240. Mustabid tuzum ta'qib-tazyiqlariga qaramay milliy adabiyotimizda yaratilgan eng yaxshi asarlar qaysi qatorda berilgan?
A) Obid ketmon, Chinor, Sarob, Ufq, Shum bola
B) Tobutdan tovush, O'tkan kunlar, Diyonat, Kecha va kunduz
C) O'tkan kunlar, Kecha va kunduz, Mehrobdan chayon, Maysaraning ishi
D) Yodgor, Zaynab va Omon, Qutlug' qon, O'ch.
241. А.Qоdiriyning bеvоsitа “Pаdаrkush”dаn tа’sirlаnib vа ungа tаqlidаn yozilgаn аsаri qаndаy nоmlаnаdi?
А).”Juvоnbоz”
B). “To‘y”
C). “Millаtimgа”
D). “Bахtsiz kuyov”
242. Abdulla Oripov “Sohibqiron” dramasida Amir Temurni tajribali davlat arbobi sifatida davlat yaxlitligini tamin etuvchi narsalar deb nimalarni sanab o‘tadi?
A) mo‘l xazina
B) yagona shoh
C) yengilmas lashkar
D) barchasi
243. Oybek 1921-1925- yillarda qaysi o'quv maskanida tahsil olgan?
A) «Navoiy» nomidagi ta'lim-tarbiya texnikumida
B) «Namuna» maktabida
C) «Nizomiy» nomidagi ta'lim-tarbiya texnikumida
D) Milliy universitetda
244. “O‘n oykim, so‘lmishdir u tanish na’ra.
Hamon firog‘ida fig‘on chekar Shosh.
Bahor kelayotir, bosh ko‘tar, qara,
O, surur kuychisi, dongdor zamondosh.”
Abdulla Oripov qalamiga mansub ushbu satrlarda kim nazarda tutilgan?
A) M.Shayxzoda
B) G‘.G‘ulom
C) Oybek
D) A.Qahhor
245. Oybekning dostonlari berilgan qatorni aniqlang.
A) Qutlug' qon, Dilbar – davr qizi, Hamza
B) O'ch, Hamza, Navoiy, Bola Alisher, Qizlar
C) O'ch, Davrim jarohati, Guli va Navoiy, Hamza
D) Oltin vodiydan shabadalar, Hamza, O'ch, Qizlar
246. Oybekning romanlari berilgan qatorni aniqlang.
A) O'ch, Qutlug' qon, Hamza
B) Ulug' yo'l, Qutlug' qon, Quyosh qoraymas, Navoiy
C) Ulug' yo'l, Qutlug' qon, O'ch, Navoiy
D) Qutlug' qon, O'ch, Mash'ala, Bola Alisher
Do'stlaringiz bilan baham: |