247. Qaysi qatorda Oybekning qissalari berilgan?A)Bola Alisher, Bolalik
B) Tuyg'ular, Ulug' yo'l, O'ch
C) Nur qidirib, Hamza, Guli va Navoiy
D) Oltin vodiydan shabadalar, O'ch, Hamza
248. Oybekning umir yo’ldoshi Zarifaxonimga atab yozgan she'ri qanday nomlanadi?
A) Orqangdan yig'lab qoldim
B)Uzoqdan turib
C) Seni erkalaydi dengiz, qirg'oqlar
D) Xayoling eslarkan qandaydir dilim
249. A.S.Pushkinning «Yevginiy Onegin» she'riy romanini qaysi adib o'zbek tiliga tarjima qilgan?
A) Abdulla Oripov
В) Erkin Vohidov
С)Oybek
D) H.Olimjon
250. «Drama va rivoya (epos) turlari fabuladir. Bularda xronologik va sababiyat prinsipi bilan bog'liq voqealar, hodisalar, fikrlar tasvirlanadi. Lirika ko'pincha shoir fikrlarini, tuyg'ularini, orzulari va kayfiyatini kuylaydi. Voqealar tasvir etilsa-da, maqsad ma'lum bir hayajon uyg'otish uchun vosita, izlanishgina bo'lib qoladi». Lirikaning drama va eposdan farqli tomonlari to‘g‘risidagi ushbu fikrlar kimga tegishli?
A) U.Nosir
B) H.Olimjon
C) Abdulla Oripov
D) Oybek
251. «Lirikaning emotsiya vositalari kuchli; ba'zan uzun romandan, faktlar bilan to'lgan har xil yozuvlardan ko'ra, kichkina bir she'r kuchliroq, davomliroq, chuqurroq ta'sir qoldira biladi». Lirikaga yuqori baho berilib, aytilgan ushbu fikrlar kimga tegishli?
A) Oybek
B) Zulfiya
C) Abdulla Oripov
D) G‘.G‘ulom
252. Oybek «Navoiy» dostonidan keyin o'zbek adabiyoti yulduzlariga bag'ishlangan yana qanday lirik doston yaratadi?
A) Guli va Navoiy
B) Hamza
C) Mashrab
D) Baxtigul va Sog'indiq
Do'stlaringiz bilan baham: |