Yangi forma yaratish -formaga komponentlar qo`shish -kontrollerlarga event (hodisa) orqali funksiya berish -formani ishga tushirish
Download 217.78 Kb.
|
Forma yaratish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Create a new project
- Solution Explorer
- Form Designer
Forma yaratish Bugungi darsimiz orqali esa, biz sizlar bilan quyidagilarni o'rganamiz: -Yangi forma yaratish -Formaga komponentlar qo`shish -Kontrollerlarga event (hodisa) orqali funksiya berish -Formani ishga tushirish Kelinglar bir boshdan boshlaymiz. Avvalgi darsda aytilganide bizga Visual Studio dasturi kerak bo`ladi. Visual Studio dasturini ishga tushiramiz “Create a new project” bo`limi tanalandi Search for templates bo`limiga winforms deb yozamiz va ENTER ni bosamiz. 5. Dasturlash tillari orasidan C# ni tanlaymiz. 6. Template(andoza)lar orasidan Windows Forms App (.NET Framework) ni tanlaymiz. Configure your new Project menyusi ochiladi va biz endi yaratmoqshi bo`lgan dasturimiz nomini Project name bandiga yozamiz. Tayyor endi Create tugmasini bosamiz . Bundan tashqari siz ushbu bo`limda dastur qayerda saqlanishi kerakligini ham kiritib ketishingiz mumkin. Buning uchun Location qismidagi ... (uch nuqta) ustiga bosib hotiradagi kerakli joyni tanlab qo`yasi. O`zi aslida Visual Studio sizga Form1[Design] loyiha qismini ochib beradi lekin agarda sizda ochilmasa Solution Explorer dan Form1 ni topib ustiga sichqonchaning chap tugmasini ikki marotaba bosamiz (keyingi o`rinlarda ushbu jarayon double-click deb yuritiladi). Visual Studioda Windows Form ko'rinishidagi dasturlarni yaratishda e'tiborimizni qaratishimiz zarur bo'lgan asosiy 4 ta qism to'g'risida to'xtalib o'tamiz. 1 Solution Explorer Yaratilgan loyihaning qismlari, fayllari, kodlari, resurs(manba)lari shu oynada ko`rinib turadi. 2 Properties (xususiyatlar) Bu oynda tanlangan elementning xususiyatlarini sozlash mumkin bo`ladi. Misol uchun, Solution Explorer dan biror bir dastur qismi yoki faylni tanlasangiz ushbu qism uchun mavjud bo`lgan xusuyitalarni sozlash mumkin bo`ladi. Bundan tashqari Forma va unga tashlangan komponentlarni ham xususiyatlarini o`zgartirish mumkin. 3 Form Designer (forma dizayn qismi) Formaning dizyan qismi bu yerga Toolbox dan komponentlarni tashlashingiz va joylashtirishingiz mumkin. Bu orqali foydalanuvchi uchun qulay va chiroyli bo`lgan foydalanuvchi interfeysi (user interface - UI) tayyorlaysiz. 4 Toolbox Bu yerdan dasturingiz uchun kontroller(komponentlar) ni olishingiz mumkin. Buning uchun kerakli komponent ustiga ikki marta bosiladi yoki komponentni tanlab surib olib o`tsa ham bo`ladi Download 217.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling