gongong (Syangan) oroli Angliyaga o’tdi. Sin xukumati shuningdek inglizlarga juda katta miqdorda kontributsiya to’laydigan, ajnabiylar bilan vositachilik savdosida monopol huquqni qo’lga kiritib olgan Xitoy savdo korporatsiyasini tugatadigan va Angliya uchun qulay bo’lgan yangi bojxona tarifi o’rnatadigan bo’ldi. 1843 yilda Nankin shartnomasi qo’shimcha protokol bilan to`ldirildi. Unga binoan ajnabiylarga ular o’rnashgan kvartallarda eksterritorial huquqlar berildi, Xitoy xokimiyatiga buysunmaydigan boshqaruv tizimi joriy qilindi, ajnabiy qushinlar va politsiya joylashtirildi. 1856 yilda ruy bergan “ikkinchi afyun” urushi natijasida Xitoy ingliz va fransuzlarning birlashgan qushinlaridan qaqshatqich zarbaga uchradi. Download 2.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling