Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi


Jamoatchilik muhokamalari milliy va xalqaro miqyosda keng tashkil etilgani diqqatga loyiqdir


Download 34.05 Kb.
bet2/6
Sana04.11.2023
Hajmi34.05 Kb.
#1746603
1   2   3   4   5   6
Jamoatchilik muhokamalari milliy va xalqaro miqyosda keng tashkil etilgani diqqatga loyiqdir. Milliy muhokamalarning o‘zi ham bir nechta yo‘nalishda o‘tkazildi.
Avvalambor, Taraqqiyot strategiyasi parlament yo‘nalishida – Oliy Majlis palatalari majlislarida, qo‘mita va komisssiyalar, siyosiy partiyalar fraksiyalari, Yoshlar parlamentlarida muhokama qilindi.
Shuningdek, davlat organlari mas’ul xodimlari, soha mutaxassislari, olimlar, professor-o‘qituvchilar, turli soha vakillari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan konferensiya, uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etildi.
Bu borada nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, fuqarolik jamiyati faollari alohida namuna ko‘rsatdi. Muhokama jarayonlariga xorijdagi vatandoshlarimiz ham keng jalb etildi.
Bundan tashqari, Taraqqiyot strategiyasiga xalqaro darajada va xorijiy ekspertlar tomonidan faol hamda yuksak baholar berildiki, bu haqda alohida to‘xtalamiz.
Qolaversa, internet, televidenie, radio va matbuot nashrlarining imkoniyatidan unumli foydalangan holda, muntazam ravishda jamoatchilik muhokamalari o‘tkazib borildi.
Shu qamrovdor jarayonlarda bildirilgan barcha taklif va fikr-mulohazalar tegishli soha mutaxassislari tomonidan diqqat bilan o‘rganib chiqildi. Natijada minglab takliflar Taraqqiyot strategiyasini tegishli ravishda boyitishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat qildi.
Bunga birgina yaqqol misol: “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilinganida 94 ta maqsaddan iborat bo‘lgan. Jamoatchilik muhokamalari yakunidan so‘ng Taraqqiyot strategiyasidagi ushbu maqsadlar soni 100 ta etib belgilangan.
Prezident Shavkat Mirziyoev qayd etganidek«Davlat — inson uchun» degan ezgu g‘oyani hayotga tatbiq etish maqsadida 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini bevosita xalqimiz bilan maslahatlashib, odamlarimizning fikr va takliflari asosida ishlab chiqdik».
Tarixiy dasturulamal hujjatning uch ahamiyati
 “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning ma’no-mohiyati haqida so‘z borganda, uning quyidagi uchta darajada namoyon bo‘ladigan tarixiy ahamiyatini alohida ta’kidlash lozim.

Download 34.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling