«yangi materiallar texnologiyalari»
Download 6.42 Mb.
|
YaMT amaliy mashg\'ulot 2022-2023 yil
11- AMALIY MASHG’ULOT
Sharli tegirmonlarda kukunlarni maydalashda barabanga kiritiladigan po‘lat sharchalar miqdorini hisoblab topish. Tayyor mahsulotga va unga bo‘lgan talab mashinalarning modeli, turi, yana ularda ishlatiladigan materiallar xarakteristikasi, texnologik talablarga va texnik ko‘rsatkichlarga bog‘liq. Yirik maydalash uchun jag‘li konusli (KKD) va urib ta’sir ko‘rsatuvchi maydalagichlardan foydalaniladi. Mashinalarni o‘lchami va turi birinchi maydalash uchun tosh bo‘laklarining o‘lchamlaridan kelib chiqgan holda aniqlanadi. Birinchi maydalashda tosh materiallarni, teng ko‘rsatgichlarda, jag‘li maydalagichlardan foydalangan afzaldir, u oddiy konstruksiyali, ishlashda va xizmat doirasida ishonarliroqdir. Konusli maydalagich xuddi jag‘li maydalagichdakadir, lekin uni yirik maydalovchi zavodlarda ishlatgan afzaldir. Maydalash uchun turi kam uchraydigan kichik va o‘rtacha qattiqlikdagi materiallarni urib maydalaydigan maydalagichlardan ishlatish mumkin (yirik bolg‘ali yoki rotorli). Bo‘laklari o‘lchami 800 mm dan oshmagan holda. Maydalash uchun turi kam uchraydigan kichik va o‘rtacha qattiqlikdagi materiallarni urib maydalaydigan maydalagichlardan ishlatish mumkin (yirik bolg‘ali yoki rotorli). Bo‘laklari o‘lchami 800 mm dan oshmagan holda. Birinchi bor maydalash uchun maydalagichlarni tanlashda, maydalagichlar sonini kamaytirishga harakat qilish kerak, ko‘proq ishlab chiqarish mashinalarini tanlash hisobiga, bu esa korxonani texnologik sxemalarini soddalashuviga olib keladi, xizmat qilayotgan ishchilar sonini kamaytiradi va ekspluatatsion harajatlarni ham kamaytiradi. Yirik maydalaydigan maydalagichlarda maydalanish darajasi odatda quyidagicha bo‘ladi: jag‘ligida 3 dan 6 gacha, konusligida 5 dan 8 gachadir. Agar katta darajada maydalash zarur bo‘lsa, unda maydalashni ikki turda olib borish kerak, qachon maydalangan mahsulot kattaligi 15-25 mm dan katta bo‘lmasa uch turda. Ikkinchi, uchinchi stadiyadagi maydalagichlar mahsulotni tayyor maydalangan holda berishi kerak. Ikkinchi darajali maydalashda jami maydalagichlar, konusli, valli va urib ta’sir ko‘rsatadigan maydalagichlar ishlatilinadi. Urib ta’sir qiladigan maydalagichlar, yuqori darajada maydalanishni va ko‘p miqdorda mayda hamda chang ko‘rinishdagi zarrachalarni chiqishini ta’minlaydi va ularni maydalovchi - saralovchi zavodlarda щeben tayyorlashda ishlatish maqsadga muvofiq emas. Ular o‘zini sement zavodlarida ikkinchi stadiyadagi maydalagichlar vazifasida oqladi. Valli maydalagichlarni ikkinchi darajadagi sindirgichlarda, qo‘zg‘aluvchan maydalovchi – saralovchi qurilmalarda ishlatiladi. Ular konstruksiyasini oddiyligi va ishonchliligi bilan ajralib turadi. Biroq boshqa maydalagichlarga qaraganda ko‘proq energiya sarf qilinishini talab etadi. Bo‘laklarning o‘lchamlari maydalagichni yuklanish kengligining 0,85 qismidan oshmasligi kerak. Tanlangan maydalagichning ish unumdorligi birinchi stadiyada berilgandan 10-25% yuqori bo‘lganda maqsadga muvofiq bo‘lardi. CHunki 2 va 3 stadiyalarda maydalagichdan tayyor mahsulot olish kerak. Valli maydalagichlarni ikkinchi darajadagi sindirgichlarda, qo‘zg‘aluvchan maydalovchi – saralovchi qurilmalarda ishlatiladi. Ular konstruksiyasini oddiyligi va ishonchliligi bilan ajralib turadi. Biroq boshqa maydalagichlarga qaraganda ko‘proq energiya sarf qilinishini talab etadi. Bo‘laklarning o‘lchamlari maydalagichni yuklanish kengligining 0,85 qismidan oshmasligi kerak. Tanlangan maydalagichning ish unumdorligi birinchi stadiyada berilgandan 10-25% yuqori bo‘lganda maqsadga muvofiq bo‘lardi. CHunki 2 va 3 stadiyalarda maydalagichdan tayyor mahsulot olish kerak. Hozirda ko‘p tarqalgan trubali tegirmonlar (ko‘p kamerali) ho‘l va quruq kukunlashga mo‘ljallangan. Biroq maydalovchi jismlarni emirilishini yuqoriligini hisobga olganda va energiyani katta sarflanishiga qaraganda, sezilarli darajada bu tegirmonlarning foydaliligi kamayadi. O‘rtacha harakatlanuvchi va tez harakatlanuvchi uruvchi tegirmonlar kichik va o‘rtacha qattiqlikdagi kam zarrali materiallarni kukunlashda ishlatiladi. SHarli tegirmonlarga o‘rtacha harakatlanuvchi va tez harakatlanuvchi uruvchi tegirmonlarni solishtirilganda kam zarrali kichik va o‘rtacha qattiqlikdagi materiallarni kukunlashda foydaliligi ko‘proqdir. Juda mayda maydalaydigan tegirmonlarni ikkinchi darajadagi kukunlash yoki zarralarni o‘lchami 10 – 20 mkm dan kam bo‘lmagan holda maydalash uchun qo‘llanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tarkibiy savollar 1. Qanday maydalash usullari bor? 2. Maydalash darajasi deb nimaga aytiladi? 3. Maydalashning asosiy qonunlari. 4. Jag‘li maydalagichlar konstruksiyalari va ishlashi. 5. Jag‘li maydalagichlar ish unumdorligini aniqlash. 6. Jag‘li maydalagichlarga sarf quvvatini aniqlash. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling