"Yangi O'zbekiston – xalqchil va insonparvar, adolatli davlatdir"


“Yangi O‘zbekiston – xalqchil davlat” g‘oyasini amalga oshirish yo‘lida


Download 77.5 Kb.
bet4/4
Sana21.06.2023
Hajmi77.5 Kb.
#1644889
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu

“Yangi O‘zbekiston – xalqchil davlat” g‘oyasini amalga oshirish yo‘lida


Davlatimiz rahbari Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga taqdim etgan Murojaatnomasida, jumladan, “Yangi O‘zbekiston – xalqchil davlat” g‘oyasini amalga oshirishning asosiy jihatlariga e’tiborni qaratdi. Ushbu g‘oya “Inson – jamiyat – davlat” hamda “Davlat xalqqa xizmat ko‘rsatishi shart” tamoyillarini hayotga chuqur tatbiq etishdan iborat bo‘lib, Murojaatnomada bu boradagi ustuvor maqsadlar belgilab berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni maqsadlarni amalga oshirish uchun davlat organlari va xizmatchilari oldiga quyidagi vazifalarni qo‘ydi:
birinchidan, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida belgilanadi;
ikkinchidan, ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga o‘tiladi;
uchinchidan, davlat vakillari o‘zining halol mehnati, oddiyligi, xalqsevarligi, samimiyligi va fidoyiligi bilan xalqimiz mehrini qozonishi kerak;
to‘rtinchidan, har qaysi viloyat va hududlardagi muammolarni yechish uchun har oyda “Hukumat kuni”ni o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi;
beshinchidan, vazirlarning mas’uliyati oshiriladi, har bir vazir yilning boshida jamoatchilik oldida sohadagi rejasi va yil yakunida esa uning natijasi bo‘yicha hisobot beradi;
oltinchidan, Parlament palatalari qo‘mita va komissiyalari a’zolari vazirlarga qaysi yo‘nalishda yoki hududda ish yaxshi ketmayotganini ko‘rsatishlari, kamchiliklar bo‘yicha joylarga chiqishlari va aholi fikrini o‘rganib, masalaga birgalikda yechim topishlari lozim;
yettinchidan, Yangi O‘zbekistonni “ijtimoiy davlat” tamoyili asosida taraqqiy ettirishda, eng avvalo, inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishiga zarur sharoitlar yaratish, kambag‘allikni qisqartirishga e’tibor kuchaytiriladi;
sakkizinchidan, inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun ta’lim sifatiga, aholi sog‘lig‘i, sog‘lom turmush tarziga ustuvor ahamiyat beriladi.
“Yangi O‘zbekiston – xalqchil davlat” g‘oyasini ro‘yobga chiqarish masalasi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatida ham muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Milliy markaz tomonidan Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish doirasida «Xalqchil davlat» milliy dasturi loyihasi tayyorlangani bu fikrimizni yaqqol tasdiqlaydi.
Milliy dastur loyihasini tayyorlashda 60 ga yaqin davlat organlari va tashkilotlarining mas’ul xodimlari hamda fuqarolik jamiyati instituti vakillari qatnashdi. Loyihalar yuzasidan 200 ga yaqin takliflar qabul qilindi.
“Xalqchil davlat” milliy dasturi va uning “Yo‘l xaritasi” loyihasi xalq bilan muloqotning mexanizmlarini takomillashtirish, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni tubdan qisqartirishga qaratilgan tizimli ishlarni nazarda tutadi. Ushbu hujjatda har bir fuqaroning farovonligini ta’minlashga qaratilgan «Inson qadri uchun» degan ustuvor tamoyilni to‘laqonli ro‘yobga chiqarish yo‘nalishlari belgilanmoqda.
Jumladan, loyihada:

  • “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish;

  • Oliy Majlis palatalari deputatlari va senatorlari, Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya a’zolari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida joylarda sayyor qabullar tashkil etish;

  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati tomonidan o‘zi saylangan hududda mahalliy byudjet mablag‘larining sarflanishi va hududiy dasturlarning amalga oshirilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari o‘tkazilishi;

  • fuqarolarning murojaatlari, ayniqsa, qishloq joylardagi xotin-qizlarning internet tarmog‘idagi murojaatlari asosida parlament va deputat so‘rovlarini shakllantirish;

  • ma’muriy adliya institutini takomillashtirish;

  • davlat organlarining murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlariga nisbatan talablarni, shuningdek ularni o‘qitish va malakasini oshirish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;

  • davlat organlari tomonidan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ijtimoiy sheriklikni hamda ularga davlat ijtimoiy buyurtmasini berish ishlarini kuchaytirish;

  • Ijtimoiy kodeks loyihasini ishlab chiqib, unda fuqarolarning ijtimoiy huquqlarini tizimga solish, ijtimoiy ta’minot prinsiplari va tushunchalarini mustahkamlash, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, aholining ijtimoiy farovonligi indeksini joriy qilish kabi chora-tadbirlar o‘z aksini topgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:
https://uzreport.news/politics/shavkat-mirziyoyev-yangi-ozbekiston-xalqchil-va-insonparvar-adolatli-davlatdir
https://insonhuquqlari.uz/oz/news/m9594
https://uzlidep.uz/uz/news-of-party/11046
https://uza.uz/oz/posts/bosh-maqsad-yangi-ozbekistonda-xalqchil-va-insonparvar-davlat-qurish_323602
Download 77.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling