- Abdulla Qahhor ijodi XX asr o'zbek adabiyotining yorqin va sermazmun sahifalaridan birini tashkil etadi. Ko'p qirrali bu iste'dod sohibi turli janrlarda rang-barang badiiy asarlar yaratib, o'zbek adabiyoti xazinasini durdonalar bilan boyitdi. Abdulla Qahhor ijodiga xos ko'pgina fazilatlar adabiyotshunoslar tomonidan ilmiy tahlil asosida ochib berilgan.
Asarlari davr sinovidan o'tib, xalqimiz tomonidan nodir ma’naviy boylik sifatida qadrlangan Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sentabrda Qo'qon shahrida temirchi oilasida dunyoga keldi. Davr qiyinchiliklari, og'ir hayot mashaqqatlarini boshidan kechirgan adib oilasi sargardon bo'lib, qishloqma-qishloq ko'chib yurgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |