Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari
-maqsad: Ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish
Download 27.86 Kb.
|
strategik tashabbus
12-maqsad: Ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.
Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, jamoaviy murojaatlar asosida hududiy, tarmoq va davlat dasturlari ijro sifatini tekshirish amaliyotini joriy etish. Ayrim davlat funksiyalarini amalga oshirish jarayoniga jamoatchilik nazorati subyektlarini keng jalb qilish, davlat organlari faoliyatini o’rganishda ijtimoiy so’rovlar o’tkazish hamda aniqlangan kamchiliklarni ochiq muhokama qilish amaliyotini yo’lga qo’yish. Aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini va saylov madaniyatini oshirish, saylovlarga oid xalqaro standartlarni qonunchilikka implementatsiya qilish ishlarini davom ettirish. Ommaviy axborot vositalarining roli va jurnalistlarning kasbiy faoliyati himoyasini yanada kuchaytirish, odamlarni qiynayotgan muammolar hamda islohotlarning ijrosi ahvolini o’rganishda ularning mehnatidan samarali foydalanish. Ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar shakllarida qo’llab-quvvatlash hajmini ikki barobarga oshirish. Xalq deputatlari Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondlariga ajratilayotgan mablag’lar hajmini yetti barobarga oshirish. Bugungi davr voqeliklari, shiddat bilan o’zgarib borayotgan dunyoning ma’naviy-siyosiy qiyofasi mustahkam, ilm-ma’rifat asosiga qurilgan ma’naviy makonni tashkil etish vazifasini kunning dolzarb vazifasiga aylantirmoqda. Buni amaliyotga joriy qilish uchun esa yuksak ma’naviyat, axloq va ilm bilan qurollangan ma’naviyatli avlodga ehtiyoj seziladi. Shu nuqtai nazardan sohani rivojlantirish maqsadida Yangi O’zbekiston strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni og’ishmasdan amaliyotga joriy etish, xususan, bir necha ming yillik tarixiy asoslarga egan bo’lgan ma’naviy merosimizni, qadriyatlarimizni o’rganish, o’rgatish, bu borada turli innovatsion, ommabop loyihalarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. 2 Sh. M. Mirziyoyev. Yangi O’zbekiston strategiyasi. – Toshkent “O’zbekiston” nashriyoti, 2021. – B. 267. 3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘z lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 06.11.2021 5 Sh. M. Mirziyoyev. Yangi O’zbekiston strategiyasi. – Toshkent “O’zbekiston” nashriyoti, 2021. – B. 276. 6 O. Musurmonova. Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. – Toshkent, “O’qituvchi”, 2020. - B. 172. Download 27.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling